O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83
Bog'liq
PTE uz

224. Poezdlarda avtotormozlarni tekshirish quyidagicha amalga oshiriladi: 
а) tormozlash magistrali holatini va barcha vagonlardagi tormozlarning ishini 
sinovdan o’tkazib to’liq tekshirish: 
poezdlarni jo’natishdan oldin tuzish stansiyalarida; 
lokomotiv almashgandan so’ng. Bundan tashqari, lokomotivlarning harakatlanish 
uchastkasi 600 km dan ortiq bo’lsa, vagonlarga texnikaviy xizmat ko’rsatish punktiga ega 
stansiyalarning birida yuk poezdining avtotormozlari to’liq sinovdan o’tkazilishi shart. Bunday 
stansiyalarning ro’yxati DATK tomonidan o‘rnatiladi; 
motorvagonli poezdni depodan chiqarishdan oldin yoki uni stansiyada brigadasiz 
turganidan so’ng; 
poezdning to’xtashi harakat grafigida ko’zda tutilgan uzoqqa cho’zilib borgan pasayishga 
ega peregonlardan oldingi stansiyalarda; 
0,018 va undan qiyaroq uzoqqa cho’zilib borgan pasayishlardan avval to’liq sinovdan 
o’tkazish tormozlangan holda o’n minut ushlab turilgandan so’ng amalga oshiriladi. Bunday 
stansiyalarning ro’yxati DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 
Elektrpnevmatik tormozlarining to’liq sinovi yo’lovchi poezdlarni tuzish va harakatlanish 
stansiyalarida ko’chmas qurilmalardan yoki poezd lokomotividan amalga oshiriladi. 
b)Tormoz magistrali holatini so’nggi ikki vagonining tormozlari ishini sinab qisqa 
tekshirish: 
poezd lokomotivini tarkibga ulangandan so’ng, agar bundan ilgari stansiyada 
avtotormozlar kompressor qurilmasi yoki lokomotivdan to’liq sinovdan o’tkazilgan bo’lsa; 
motorvagon poezdi boshqaruv kabinasi va lokomotiv poezddan uzilmagan hollarda 
lokomotiv brigadasi almashganidan so’ng; 
poezd tarkibida rukavlarni har qanday uzilishlaridan so’ng, tarkibidagi so’nggi kran 
berkitilgandan so’ng, harakat tarkibi ulanishi natijasida rukavlar ulangandan so’ng (so’nggi 
holatda har bir ulangan vagonning tormozlari ishi tekshiriladi); 
yo’lovchi poezdlarda poezd 20 minutdan ortiq turgandan so’ng, asosiy rezervuarlardagi 
bosim 5,5 kgs/sm
2
dan tushib ketsa, boshqaruv kabinasi o’zgarsa yoki peregonda asosiy 
kabinadan poezd harakatini boshqarish imkoniyati yo’qligi sababli poezd to’xgagandan so’ng 
boshqaruvni ikkinchi lokomotiv mashinistiga topshirilganidan so’ng; 


52 
yuk poezdlarida to’xtash paytida avtotormozlarning o’z-o’zidan ishlab ketishi yoki 
zichlikning VU-45 shaklli ma’lumotnomada ko’rsatilgandan 20 foizdan katta miqdorda 
o’zgargan bo’lsa; 
yuk poezdlarida 30 minutdan ortiq to’xtashdan so’ng. 
Elektrpnevmatik tormozlarning qisqacha sinovi lokomotivlar va lokomotiv brigadalari 
almashadigan punktlarda, vagonlar ulanganda (har bir ulangan vagon tormozlarining ishi 
sinovdan o’tkazilib) amalga oshiriladi. 
Bundan tashqari, tormozlarning to’liq yoki qisqa sinovidan so’ng, DATKning tegishli 
yo’riqnomasida belgilangan tartibda yo’l davomida tormozlarning ishi sinovdan o’tkaziladi. 
225. Poezdda avtotormozlar to’liq sinalgandan so’ng vagonlar ko’ruvchisi etakchi 
lokomotivning mashinistiga poezdning tormozlar bilan ta’minlanganligi va soz ishlashi xaqidagi 
DATK belgilagan shakldagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Poezdga berilgan ma’lumotnomada 
so’nggi vagonning raqami ham ko’rsatiladi. 
Motorvagon poezdlarda avtotormozlarning har bir to’liq sinovi to’g’risida qayd maxsus 
kitobga yoziladi. 
Avtotormozlarning har bir qisqa sinovida vagonlar ko’ruvchisi, bu lavozim ko’zda 
tutilmagan joylarda esa, stansiya navbatchisi, bosh konduktor yoki poezdlar tuzuvchisi, 
mashinistda mavjud tormozlar xaqidagi ma’lumotnomaga avtotormozlarning qisqa sinovi (shu 
jumladan tarkibdagi o’zgarish) to’g’risida qayd kiritadi. 
Avtotormozlarning qisqa sinovida so’nggi ikki vagonning tormozlari ishlamagan holatda, 
zimmasiga avtotormozlarning sinovi yuklatilgan xodim poezd jo’natilmasligi uchun choralar 
ko’rishi shart. 
Vagonlar ko’ruvchisi lavozimi ko’zda tutilmagan stansiyalarda, yo’lovchi poezdlarda 
avtotormozlar ishining sinoviga vagonlar yo’l kuzatuvchilari, yuk poezdlarida esa - 
avtotormozlarni sinash operasiyalarini bajarishga o’rgatilgan xodimlar (bunday lavozimlar 
ro’yxati DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi) jalb etiladi. 
Og’irligi va uzunligi oshirilgan, birlashtirilgan poezdlarda vagonlarni avtotormoz 
tizimiga qo’shish tartibi, shuningdek, bunday poezdlarda avtotormozlarni sinash tartibi DATK 
ning tegishli yo’riqnomasiga muvofiq o‘rnatiladi. 
226. Poezdlarda tormozlarni boshqaruv rejimini (tezlikni o’lchash lentalarini 
rasshifrovkasi bilan) sinash uchun tormozlarni sinovchi vagonlardan foydalanilish lozim. Yuk va 
mahalliy yo’lovchi poezdlar hamda uzoq masofaga qatnovchi yo’lovchi poezdlari uchun uchun 
tekshirish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 

Download 0,79 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish