Lokomotiv va motorvagon poezdlari mashinistlarining




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83
Bog'liq
PTE uz

Lokomotiv va motorvagon poezdlari mashinistlarining
poezdlarni boshqarish tartibi 
268. Mashinist quyidagilarni bajarishi shart: 
lokomotiv (motorvagon poezd) konstruksiyasini, xizmat ko’rsatilayotgan uchastka 
profilini, unda signallar, signal ko’rsatkichlari va belgilarning joylashuvini va ularning vazifasini 
yaxshi bilishi, poezdlar harakat jadvaliga ega bo’lishi; 
lokomotiv (motorvagon poezd) ni qabul qilib olayotganda uning holati, tormozlar 
faoliyati, radio aloqa, qum berish qurilmalariga alohida e’tibor berishi, lokomotiv texnik ahvoli 
jurnalidagi yozuv bo’yicha lokomotiv avtomat signalizatsiyasi va avtostopning to’g’ri ishlashiga 
ishonch hosil qilishi; 
yong’inga qarshi vositalar va signal vositalarining mavjudligini tekshirishi; 
harakat grafigiga to’la amal qilgan holda poezd harakat xavfsizligini ta’minlashi kerak. 
269. Lokomotiv harakat tarkibiga ulangandan so’ng mashinist quyidagilarni bajarishi 
shart: 


64 
lokomotiv tarkibning birinchi vagoni bilan to’g’ri ulangani va havo rukavalarini 
birlashtirilgani, shuningdek, ular orasidagi chetki kranlarning ochilganiga ishonch hosil qilishi; 
tormoz magistralini siqilgan havo bilan to’ldirishi, bosimning pasayishi yo’riqnomadagi 
me’yordan oshib ketmayotganini tekshirishi va avtotormozni ishlatib ko’rishi kerak; 
poezdning tormozlar bilan ta’minlangani xaqidagi ma’lumotnoma olishi, unda 
ko’rsatilgan oxirgi vagonning nomerini natura varag’i bilan solishtirib ko’rishi, poezddagi 
tormoz bosish kuchi yo’riqnoma me’yorlariga mos kelishini tekshirishi; 
natura varag’i bo’yicha yuk va yuk-yo’lovchi poezdining tarkibi: odamlar, alohida e’tibor 
talab qiladigan yuklar toifasi bilan egallangan vagonlar, shuningdek, ochiq harakat tarkibi bilan 
tanishib chiqishi kerak. 
Agar lokomotiv shaxsiy chaqiriqli radiostansiya bilan jihozlangan bo’lsa, 
radiostansiyaning boshqaruv pultida poezdga berilgan raqamni o’rnatish kerak. 
Lokomotiv vagonlari elektr isitiladigan yo’lovchi poezd tarkibiga biriktirilgandan so’ng 
elektrmexanik yuqori voltli vagonlararo elektr ulagichlarni yoqishi uchun mashinist tok qabul 
qilgichni tushirishi kerak. 
Avtomatik lokomotiv signalizatsiya bilan jihozlangan uchastkalarda etakchi lokomotiv va 
motorvagon poezd mashinisti stansiyadan jo’nab ketishdan avval ushbu qurilmalarni yoqishi, 
radio aloqa bilan jihozlangan uchastkalarda esa radio aloqa yoqilganiga ishonch hosil qilib, 
yo’lovchi poezdi boshlig’i (mexanik-brigadir) bilan aloqa borligini chaqirish yo’li bilan 
tekshirishi kerak. 
270. Poezdni boshqarishda mashinist va uning yordamchisi quyidagilarni bajarishlari 
kerak: 
yo’lning bo’shligi, signal, signal ko’rsatkichlari va belgilarni kuzatishi, ularning talabini 
bajarishi va svetoforlar uzatayotgan barcha signallarni, yo’l va poezddan yuborilayotgan to’xtash 
va tezlikni pasaytirish xaqida signallarni bir-biriga etkazishi kerak; 
poezdning holati va butligini, elektrlashtirilgan uchastkalarda esa kontakt tarmog’i 
holatini ham kuzatishi kerak; 
lokomotiv ishining xavfsizligi va to’xtovsizligini nazorat qiluvchi asboblar ko’rsatkichiga 
ahamiyat berishi; 
elektr energiyasi va yonilg’idan iqtisodli foydalanilganda lokomotiv quvvatini oqilona 
ishlatishni ta’minlashi; 
stansiyaga kirishda va stansiya yo’llaridan o’tishda belgilangan signallarni uzatishi, 
strelka ko’rsatkichlari bo’yicha marshrutning to’g’riligiga, yo’lning bo’shligiga hamda stansiya 
xodimlari tomonidan uzatilayotgan signallarga ahamiyat berishi, shuningdek, qo’shni yo’llardagi 
poezdlar harakati va manyovr ishlarga ahamiyat berib, harakat xavfsizligiga xavf tug’ilgan 
holatlarda to’xtash uchun choralar ko’rishi kerak. 
Stansiyada poezd to’xtaganidan keyin unda nosozliklar aniqlansa, mashinist bu xaqda 
stansiya navbatchisiga, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa poezd dispetcheriga 
zudlik bilan xabar berishi kerak. 
Stansiyada to’xtash zarurati tug’ilsa, mashinist poezdni qabul qilish yo’lining chiqish 
svetoforini (chiqish svetofori yo’q joyda chegaraviy ustunchani) o’tib ketmay to’xtatishi kerak. 
Bunda yuk poezdining lokomotivi chiqish signali (uning yo’qligida–chegaraviy ustunchalar) 
oldida to’xtatilishi kerak. Mashinist poezdni chiqish signaliga etmasdan oldin to’xtatishi uchun, 
poezd aloqasi bo’yicha stansiya navbatchisi orqali, butun tarkib qabul qilish yo’lining foydali 
uzunlik chegarasida joylashganiga ishonch hosil qilishi kerak. 
Yo’nalish bo’ylab avtoblokirovka svetoforlarida nosozliklar, yo’l, kontakt tarmog’i, 
boshqa inshoot va qurilmalariga zarar etishi, qo’shni yo’llardagi poezdlarda nosozliklar 
aniqlanganida, mashinist bu xaqida eng yaqin stansiya navbatchisi yoki poezd dispetcheriga 
xabar berishi kerak. Poezd radio aloqasi mavjud bo’lganida, ushbu nosozliklar xaqida 
ma’lumotni mashinist radio orqali eng yaqin stansiya navbatchisiga yoki poezd dispetcheriga, 
kerak bo’lsa qo’shni yo’l bo’ylab harakatlanayotgan poezd mashinistiga etkazishi kerak. 
271. Poezdni boshqarayotganda mashinist quyidagilarni bajarishi kerak: 


65 
tormoz qurilmalarini shay holda tutishi, yo’l davomida ularni tekshirib borishi, bosh 
rezervuar va magistralda bosimning DATK tomonidan belgilangan me’yordan pasayib ketishiga 
yo’l qo’ymasligi; 
tezlikni pasaytirish va boshqa doimiy signallarning man etuvchi ko’rsatkichlari tezlikni 
pasaytirishni talab qilsa, xizmat tormozlashini qo’llab to’xtash signalini o’tib ketmasdan poezdni 
to’xtatishi, tezlikni kamaytirish signalida esa, ushbu signal uchun belgilangan tezlikda o’tishi; 
neytral qo’ymani chegaralovchi signal belgisini 20 km/soat dan kam bo’lmagan 
(lokomotivining unda to’xtab qolmasligi uchun) tezlik bilan o’tishi; 
to’satdan to’xtash signali uzatilganda yoki to’siq paydo bo’lganda poezdni to’xtashi 
uchun shoshilinch ravishda tormozlash vositasini qo’llashi; 
kuchli tuman, jala, bo’ronlarda poezdni o’ta ehtiyotkorlik bilan boshqarishi va harakat 
xavfsizligini ta’minlash uchun kerak paytda tezlikni pasaytirishi. 
272. Yo’l davomida mashinistga quyidagilar man etiladi: 
ushbu Qoidalar, DATK boshqaruvi raisi buyrug’i bilan belgilangan, shuningdek, berilgan 
ogohlantirishlar va signal ko’rsatkichlarida ko’rsatilgan tezlikni oshirish; 
lokomotiv, motorvagon harakat tarkibini boshqarishdan, unga xizmat ko’rsatishdan, yo’l 
holati va signallarni kuzatishdan chalg’ish; 
to’g’ri ishlayotgan xavfsizlik qurilmalarini o’chirish yoki ularning ishiga aralashish; 
lokomotivda poezd boshqaruvini ta’minlovchi tortish qurilmasining buzilishida va uni 
bartaraf etishning iloji bo’lmaganda peregonlarga jo’nash. 
273. Poezd harakatini etakchi lokomotiv mashinisti boshqaradi. Boshqa lokomotivlar, shu 
jumladan suruvchi lokomotivlarning mashinistlari etakchi lokomotiv mashinistining ko’rsatma 
va signallariga rioya qilib ularni takrorlashlari kerak. 
Suruvchi lokomotivlarnnng ish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan 
yo’riqnomalarda o‘rnatiladi. 
274. Lokomotivning ish kabinasida lokomotiv brigadasi tarkibiga kirmaydigan shaxslarni 
olib yurish taqiqlanadi, konduktorlar (tuzish brigadasi), bir vaqtning o’zida DATK tomonidan 
belgilangan tartibda ruxsatnomasi bo’lgan soni ikkitadan oshmagan mansabdor shaxslar olib 
yurish bundan mustasno. 

Download 0,79 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lokomotiv va motorvagon poezdlari mashinistlarining

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish