O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83
Bog'liq
PTE uz

(250 band birinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 


59 
Poezdni harakatga keltirishdan avval etakchi lokomotiv mashinisti va uning yordamchisi 
poezddan yoki stansiya xodimlari tomonidan to’xtatish signallari uzatilmayotganiga ahamiyat 
berishlari kerak. 
Yo’lovchi poezdining vagon kuzatuvchilari xavfsiz harakatlanishga qarshi biron-bir 
to’siqqa duch kelganlarida poezdni to’xtatish uchun zudlik bilan chora ko’rishlari kerak. 
Yo’lovchi poezdi (motorvagon poezddan tashqari) stop-kranni qo’llash natijasida yoki 
o’z-o’zidan peregonda to’xtab qolganida kuzatuvchilar o’zlari xizmat ko’rsatayotgan vagonlarini 
ko’rib chiqishlari va zarurat tug’ilganda lokomotiv tomonga to’xtatish signalini uzatishlari kerak. 
Motorvagon poezdning oraliq yo’lda to’xtab qolganida mashinist yordamchisi vaziyatni o’rganib 
chiqib, mashinistga xabar berishi kerak. Boshqa poezdlarning bunday to’xtab qolishida mashinist 
yordamchisi poezdni ko’rib chiqib, so’nggi vagon raqami bo’yicha to’liq tarkibdaligini va shu 
vagondagi poezd signalining mavjudligini tekshirishi kerak. 
Yo’lovchi poezdi harakati vagonlarning hamma kuzatuvchilari tomonidan to’xtatish 
signali olib tashlanganidan keyin, qolgan poezdlar harakati esa mashinist yordamchisining 
dokladidan keyin davom ettiriladi. 
Peregonlarda harakat jadvalida ko’rsatilmagan (yo’lovchilarni chiqarish, tushirish, 
yuklarni ortish, tushirish) boshqa to’xtashlarda poezdlarni harakatga keltirish poezdlar harakati 
va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada o‘rnatiladi. 
251. Peregonning chiqish signallari bo’lmagan joyini egallashga, shuningdek, chiqish 
signalining taqiqlovchi ko’rsatkichida poezdning jo’natilishi uchun ruxsatnoma, etakchi 
lokomotiv mashinistiga shaxsan stansiya navbatchisi yoki ushbu poezd lokomotiv brigadasining 
biron xodimi orqali, yo’l, post, park navbatchisi, navbatchi operator, strelka posti navbatchisi, 
signalchi yoki bosh konduktor (poezd tuzuvchi) orqali topshiriladi. 
Mashinist peregonni egallashga qabul qilingan ruxsatnomaning to’g’riligiga ishonch hosil 
qilishi kerak. 
Lokomotiv mashinistlariga harakat xavfsizligini ta’minlovchi peregonni egallashga 
ruxsatnoma topshirish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktlarida belgilanadi. 
252. Agar stansiyaga qabul qilinayotgan poezd tarafdagi yaqinlashish joyi uzoqqa 
cho’zilgan pasayish bo’lsa va qabul qilinayotgan poezd marshruti jo’natilayotgan poezd 
marshrutidan (muhofaza berk yo’li yoki qabul va jo’natish yo’llarining o’zaro joylashuvi bilan) 
chegaralanmagan bo’lsa, bir vaqtning o’zida poezd jo’natish va xuddi shu yo’nalishda stansiyaga 
poezd qabul qilish man etiladi. 
253. Stansiya navbatchisi har bir jo’natilayotgan yoki to’xtovsiz o’tib ketayotgan 
poezdning ahvoli, signallarining mavjudligi va to’g’ri ko’rsatishligini tekshirib kuzatadi. 
Stansiya navbatchisi poezdning to’liq tarkibda jo’natilishiga signalchi, strelka posti 
navbatchisi dokladi orqali yoki shaxsan ishonch hosil qiladi. 
Poezdlarni jo’natish yo’llari uzoqlashgan yoki mahalliy sharoit tufayli stansiya 
navbatchisi poezdni kuzata olmaydigan stansiyalarda ularni signalchilar yoki strelka posti 
navbatchilari kuzatishlari kerak. 
Stansiya navbatchilari bo’lmagan markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida hamda 
elektr izolyatsiyalangan yo’l va strelkalarga ega bo’lgan, mahalliy sharoit tufayli stansiya 
navbatchisi poezdlarni kuzata olmaydigan va boshqa xodimlari (signalchi, strelka posti 
navbatchilari) bo’lmagan stansiyalarda esa poezdlarning jo’natilishi boshqaruv moslamalarining 
ko’rsatgichlariga binoan nazorat qilinadi. 
Stansiya navbatchilari poezdlarni kuzatmasa bo’ladigan stansiyalar ro’yxati va poezdlarni 
jo’natishda harakat xavfsizligini ta’minlash sharoitlari DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli 
boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. 
(253 band beshinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 
Poezdni kuzatuvchi xodim poezd yaxshi ahvolda o’tib ketganiga ishonch hosil qilishi 
kerak. 


60 
Poezdda harakat xavfsizligiga xavf tug’diruvchi nosozliklar aniqlanganida, shuningdek, 
poezd poezd signallarisiz ketayottanini payqagan poezdni kuzatuvchi xodim uni to’xtatish uchun 
chora-tadbirlar ko’rishi kerak. 

Download 0,79 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish