-ilova Yo’lovchi poezdlarining 140 km/soat dan ortiq va 200 km/soat gacha




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83
Bog'liq
PTE uz

1-ilova
Yo’lovchi poezdlarining 140 km/soat dan ortiq va 200 km/soat gacha 
tezliklar bilan harakatlanish uchastkalari bo’yicha 
O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan
texnikaviy foydalanish qoidalariga 
Qo’shimchalar 
I bob. Umumiy holatlar 
1. O’zbekiston Respublikasi TFQ ga mazkur Qo’shimchalarning (keyinchalik - TFQ ga 
Qo’shimchalar) me'yor va talablari yuk, yo’lovchi va 141-160 va 161-200 km/soat tezlik 
intervallari bilan qatnovchi tezyurar yo’lovchi poezdlarining birgalikdagi harakatlari mobaynida, 
"O’zbekiston temir yo’llari" DATK temir yo’llaridagi yo’l, elektr ta'minoti, SSB hamda aloqa 
inshoot va qurilmalariga, boshqa inshoot va qurilmalarga, harakat tarkibiga texnik xizmat 
ko’rsatish va foydalanishda qo’llaniladi.
2. Mazkur TFQ ga Qo’shimchalar quyidagilarga muvofiq ishlab chiqilgan:
O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari (TFQ)

;
O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha yo’riqnoma (SBY)


O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha 
yo’riqnoma (PXY)


normativ aktlar va boshqa normativ-texnik hujjatlarning mazkur TFQ ga 
Qo’shimchalarda keltirilgan yo’lovchi poezdlarining 141-160 va 161-200 km/soat tezlik 
intervallarida yuk poezdlari bilan birgalikdagi harakatini amalga oshirish bilan bog’liq me'yor va 
talablar qismida.
3. Mazkur TFQ ga Qo’shimchalar tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan tezyurar 
temir yo’l uchastkalarida inshoot, qurilma va harakat tarkibi uchun qo’shimcha talablarni 
belgilaydi.
4. Yo’lovchi poezdlarining tezyurar harakatini joriy qilishdan oldin yo’l, harakat tarkibi, 
elektr ta'minoti, SSB va aloqa qurilmalari, boshqa inshoot va qurilmalar, yo’lovchi poezdlarining 
eng katta belgilangan tezliklari bilan qatnashini ta'minlovchi holatga keltirilishi lozim. 
5. Yo’lovchi poezdlarining tezyurar harakati, yo’l yuqori tuzilmasi rekonstruksiya 
qilinishini, foydalanish sharoitlari o’zgarganda temir yo’l hamda avtomatlashtirish va 
telemexanika infratuzilmasi kuchaytirilishini, ularning ishonchliligini oshirishni hamda muhim 
foydalanish va texnikaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlar yaxshilanishini ko’zda tutuvchi temir yo’l 
infratuzilmasi kompleks rekonstruksiyasini talab etadi.
6. Mazkur TFQ ga Qo’shimchalar talablari tezyurar poezdlar qatnovi amalga 
oshiriladigan temir yo’l uchastkalari va tezyurar yo’lovchi harakat tarkibiga xizmat ko’rsatish va 
foydalanishiga dahldor "O’zbekiston temir yo’llari" DATK barcha tegishli bo’linmalari va 
xodimlari tomonidan bajarilishga majburiydir. Ko’rsatib o’tilgan xodimlar mazkur TFQ ga 
Qo’shimchalar bilimlari bo’yicha o’qitilishlari va tekshirilishlari lozim. 

Davlat ro’yxatidan o’tishga muhtoj emas deb topilgan (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
27.08.2001 yil 20-15-205/11-son xati);

Davlat ro’yxatidan o’tishga muhtoj emas deb topilgan (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
09.11.2001 yil 20-15-273/20-son xati);

Davlat ro’yxatidan o’tishga muhtoj emas deb topilgan (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
13.11.2001 yil 20-15-279/20-son xati);


76 
7. Xodimlarning (poezd brigadalari, vagon-restoranlari va dizel-elektrostansiyalar 
xodimlaridan tashqari) mazkur TFQ ga Qo’shimchalar talablarini bilishlari "O’zbekiston temir 
yo’llari" DATK komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Har bir lavozim (kasb) uchun 
bilimlarni tekshirish tartibi va talab etiladigan bilimlar hajmi "O’zbekiston temir yo’llari" DATK 
tomonidan belgilanadi.
Mazkur TFQ ga Qo’shimchalar bilimlarining sinovlari quyidagi holatlarda amalga 
oshiriladi:
mazkur TFQ ga Qo’shimchalarni joriy qilishda;
xodimni tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnovi uchastkasiga o’tkazishda; 
tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnovi uchastkalarida qurilma, inshoot, harakat tarkibiga 
xizmat ko’rsatish va foydalanish hamda harakatni tashkil qilish bilan bog’liq lavozimlarga 
tayinlanishda, bir vaqtning o’zida TFQ, boshsa normativ aktlar va lavozim yo’riqnomalarni 
bilish sinovlarini o’tkazish bilan;
davriy, bir vaqtning o’zida O’R TFQ, boshqa normativ aktlari va lavozim 
yo’riqnomalarni bilish sinovlarini o’tkazish bilan.

Download 0,79 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-ilova Yo’lovchi poezdlarining 140 km/soat dan ortiq va 200 km/soat gacha

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish