O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83
Bog'liq
PTE uz

Poezdlarni qabul qilish 
238. Poezdlar stansiyaga texnikaviy – boshqaruv akti bilan bu maqsadlar uchun 
mo’ljallangan bo’sh yo’llarga, faqat ochiq kirish signalida, yo’lovchi poezdlar esa, bundan 
tashqari, yo’l avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan yo’llarga qabul 
qilinishi lozim. Bunday qurilmalar bilan jihozlanmagan yo’llarga yo’lovchi poezdlarini, harakat 
xavfsizligini ta’minlab, qabul qilish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 
Yo’lning uzunligi ikki motorvagon poezdini joylashtirish uchun etarli bo’lgan alohida 
stansiyalarda, marshrut svetofori bilan yo’lni ushbu poezdlar qabul qilinishi mumkin bo’lgan 
ikki uchastkaga ajratishga ruxsat etiladi. 
Motorvagon poezdi qabul qilish yo’lini ajratadigan marshrut svetoforidan keyingi yo’l 
uchastkasini band etganda, ikkinchi motorvagon poezdi yo’lning ushbu svetoforgacha bo’sh 
uchastkasiga, kirish (marshrut) svetoforining maxsus signali bo’yicha qabul qilinadi. Kirish 
(marshrut) svetoforlarining ko’rsatmalari qabul qilish yo’lining ikkiga bo’ladigan marshrut 
svetoforining ko’rsatmalariga bog’liq bo’lishi lozim. 
Bunday yo’lga bir paytning o’zida qarama-qarshi tomonlardan ikki motor poezdini qabul 
qilish taqiqlanadi. 
Motorvagon poezdlarni yo’lning alohida uchastkalariga qabul qilish ruxsat etilgan 
stansiyalarning ro’yxati hamda yo’lovchilar va poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash tartibi 
DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 
Ushbu stansiyalar uchun motorvagon poezdlarni qabul qilish uchun belgilangan tartibdan, 
stansiyalarga alohida lokomotivlarni va olib qo’yilmaydigan turdagi drezinalarni qabul qilishda 
ham foydalanishga ruxsat etiladi. 
Stansiyaga 
suruvchi 
lokomotivlarni, 
stansiyadagi 
depolarga 
yo’nalayotgan 
lokomotivlarni, yoki depodan poezdlar tarkibi uchun kelayotgan lokomotivlarni qabul qilish 
uchun yo’lning alohida uchastkalari belgilanishi mumkin. Stansiyalar va harakat xavfsizligini 
ta’minlovchi qabul qilish tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan 
belgilanadi. 
(238 band ettinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 
1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 
Zarurat tug’ilganda tiklash va o’t o’chirish poezdlarini, yordamchi lokomotivlarni, 
vagonsiz lokomotivlarni, qor tozalovchilarni, maxsus o’ziyurar harakat tarkibini, shuningdek, 
xo’jalik poezdlari va yo’l mashinalarini (peregonni berkitib ishlar bajarilganda) stansiya 
yo’llarining bo’sh uchastkalariga qabul qilish ruxsat etiladi. Harakat xavfsizligini ta’minlovchi, 
ushbu poezdlarni qabul qilish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma 
bilan o‘rnatiladi. 

Download 0,79 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish