Strelka o’tkazgichlardan foydalanish




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83
Bog'liq
PTE uz

Strelka o’tkazgichlardan foydalanish 
186. Asosiy va qabul qilish-jo’natish, shuningdek, qo’riqlash strelkalari normal holatda 
turishi lozim. 
Strelkalar uchun quyidagi holatlar normal hisoblanadi: 
bir yo’lli yo’nalishdagi stansiyalarning asosiy yo’lidagi kirish strelkalari uchun - 
stansiyaning qarama-qarshi tomonidan turli yo’llarga yo’nalganlik; 
ikki yo’llik yo’nalishdagi stansiyalarning asosiy yo’llardagi kirish strelkalarda - asosiy 
yo’llar muvofiq yo’nalganlik; 
muhofaza va tutib qoluvchi berk yo’llarga olib boradigan strelakalardan mustasno, 
peregon va stansiyalarning asosiy yo’llaridagi barcha strelkalar uchun - asosiy yo’llarga mos 
yo’nalganlik; 
muhofaza va tutib qoluvchi berk yo’llarga olib boradigan strelkalar uchun - shu berk 
yo’llarga yo’nalganlik. 
Ikkita strelkali o’tkazgichga strelkali postning bir navbatchisi xizmat ko’rsatadigan 
faoliyati kam, shuningdek, xodimlar ro’yxatida tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi xodimi 
o’rni ko’zda tutilmagan stansiyalarda, bir yo’llik yo’nalishdagi kirish strelkalarning normal 
holati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. 
(186 band uchinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 
Strelkalarning holati bilan svetoforlarning marshrutlardagi signal ko’rsatmalari orasidagi 
bog’liqlik jadvallarida strelkalarning normal holati "plyus" belgisi bilan ko’rsatiladi. Strelkalari 
markazlashtirilmagan stansiyalar uchun normal holat, bundan tashqari, stansiyaning texnikaviy-
boshqaruv akti va undan olingan ko’chirmalarda ko’rsatiladi. Zarur hollarda signal va 
marshrutlar bilan bog’lanmagan, stansiyaning tiklash va yong’in o’chirish poezdlar, xavfli yuki 
mavjud vagonlar va shunga o’xshashlar uchun ajratilgan yo’llarga eltuvchi markazlashtirilmagan 
strelkalarning normal holati stansiya boshlig’i tomonidan belgilanadi. 
Belgilangan normal holat, strelkalar staninalari va elektr markazlashtirish strelkalari 
privodlarining qoplamalarida belgilanadi. 
Quyidagi holatlarda strelkalar boshqa holatta o’tkazilishi mumkin: 
poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshruti tayyorlanganda
manyovr ishlarida; 
yo’llarni harakat tarkibi egallab turganda; 
to’siq joylarini to’sish va stansiya yo’llarida ishlar olib borish zaruratida; 
strelkalarni tozalash, tekshirish va ta’mirlash jarayonida. 
Elektr markazlashtirish mavjud stansiyalarda strelkalarni normal holatga o’rnatish shart 
emas, quyidagilar bundan mustasno: 
- muhofaza va tutib qoluvchi berk yo’llarga olib boruvchi strelkalar; 
- avtomatik qaytarish qurilmalari, bunday qurilmalar bo’lmagan taqdirda esa stansiya 
navbatchisi tomonidan normal holatga qaytariladigan tutib qoluvchi strelkalar. 
187. Peregondagi strelka o’tkazgich yondosh stansiyalarning biriga xatlanadi yoki 
ayrilish joyida post tashkil etiladi. 
Ushbu strelka o’tkazgichlarga texnikaviy xizmat ko’rsatish, yoritish, qo’riqlash, 
shuningdek, strelkalarni kalitini saqlash tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i 
tomonidan o‘rnatiladi. 
(187 band ikkinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 

Download 0,79 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish