• Yo’naltiruvchi pasayish
  • Stansiya markazlashtirish posti
  • O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




    Download 0,79 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/83
    Sana01.12.2023
    Hajmi0,79 Mb.
    #109087
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83
    Bog'liq
    PTE uz

    Uzoqqa cho’zilgan pasayish (спуск затяжной). Tiklik va masofaning quyidagi 
    qiymatlariga mos keladigan pasayish: 
    Tiklik Masofa 
    0,008 dan 0,010 gacha 8 km va ko’p 
    0,010 dan 0,014 gacha 6 km va ko’p 
    0,014 dan 0,017 gacha 5 km va ko’p 
    0,017 dan 0,020 gacha 4 km va ko’p 
    0,020 dan va undan tikroq 2 km va ko’p 


    73 
    Yo’naltiruvchi pasayish (спуск руководящий). Tikligi bo’yicha eng tik pasayish bo’lib 
    (egrilarining qarshiligini hisobga olganda), uzunligi kamida tormoz yo’liga teng bo’ladi. 
    Stansiya (станция). Yo’llari poezdlarni qabul qilish, jo’natish, kesishtirish va o’zib 
    o’tish operasiyalarini, yuklarni, bagaj va yuk bagajni qabul qilib olish, berish hamda 
    yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish operasiyalarini bajaradigan darajada rivojlantirilgan, yo’l 
    qurilmalari rivojlantirilgan sharoitda esa - poezdni tarqatish va tuzish bo’yicha manyovr ishlarini 
    hamda poezdlar bilan texnikaviy operasiyalarni amalga oshirish imkonoyatini beruvchi bo’luvchi 
    punktdir. 
    (5-bo’lim oltmish oltinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 
    2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldirildi). 
    Izoh. Qoidalar matnida yo’l rivojlanishiga ega bo’lgan yoki navbatchi xodimlar xizmat 
    ko’rsatadigan (stansiya, raz’ezd, o’zib o’tish punkti, yo’l posti) bo’luvchi punktlar xaqida 
    gapirilganda “Stansiya” yoki "Stansiya navbatchisi" kabi umumiy atamalar qo’llanilgan. Qaysi 
    bo’luvchi punkt xaqida gap ketayotganini aniq ko’rsatish kerak bo’lgan vaziyatlar bundan 
    mustasno. 
    Stansiya markazlashtirish posti (станционный пост централизации). Stansiyadagi 
    post bo’lib, unda markazlashtirilgan strelka va signallar guruhini boshqarish to’plangan. 
    Stansiya yo’llari (станционные пути). Stansiya chegaralarida joylashgan va o’z 
    tarkibiga quyidagi yo’llarni olgan temir yo’llar: asosiy yo’llar, qabul qilish-jo’natish yo’llari, 
    saralash, yuk ortish, tushirish, tortish yo’llari, depo (lokomotiv va vagon xo’jaligi) yo’llari, 
    birlashtirish yo’llari (alohida parklarni birlashtiruvchi, konteyner punktlariga, yoqilg’i 
    omborlariga, bazalariga, saralash platformalariga, tozalash punktlariga, yuvish punktlariga olib 
    boruvchi, vagonlarni dezinfeksiyalovchi (zararsizlantiruvchi), harakatdagi tarkibni ta’mirlovchi 
    va boshqa operatsiyalarni bajaruvchi), tepacha yo’llari, to’xtab turish yo’llari. 
    (5-bo’lim 
    oltmish to’qqizinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI 
    boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). 
    Strelka (стрелка). Strelka o’tkazgichning bir qismi bo’lib, ramali relslar, ostryaklar va 
    o’tkazish mexanizmidan iborat, qo’zg’aluvchan o’zakli krestovina mavjud bo’lganida strelka 
    tushunchasiga krestovina ham kiradi. 

    Download 0,79 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83




    Download 0,79 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Download 0,79 Mb.
    Pdf ko'rish