Poezdning to’g’ri tuzilishiga stansiya xodimlari javobgardirlar




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
Bog'liq
PTE uz

254. Poezdning to’g’ri tuzilishiga stansiya xodimlari javobgardirlar. 
Stansiya xodimlari poezdni jo’natishdan avval stansiyaning texnologik ish jarayoni, 
texnikaviy-boshqaruv aktlari, harakat grafigi va poezdlarni tuzish rejasiga muvofiq 
ravishda poezdning to’g’ri tuzilganligi, ochiq harakat tarkibida yukning to’g’ri va 
mahkam o’rnatilgani, bu yuklarning bus-butunligi to’la ta’minlangani, poezd o’rnatilgan 
signallarga ega ekanligi va kerakli anjomlar bilan ta’minlanganini tekshirishlari kerak. 
Yuk va yuk-yo’lovchi poezdlarining oxirini ko’rsatuvchi signal uskunalariga texnik 
xizmat ko’rsatish, bu poezdlarga signal uskunalarini osish va echib olish vagonlarga texnik 
xizmat ko’rsatish punktlari xodimlariga yuklatiladi. 
Poezdlarni tekshirish tartibi va stansiyaning tegishli xodimlarining mas’uliyatlari 
mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi 
boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. 
255. Poezdlar tuzish stansiyalarida har bir yuk vagonlari va yuk-yo’lovchi poezdlari 
uchun jo’natilish oldidan etakchi lokomotiv mashinistiga DATK tomonidan belgilangan shaklda 
natura varag’i va eltish hujjatlari muhrlangan holda topshiriladi. Tarkibida eltish hujjatlari 
bo’lmagan vagonli poezdlarni jo’natish man qilinadi. 
Bosh konduktori (poezd tuzuvchisi) bo’lgan poezdlarda natura varag’i va eltish hujjatlari 
unga topshiriladi. Bu holda bosh konduktor (poezd tuzuvchisi) natura varag’iga binoan 
mashinistni jo’natilayottan poezdning tarkibi bilan tanishtirib chiqishi kerak. 
Yo’nalish bo’ylab vagonlar ulangani yoki uzilganida poezdning natura varag’iga stansiya 
xodimlari tomonidan tegishli o’zgarishlar kiritilishi kerak. Barcha yo’lovchi (motorvagon 
poezlardan tashqari) va pochta-bagaj poezdlari uchun poezd natura varag’i yo’lovchi poezdining 
boshlig’i (mexanik-brigadiri) ga topshiriladi. 
256. Stansiya navbatchisi har bir poezdning aniq jo’nash yoki o’tib ketish vaqti, zarur 
hollarda, poezd tarkibini ifodalovchi boshqa ma’lumotlarni poezdlar harakat jurnalida belgilab 
qo’yishi kerak va poezd jo’natilgan qo’shni stansiya navbatchisiga va poezd dispetcheriga zudlik 
bilan xabar berishi kerak. Bundan tashqari, stansiya navbatchisi poezd xaqidagi zarur 
ma’lumotlarni avtomatik boshqaruv tizimiga uzatilishini ta’minlashi kerak. 

Download 0,79 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Poezdning to’g’ri tuzilishiga stansiya xodimlari javobgardirlar

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish