O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83
Bog'liq
PTE uz

Poezdlarning jo’natilishi 
246. Stansiya navbatchisiga poezd jo’natilayotgan stansiya navbatchisining 
ruxsatisiz bir yo’lli uchastkalarga va ikki yo’lli uchastkalarga noto’g’ri yo’l bo’ylab 
poezdlarni jo’natish man etiladi. Avtoblokirovka bilan jihozlanagan bir yo’lli uchastkalarda 
to’g’ri yo’nalishdagi poezdlar poezd dispetcherining ko’rsatmasi bo’yicha qo’shni stansiya 
navbatchisining oldindan roziligisiz birinchi blok-uchastka bo’shaganidan so’ng jo’natiladi. 
Ikki yo’lli uchastkalarda yarim avtoblokirovka va elektr-jezl tizimida poezdlarning 
jo’natilishi avval jo’natilgan poezdning etib borishi xaqida xabar kelgandan so’ng poezdlar 
to’g’ri yo’ldan jo’natiladigan stansiya navbatchisining ko’rsatmasiga ko’ra amalga oshiriladi, 
avtoblokirovkada esa birinchi blok-uchastkaning bo’shaganidan so’ng poezd jo’natiladi. Poezd 
jo’natilayotgan stansiya navbatchisining oldindan roziligi talab etilmaydi. 
Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida poezdlarni jo’natish faqatgina poezd 
dispetcherining ko’rsatmasi bilan amalga oshiriladi. 
247. Stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan dispetcherlik uchaskalarida esa poezd 
dispetcheri poezdni jo’natishdan avval quyidagilarni bajarishi shart: 
peregonning, avtomatik blokirovkada esa birinchi blok-uchastkaning bo’shligiga ishonch 
hosil qilishi; 
poezdni jo’natish marshrutiga chiqish bilan bog’liq bo’lgan manyovrlarni to’xtatish; 
jo’natish marshrutini tayyorlash; 


58 
chiqish svetoforini ochish yoki mashinistga peregonni egallash uchun boshqa ruxsatnoma 
berish. 
Stansiya navbatchilari va poezd dispetcherlarining poezdni jo’natish bilan bog’liq bo’lgan 
operatsiyalarni bajarishdagi hatti-harakatlari poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha 
Yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi. 
248. Stansiya navbatchisiiing ruxsatisiz poezdni peregonga jo’natish man etiladi. 
Chiqish svetoforining ruxsat ko’rsatkichi, uning nosozligi yoki yo’lda chiqish 
svetoforining mavjud bo’lmaganida, belgilangan shakldagi yozma ruxsatnoma, stansiya 
navbatchisining radio aloqa orqali yuborilgan buyrug’i yoki jezl, jo’natilayotgan poezd 
mashinistiga peregonni egallash uchun ruxsatnoma bo’lib xizmat qiladi. 
Yo’lovchi, pochta-bagaj poezdi mashinistiga jadvalda ko’rsatilgan vaqtdan ilgari 
stansiyadan jo’nab ketish, shuningdek, yo’lovchilar chiqishi va tushib qolishi uchun jadvalda 
ko’rsatilgan stansiyada to’xtamay o’tib ketish taqiqlanadi. 
Yo’lovchi va pochta-bagaj poezdlarining to’xtashi texnologik operasiyalarni (uchrashish 
va o’zib o’tish) bajarish uchun ko’zda tutilgan va yo’lovchilarni chiqarish va tushirib qoldirish, 
bagaj va pochtani ortish, tushirishga mo’ljallanmagan bo’luvchi punktlarda to’xtash vaqti, poezd 
dispetcheri tomonidan mashinist yoki stansiya navbatchisiga uzatilayotgan ko’rsatmaga binoan 
qisqartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. 
Poezdlar harakatining xizmat jadvallarida bunday to’xtashlar alohida belgi bilan 
belgilanadi, yo’lovchilar uchun bosib chiqariladigan e’lon va jadvallarda bu to’xtashlar 
ko’rsatilmaydi. 
249. Stansiya navbatchisiga, markazlashtirilgan dispetcherlik bilan jihozlangan 
uchastkalarda esa poezd dispetcheriga poezd jo’natish marshruti tayyorligi, strelkalar yopiqligi, 
jo’natish marshruti strelkalarida manyovrlar to’xtatilgani, tarkibning tijorat ko’rigi va texnik 
xizmatdan o’tganiga ishonch hosil qilmasdan chiqish svetoforlarini ochish yoki peregonni 
egallashga boshqa ruxsat berishi taqiqlanadi. Poezdlarni ularni tuzish stansiyalaridan, poezd 
tarkibiga vagonlar ulangan yoki uzilgan stansiyalardan yoki poezd oxirgi qismini belgilovchi 
signal disklarini almashtirish ko’zda tutilgan stansiyalardan jo’natilishida stansiya navbatchisi 
chiqish svetoforni ochishdan yoki lokomotiv, maxsus o’ziyurar tarkib mashinistiga peregonni 
egallashga ruxsatnoma berishdan avval so’nggi vagonda poezd signalining mavjudligiga ishonch 
hosil qilishi kerak. 
Chiqish svetofori shaxsan stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasiga binoan 
markazlashtirilgan post operatori tomonidan ochilishi kerak. Markazlashtirilgan dispetcherlik 
bilan jihozlangan uchastkalarda chiqish svetofori poezd dispetcheri tomonidan ochiladi. 
Poezdlar harakat jadvali buzilganda stansiya navbatchisi yo’lovchi, pochta-bagaj, odam 
tashuvchi yoki yuk-yo’lovchi poezdidan keyin kelayotgan poezdga chiqish sfetoforini ochishdan 
avval mashinistni yo’lovchi poezdidan keyin kelayotgani xaqida ogohlantiradi. 
Chiqish sfetofori jo’natilayotgan poezdning birinchi g’ildirak jufti o’tgani zahoti 
avtomatik tarzda yopilishi kerak, elektr rels zanjirlari bo’lmagan stansiyalarda stansiya 
navbatchisi, markazlashtirilgan post operatori yoki strelka posti navbatchisi tomonidan jo’nagan 
poezdning butun tarkibi o’tib ketgandan so’ng yopiladi. 
250. Chiqish svetoforining man etuvchi ko’rsatkichida stansiya yo’llaridan yoki chiqish 
svetoforlari mavjud bo’lmagan yo’llardan poezdning jo’natilishida etakchi lokomotiv 
mashinistiga peregonni egallashga ruxsat berilganda radio aloqa orqali uzatilgan stansiya 
navbatchisining ko’rsatmasisiz, stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasiga binoan post, park 
navbatchisi, markazlashtirilgan post operatori, strelka posti navbatchisi, signalchi yoki bosh 
konduktor (poezd tuzuvchi) tomonidan uzatilgan jo’natish signalisiz poezdni harakatga keltirish 
man etiladi. Jo’natish signalini uzatish tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i 
tomonidan o‘rnatiladi. 

Download 0,79 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish