Stansiya navbatchisiga poezd marshruti tayyorligi, strelkalar yopiqligi, qabul




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83
Bog'liq
PTE uz

239. Stansiya navbatchisiga poezd marshruti tayyorligi, strelkalar yopiqligi, qabul 
qilish yo’li bo’shligi, qabul qilish marshruti strelkalarida manyovrlar to’xatilganini 
tekshirmasdan oldin kirish svetoforini ochish taqiqlanadi. 
Kirish svetofori shaxsan stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasi bo’yicha 
markazlashgan post operatori tomonidan ochilishi kerak. Markazlashtirilgan dispetcherlik 
uchastkalarida kirish svetofori poezd dispetcheri tomonidan ochiladi. 


56 
Kirish svetofori kirib kelayotgan poezdning birinchi g’ildirak jufti bosib o’tilgandan 
so’ng avtomatik ravishda yopilishi kerak, elektr rels zanjiri yo’q stansiyalarda esa kirish 
svetoforlari stansiya navbatchisi, markazlashgan post operatori yoki strelka posti navbatchisi 
tomonidan kirib kelayotgan poezdning butun tarkibi o’tgandan so’ng yopiladi. 
240. Kirish svetoforining asosiy chiroqlari o’chgan vaqtda yoki taqiq ko’rsatkichida 
poezdni stansiyaga qabul qilish man etiladi. Kirish svetoforining asosiy chiroqlari o’chgan 
vaqtda yoki taqiqlovchi ko’rsatgichida poezdni stansiyaga qabul qilish poezdlar harakati va 
manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada ko’zda tutilgan tartibga ko’ra va alohida holatlardagina 
taklif signali, stansiya navbatchisining maxsus ruxsatnomasi bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Taklif signali yoki stansiya navbatchisining maxsus ruxsatnomasi bilan stansiyaga qabul 
qilinayotgan poezdning harakat tezligi 20 km/soat dan oshmasligi kerak, bunda mashinist 
poezdni e’tiborlik bilan haydashi va harakat qilishga to’siq paydo bo’lsa, darhol to’xtashga shay 
turishi kerak. 
241. Stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa poezd 
dispetcheri poezdni qabul qilishdan avval quyidagilarga majbur: 
poezdni qabul qiluvchi yo’lning bo’shligiga ishonch hosil qilish; 
poezdni qabul qilish marshruti va yo’liga chiqish manyovrlarini tugatish; 
poezdni qabul qilish marshrutini tayyorlash; 
kirish svetoforini ochish. 
Stansiya navbatchilari va poezd dispetcherlarining poezdni qabul qilish bo’yicha 
operatsiyalarni bajarishdagi ish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma 
bilan o‘rnatiladi. 
242. Agar stansiyaga kirib boruvchi yo’lning hatto bir tomoni uzoqqa cho’zilgan pasayish 
bo’lib, shu bilan birga, bu pasayishga qarama-qarshi tomondan qabul qilinuvchi marshrut boshqa 
qabul qilinuvchi poezd marshrutidan (muhofaza berk yo’li yoki yo’llarning o’zaro joylashuvi 
bilan) ajratilmagan bo’lsa, qarama-qarshi yo’nalishdagi poezdlarning stansiyaga bir vaqtda qabul 
qilish man etiladi. 
Ikki va ko’p yo’lli liniyalarning oraliq stansiyalarida chetdan kelayotgan poezdning 
marshruti bo’ylab tormoz yo’lida 0,006 dan tikroq pasayish bo’lsa va u yo’lovchi, pochta-bagaj, 
yuk-yo’lovchi yoki odam tashish poezdlarni qabul qilish marshrutini kesib o’tsa, bir vaqtda 
qarama-qarshi yo’nalishdagi poezdlarni qabul qilish taqiqlanadi. 
Poezdlarni bir vaqtda qabul qilish yo’l qo’yilmaydigan stansiyalarda poezdlar bir vaqtda 
kelib qolganda birinchi bo’lib yopiq signal oldida to’xtash va joyidan ko’zg’alish sharoiti 
noqulay bo’lgan poezd qabul qilinadi. 
243. Stansiyaga kirib kelayotgan poezd chiqish signali va qabul yo’lining chegaraviy 
ustunchalari orasida to’xtatilishi kerak, chiqish signali yo’q joyda esa, chegaraviy ustunchalar 
orasida to’xtatilishi kerak. 
Poezdning oxirgi qismi chegaraviy ustunchalardan tashqarida qolgan hollarda, signalchi 
yoki strelka posti navbatchisi bu xaqda stansiya navbatchisiga etkazishi kerak. U esa o’z 
navbatida poezdni qabul qilish yo’lining foydali uzunligi chegaralarida joylashtirish bo’yicha 
choralar ko’radi. 
Strelkalari elektr markazlashtirilgan stansiyalarda qabul yo’lining foydali chegaralarida 
poezdni joylashtirishni stansiya navbatchisi amalga oshiradi, markazlashtirilgan dispetcherlik 
uchastkalarida esa nazorat moslamalarining ko’rsatishi bo’yicha poezd dispetcheri amalga 
oshiradi. 
Agar poezdni qabul yo’lining foydali chegaralarida joylashtirish mumkin bo’lmasa, 
stansiya navbatchisi harakat tarkibining qo’shni yo’llar bo’ylab harakatlanish xavfsizligini 
ta’minlovchi chora-tadbirlar ko’rishi kerak. 
244. Stansiya navbatchisi har bir poezdni kutib olayotganda ularning ahvoli, poezd 
signallarining mavjudligi va ularning to’g’ri ko’rsatishini tekshiradi. 


57 
Poezd qabul yo’llari uzoqda bo’lgan yoki mahalliy sharoitga ko’ra stansiya navbatchisi 
poezdlarni kutib ololmaydigan stansiyalarda poezdlarni signalchilar yoki strelka posti 
navbatchilari kutib olishlari kerak. 
Poezdning stansiyaga to’liq tarkibda etib kelishini stansiya navbatchisi signalchi, strelka 
posti navbatchisi dokladidan yoki shaxsan bilib oladi, strelkalari markazlashtirilgan stansiyalarda 
(avtomatik blokirovka bilan jihozlanmagan uchastkalarda) esa DATK mintaqaviy temir yo’l 
uzeli boshlig’i tomonidan tayinlangan boshqa xodimlar dokladi orqali bilib oladi. 
(244 band uchinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 
Yo’lovchi, pochta-bagaj, odam tashish yoki yuk-yo’lovchi poezdning stansiyaga etib 
kelishidan so’ng stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida poezd 
dispetcheri, stansiyaning texnika-boshqaruv aktlarida ko’zda tutilgan poezdlarning xavfsizligini 
ta’minlashga yo’naltirilgan zarur chora-tadbirlar ko’radi. 
Stansiya navbatchilari mavjud bo’lmagan markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida 
hamda mahalliy ahvol tufayli stansiya navbatchisi poezdlarini kutib ololmaydigan va boshqa 
xodimlari (signalchilar, strelka posti navbatchisi) bo’lmagan avtomatik blokirovkali 
uchastkalarda 
joylashgan 
stansiyalarda 
poezdlarning 
kelishi 
boshqaruv 
moslamalari 
ko’rsatkichlari bo’yicha nazorat qilinadi, bundan tashqari, poezdning stansiyaga to’liq tarkibda 
etib kelishi lokomotiv poezdi mashinisti tomonidan tormoz magistrali butligini tavsiflovchi 
moslamalarning ko’rsatkichlariga ko’ra nazorat qilinishi kerak. 
Poezdlarni kutib olmasa ham bo’ladigan stansiyalar ro’yxati va poezdlarni qabul qilishda 
harakat xavfsizligini ta’minlash sharoitlari DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i 
tomonidan o‘rnatiladi. 
(244 band oltinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 
245. Stansiya navbatchisi har bir poezdning aniq etib kelish yoki o’tib ketish vaqti va 
uning raqamini poezdlar harakati jurnalida qayd qilishi va poezdni jo’natgan qo’shni stansiya 
navbatchisiga, poezd dispetcheriga xabar berishi, bundan tashqari, avtomatik boshqaruv tizimiga 
tegishli ma’lumot jo’natilishini ta’minlashi kerak. 
Jadal harakatli uchastkalarda poezdlarning kelishi va jo’nab ketishi xaqida ma’lumotlar 
poezdlar harakati va manyovr ishlari Yo’riqnomasi tomonidan o‘rnatiladi. 

Download 0,79 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Stansiya navbatchisiga poezd marshruti tayyorligi, strelkalar yopiqligi, qabul

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish