Manyovr qilayotgan lokomotivning harakatini faqat bir xodim - ularning




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83
Bog'liq
PTE uz

206. Manyovr qilayotgan lokomotivning harakatini faqat bir xodim - ularning 
to’g’ri bajarilishi uchun mas’ul bo’lgan manyovrlar rahbari (poezdlar tuzuvchi) 
boshqarishi shart. 
Manyovrlar rahbarining majburiyatlari: 
- manyovr ishlariga berilgan topshiriqlarni aniq va o’z vaqtida bajarish; 
- kelgusidagi manyovr ishlarini bajarishning rejasi va usullari bilan tanishtirish asosida 
manyovr ishlarida ishtirok etayotgan xodimlarning to’g’ri joylashtirilishi va harakatlarining 
muvofiqligini ta’minlash; 
- poezdlarni ushbu Qoidalar, DATK ning tegishli yo’riqnomalari va ko’rsatmalariga aniq 
amal qilgan holda tuzish; 


48 
- manyovr ishlarini, harakat xavfsizligi, manyovrlarda band bo’lgan xodimlarning shaxsiy 
xavfsizligi, harakat tarkibi va yuklarning butligini ta’min etib tashkillashtirish. Odamlari bor, 
nogabarit va xavfli yuklar ortilgan vagonlar bilan manyovrlarni o’ta ehtiyotkorlik bilan amalga 
oshirish. 
Stansiyalarda yo’llar yo’llarning rivojlanganligi, manyovr ishlarining xususiyati va 
hajmiga bog’liq ravishda, manyovr hududlariga bo’linadi. 
Oraliq stansiyalarda manyovr ishlari bosh konduktor yoki uning vazifasini bajarayotgan 
xodimning rahbarligi ostida amalga oshirilishi mumkin. 
Tuzish brigadasi yoki bosh konduktor xizmat ko’rsatmayotgan lokomotivning manyovr 
harakatlariga ushbu hududda manyovrlarni amalga oshirishga xuquqi bo’lgan xodim yoki uning 
ko’rsatmasi bo’yicha signalchi (strelka posti navbatchisi) rahbarlik qiladi. 
Maxsus harakat tarkibining stansiya yo’llaridagi manyovr harakatlari poezdlar harakati va 
manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi. 
207. Manyovrlarni bajarayotganda lokomotiv brigadasi quyidagilarga amal qilishi shart: 
manyovr ishlari topshiriqlarini aniq va o’z vaqtida bajarish; 
berilayotgan signallarni diqqat bilan kuzatish, harakatlanish xaqidagi signal va 
ko’rsatmalarni aniq va o’z vaqtida bajarish; 
yo’llardagi odamlar, strelkalarning holati va harakat tarkibining joylashishini diqqat bilan 
kuzatish; 
manyovrlar bajarish xavfsizligini va harakat tarkibi butligini ta’minlash. 
208. Yig’ma poezdlar bilan ishlayotgan, shuningdek, manyovr ishlarini bajarish uchun 
ajratilgan lokomotiv brigadalari, konduktorlar va tuzish brigadalari stansiyaning texnikaviy-
boshqaruv aktida ko’rsatilgan manyovr ishlarining tartibini bilishlari lozim. Stansiyaning 
texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilagan manyovr ishlarining shartlari bilan lokomotiv va 
tuzish brigadalari, konduktorlarni tanishtirish tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzelining 
boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. 
(208 band "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son 
ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 

Download 0,79 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Manyovr qilayotgan lokomotivning harakatini faqat bir xodim - ularning

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish