Peregonda poezdning majburiy to’xgashidagi




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83
Bog'liq
PTE uz

 
Peregonda poezdning majburiy to’xgashidagi
hatti-harakatlar tartibi 
275. Poezdning peregonda majburiy to’xtashida mashinist quyidagilarni bajarishi kerak: 
shoshilinch to’xtash talab etilmasa, poezdni iloji boricha yo’lning tekis uchastkasida va 
maydonchada to’xtatish; 
poezdning avtotormozlarini va lokomotivning yordamchi tormozini ish holatiga keltirish; 
peregon bo’ylab harakatlanuvchi lokomotiv va motorvagon poezdlar mashinistlariga, 
peregonni chegaralovchi stansiya navbatchilariga to’xtash xaqida radio aloqa orqali xabar berishi 
kerak. Stansiya navbatchilari bu xaqda poezd dispetcheriga etkazishlari kerak. Shuningdek, 
yo’lovchi poezdi boshlig’iga (mexanik-brigadirga) UQT-diapazonli radio aloqa orqali bildirishi 
kerak; 
agar to’xtash svetoforning man etuvchi ko’rsatkichi bilan bog’liq bo’lmasa, uning 
sabablarini va yo’lni davom ettirish mumkinligini aniqlash; 
agar poezd harakati 20 va undan ortiq daqiqa ichida amalga oshmasa va poezdni bir erda 
avtotormoz bilan ushlab turishga imkon bo’lmasa, lokomotiv qo’l tormozi ishga tushiriladi va 
tarkibda mavjud bo’lgan qo’l tormozlarini (yo’lovchi vagon kuzatuvchilari, konduktorlar, 
xo’jalik poezdida ish rahbari tomonidan) ishga tushirish uchun signal beriladi. Bunday xodimlar 
mavjud bo’lmagan poezdlarda mashinist yordamchisi lokomotivda bor bo’lgan tormoz 
boshmoqlarini g’ildiraklar ostiga qo’yib chiqishi, ularning etishmovchiligida esa, DATK 
boshqaruvi raisi belgilagan tartibda vagonlarning qo’l tormozlarini ishga tushirishi; 


66 
poezd radio aloqasi orqali stansiya navbatchisi yoki poezd dispetcheriga to’xtash 
sabablari va harakatga to’sqinlik qiluvchi vaziyatni bartaraf qilish choralari xaqida qo’shimcha 
ma’lumot berish. Poezd radio aloqasi nosozligida xabarni telefon aloqasi bor eng yaqin punktdan 
(mashinist yordamchisi, konduktor, yo’lovchi vagon kuzatuvchisi, xo’jalik poezdida ish 
boshqaruvchi tomonidan) stansiya navbatchisi yoki poezd dispetcheriga etkazish; 
poezdga xizmat ko’rsatuvchi barcha xodimlar bilan birgalikda harakatga to’sqinlik 
qiluvchi vaziyatni bartaraf etish uchun choralar ko’rish, kerak paytda poezd va qo’shni yo’lni 
to’sib qo’yishni ta’minlash. 
276. Peregonda to’xtagan poezdni to’sib qo’yish quyidagicha bajariladi: 
yo’lovchi poezdini - tiklash va o’t o’chirish poezdi, shuningdek, yordamchi lokomotiv 
talab qilinganda, zudlik bilan, chaqiriqdan so’ng; 
agar poezd barcha signalizatsiya va aloqa vositalarining tanaffus paytida jo’natilgan 
bo’lsa - darhol poezd to’xtaganidan keyin. 
Har bir holda ikki yo’lli va ko’p yo’lli peregonning qo’shni yo’llari poezdlar harakati 
uchun to’sqinlik qiluvchi joy, birinchi navbatda poezd kutilayotgan tarafdan zudlik bilan 
to’silishi kerak. 
To’sib qo’yish tartibi O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signalizatsiya bo’yicha 
yo’riqnoma tomonidan, xodimlarning hatti harakat tartiblari - poezdlar harakati va manyovr 
ishlari bo’yicha Yo’riqnomada o‘rnatiladi. 
277. Avtoblokirovkali uchastkalarda yo’lovchi poezdning peregonda to’xtab qolganida 
oxirgi vagon kuzatuvchisi poezd siganallarining yaxshi ko’rinayotganini tekshirishi, peregonni 
sinchkovlik bilan kuzatishi va ketidan poezd kelayotganida, uni to’xtatish choralarini ko’rishi 
kerak. 
278. Agar poezd yuqorilikka ko’tarilishda to’xtab qolgan bo’lsa va oxirida suruvchi 
lokomotivi bo’lmasa, mashinist, kerak bo’lsa, poezdni o’sha peregonning engilroq profiliga 
tisarib qo’yishi mumkin. 
Bu holda tisarilayotgan poezdning oldida lokomotiv brigada xodimi, bosh konduktor yoki 
xo’jalik poezdida ishlar rahbari bo’lishi kerak. Tisarilayotgan poezdning tezligi 5 km/soat dan 
oshmasligi kerak. 
Quyidagi hollarda tisarishga ruxsat berilmaydi: 
yo’lovchi poezdlarni; 
avtoblokirovka 
yoki 
avtomatik 
lokomotiv 
signalizatsiya 
bilan 
uskunalangan 
peregonlarda; 
signallarni ko’rish qiyin bo’lgan tuman, bo’ron yoki boshqa noqulay sharoitlarda; 
agarda to’xtab qolgan poezd barcha aloqa va signalizatsiya vositalarining tanaffus paytida 
jo’natilgan bo’lsa. 
Yuqorilikka ko’tarilishda to’xtab qolgan poezdning og’irligi shu yuqorilikning joydan 
qo’zg’alish me’yorlaridan oshsa va uni tisarishga ruxsat etilmasa, mashinist darhol yordamchi 
lokomotiv talab qilishi kerak. Bunday joylar ro’yxati va og’irlik me’yorlari DATK boshqaruvi 
raisining buyrug’i bilan o‘rnatiladi. 
279. Poezdning peregondan orqaga, jo’natish stansiyasiga qaytishi, faqat shu stansiya 
navbatchisining farmoyishi bilan poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada 
belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. 
280. Agarda poezd to’xtab qolganidan so’ng mustaqil harakatlana olmasa, poezdlar 
harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada belgilangan tartibda peregondan yordamchi 
lokomotiv bilan chiqariladi. Ushbu Yo’riqnomada lokomotiv brigadalarning poezd uzilib 
ketishidagi harakat tartiblari ham o‘rnatiladi. 
Avtoblokirovka va poezd radio aloqasi bilan jihozlangan uchastkalarda peregonda to’xtab 
qolgan poezdga yordam berish uchun ketidan kelayotgan yuk poezdining lokomotivi ishlatilishi 
mumkin, kamdan-kam hollarda me’yordagi og’irligi va uzunlikdagi ketidan kelayotgan poezd 
yordamida surishga ruxsat beriladi. 


67 
Peregonda motorvagon poezdning majburiy to’xtashida va uning keyingi mustaqil 
harakatlana olmasligida unga ketidan kelayotgan motorvagon poezdni ulash va ikkilangan 
tarkibda stansiyaga chiqarishga ruxsat etiladi. 
281. Agar tiklash, o’t o’chirish poezdi yoki yordamchi lokomotiv talab qilingan bo’lsa, 
to’xtab qolgan poezd talab qilingan yordam kelmaguncha yoki harakat uchun tegishli ruxsat 
berilmaguncha harakatini davom ettirishi mumkin emas. 
Tiklash va yong’inga qarshi kurash poezdlarni yoki yordamchi lokomotivlarni talab 
qilish, belgilash va harakat qilish tartibi, shuningdek, peregonlarda ikkita motorvagon poezdlarni 
ulash va ularning keyingi harakatlanish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha 
yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi. 

Download 0,79 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Peregonda poezdning majburiy to’xgashidagi

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish