Taraqqiyot fondlarining tasniflanishi




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

Taraqqiyot fondlarining tasniflanishi
102
 
 
Tasniflash guruhi 
Taraqqiyot fondlarining turlari 
Fond mablag‘larini 
shakllantirish 
tartibi va manbasi 
bo‘yicha 

tabiiy 
resurslar 
eksportidan 
kelib 
tushadigan 
daromadlar hisobidan shakllantiriladigan fondlar 

xomashyo bo‘lmagan tovarlar eksporti hisobidan 
to‘lov balansining ijobiy saldosi va byudjet profitsiti 
bo‘yicha shakllantiriladigan fondlar 

boshqa 
manbalar 
hisobidan 
shakllantiriladigan 
fondlar 
Jamg‘ariladigan 
aktivlar 
turi 
bo‘yicha (aktivlar 
tarkibi bo‘yicha) 

pul mablag‘lari (milliy va xorijiy valyutada) 

keng spektrdagi moliyaviy instrumentlar 

qimmatbaho metallar (oltin) 

boshqa aktivlar 
Fondni 
boyitish 
(to‘ldirish, 
qo‘shish) tamoyili 
bo‘yicha 

tabiiy resurs narxiga qaram bo‘lgan holda 
ko‘paytirish: 
-
narx o‘zgarishi bo‘yicha 
-
fond hajmi bo‘yicha 

tabiiy resurs narxiga qaram bo‘lmagan holda 
ko‘paytirish 
Fond 
aktivlarini 
ishlatish 
va 
joylashtirish 
yo‘nalishi bo‘yicha 

tashqi qarzni qoplash (reja bo‘yicha va rejadan 
tashqari) 

ichki narxlarni subsidiyalash 

aholi to‘lovlarini amalga oshirish 

investitsion loyihalarni moliyalashtirish 

resurs konlarini topish va qazishni moliyalashtirish 
Investitsiya 
strategiyalaridan 
foydalanish 
bo‘yicha 

rivojlanish strategiyalari 

aktivlik 

konservativlik 

agressivlik 

aralash 
Fond 
aktivlari 
rentabelligiga ko‘ra 

yuqori rentabelli fondlar 

o‘rtacha darajadagi rentabellik 

past rentabelli fondlar 
Mablag‘larni 
sarflash yo‘nalishi 
bo‘yicha 

milliy bozorga yo‘naltirilgan 

xalqaro bozorga yo‘naltirilgan 

aralash model 
102
Муаллиф томонидан тузилди. 


253 
Fond mabag‘larini 
boshqarish 
shakli 
bo‘yicha 

davlat organlari 

xususiy boshqaruv kompaniyalari 
Tashkiliy-huquqiy 
shakli bo‘yicha 

mustaqil yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan fondlar: 
-
qonun yoki normativ aktlar asosida tashkil etilgan 
-
umumiy korporativ qonunchilik me’yorlar asosida 

mustaqil yuridik shaxs bo‘lmagan fondlar 
Byudjet 
tizimiga 
integratsiyasi 
tamoyili bo‘yicha 

byudjet tizimi tarkibiga kiritiladigan fondlar 

byudjet tizimi tarkibiga kiritilmaydigan fondlar 
E.A.Vasin o‘zining izlanishlari natijasida 3ta maqsadini alohida 
ajratib ko‘rsatgan
103

-
barqarorlashtirish maqsadi (inqiroz davrida fond mablag‘laridan 
foylanib inqirozga qarshi faoliyat yuritish); 
-
daromadli investitsiyalash maqsadi (kengroq doiradagi moliyaviy 
vositalardan 
foydalanish 
hisobiga 
xalqaro 
zaxiralar 
bilan 
taqqoslaganda yuqoriroq darajada daromadlilik olish); 
-
taraqqiyot maqsadi (qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslar 
eksportidan kelib tushadigan daromadlar hisobiga iqtisodiyotning ichki 
tarmoqlarini rag‘batlantirish, iqtisodiyotda “uzun pullar” manbalarini 
shakllantirish).
Muayyan bir mamlakatda qo‘llanadigan fondlarning mablag‘larini 
shakllantirish va foydalanish qoidalari turli omillarning ta’sir 
darajasiga bog‘liq. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: tabiiy-iqlim 
omillari, mamlakatning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy holati, demografik 
vaziyat, pul-kredit va byudjet siyosatini amalga oshirish samaradorligi, 
shuningdek, suveren fondning o‘ziga xosligi va bajaradigan vazifalari. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning diversifikat-
siya darajasi pastligi, iqtisodiyotning xomashyoga bog‘lanib qolganligi 
tufayli inqirozli davrlarni bartaraf qilish uchun suveren fondlarga 
zarurat yuzaga keladi. Ayrim mamlakatlarda, misol uchun, Xitoy va 
Singapurda suveren fondlar paydo bo‘lishi tovarlar eksporti hajmining 
o‘sishi va tashqi iste’molchiga bog‘liqlik yuqoriligi bilan asoslanadi. 
103
Васин Е.А. Повышение эффективности управления суверенными фондами в Российской Федерации: 
дис… канд. эк. наук : 08.00.10 / Васин Евгений Александрович. М., 2015. 17-с. 


254 
Mamlakatimizda iqtisodiyotning yetakchi, avvalambor bazaviy 
tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash bo‘yicha 
loyihalarni, shuningdek, samarali tarkibiy o‘zgarishlar va investitsiya 
siyosatini amalga oshirish maqsadida 2006 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 
2020 yilda ustav kapitalini 25 mlrd AQSH dollariga yetkazish 
belgilangan. 
Jamg‘armaning eng asosiy vazifalaridan biri – iqtisodiyotning 
yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarish infratuzilmasining 
shakllanishi bilan bog‘liq ustuvor vazifalarni amalga oshirishdagi 
strategik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdan iborat.
 
O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra suveren fondlar 
mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tamoyillarini 
ifodalab beramiz: 

strategik koordinatsiya tamoyili. Ushbu tamoyil shuni 
anglatadiki, suveren fondlarning maqsad va vazifalari soliq-byudjet va 
pul-kredit tizimi bilan bog‘langan, shuningdek, iqtisodiyotni 
rivojlantirishning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rejalari bilan 
munosabatda bo‘lishi lozim; 

mablag‘larni shakllantirish va foydalanish to‘liqligi tamoyili: 
byudjetning konyunktura omiliga bog‘liqligini pasaytirish uchun 
barcha konyunktura daromadlarini boshqarish kerak, ularning bir 
qismini emas; 

boshqaruvda maqsadlarni belgilash tamoyili. Suveren fondlar 
belgilangan, aniq va tushunarli maqsadlar va vazifalarga erishish 
uchun tashkil etilishi lozimligini anglatadi. Fondning o‘zi uchun 
suveren fond tashkil qilishga ruxsat etilmaydi

samarali boshqaruv tamoyili: suveren fondlar oldiga 
qo‘yilgan maqsad va vazifalarga samarali erishish uchun har bir 
boshqaruv 
qatnashchisining 
javobgarliklarini 
mos 
ravishda 
taqsimlagan va vakolatlarni chegaralagan holda tushunarli va shaffof 
boshqaruv struturasi tashkil qilish zarurligi ko‘zda tutiladi: 

ijtimoiy javobgarlik tamoyili:ushbu tamoyil shuni anglatadiki, 
suveren fondlarning mablag‘lari asosiy foyda oluvchilar – butun aholi 
manfaatlarini hisobga olgan holda davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati 
maqsadlariga erishishga yo‘naltirilishi lozim; 


255 

samarali investitsiyalash tamoyili shuni talab qiladiki, suveren 
fondlarning mablag‘lari ishlab chiqilgan investitsiya strategiyalariga 
muvofiq va investitsiyalash potensial ehtimoliy risklarini hisobga 
olgan holda joylashtirilishi lozim; 

mustaqillik tamoyili: ushbu tamoyil shuni anglatadiki, suve-
ren fondlarni boshqarishda suveren fondlar mablag‘larini shakllan-
tirish, foydalanish va investitsiyalashning siyosiy konyunkturadan 
mustaqil bo‘lishi ta’minlanishi lozim; 

shaffoflik tamoyili, ya’ni suveren fondlar faoliyati investitsion 
hamjamiyat va aholining fondlar operatsiyalariga ishonchini oshirish 
uchun axborot jihatidan shaffof bo‘lishi lozim. 

Download 4,09 Mb.
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish