-bob. Stansiyaning texnikaviy ishini tashkillashtirish




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83
Bog'liq
PTE uz

15-bob. Stansiyaning texnikaviy ishini tashkillashtirish 
 
Umumiy talablar 
184. Stansiyaning texnikaviy vositalaridan foydalanish tartibi texnikaviy-boshqaruv akti 
bilan belgilanib, ushbu hujjat poezdlarning stansiyaga beto’siq qabul qilinishi, jo’natilishi va 
o’tishini, stansiya hududidagi manyovr ishlarining xavfsizligi hamda xavfsizlik texnikasiga rioya 
qilinishini aniqlaydi. 
Texnikaviy-boshqaruv aktida belgilangan tartibga, DATK barcha bo’linmalarining 
xodimlari rioya etishga majbur. 
185. Stansiyaning texnikaviy-boshqaruv akti stansiya boshlig’i tomonidan DATK 
yo’riqnomasi asosida hamda ushbu Qoidalar, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida 
signallashtirish bo’yicha yo’riqnoma va O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar 
harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomaga to’liq muvofiq ravishda tuziladi. 
Texnikaviy-boshqaruv akti harakat bo’yicha taftishchi tomonidan tekshiriladi va quyidagi 
mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi: 
saralash va yo’lovchi stansiyalari, DATK boshqaruvi raisi belgilagan ro’yxatga kiritilgan 
yuk va uchastka stansiyalari uchun – DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i 
tomonidan, bundan tashqari, ko’rsatib o’tilgan stansiyalar uchun lokomotiv va vagon depolari, 
yo’l, signalizatsiya va aloqa, elektr ta’minoti distansiyalari rahbarlari bilan, yo’lovchi stansiyalari 
uchun - «O’ztemiryo’lyo’lovchi» AJ rahbariyati bilan kelishiladi; 
boshqa barcha stansiyalar uchun – DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i 
tomonidan o’rnatilgan tartib bilan. 
(185 band ikkinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 
Texnikaviy-boshqaruv aktiga stansiyaning sxematik rejasi hamda mahalliy sharoitlardan 
kelib chiqib zarur yo’riqnomalar ilova qilinadi. 
Texnikaviy-boshqaruv aktidan ko’chirmalar, stansiya navbatchisi uchun esa, aktning 
stansiya boshlig’i tomonidan tasdiqlangan nusxalari stansiya navbatchisi, manyovrlar 
dispetcheri, park va saralash tepachalari bo’yicha navbatchi, markazlashtirish ijro postlari, 
strelka postlari, lokomotiv depo navbatchisi va vagonlar ko’ruvchilari xonalarida mavjud 
bo’lishi shart. Ko’chirmalarda tegishli xodimlar uchun zarur ma’lumotlar bo’lishi lozim. 
Texnikaviy-boshqaruv aktining shakli va uni tuzish bo’yicha yo’riqnoma DATK 
tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 


43 

Download 0,79 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Stansiyaning texnikaviy ishini tashkillashtirish

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish