7. Investitsiya fondlarining qaysi tashkiliy tuzilmasi fond ak-
siyalarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki boshqa firmalar (broker-dilerlar)
orqali sotadi?
a) asosiy anderrayter;
b) investitsiya maslahatchisi;
d) transfer agent;
e) kastodian.
8. Investitsiya fondlarining qaysi tashkiliy tuzilmasi aksiyador
oʻtkazmalarini bajaradi, boshqa faoliyatlar hisobini yuritadi va
aksiyadorga hisobraqamdan koʻchirma va hujjatlarni taqdim
etadi?
a) transfer agent;
b) asosiy anderrayter;
d) investitsiya maslahatchisi;
e) kastodian.
244
9. Investitsiya fondlarining qaysi tashkiliy tuzilmasi fond
aktivlarini aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida
alohida saqlaydi, fond aktivlarini tartibga soladi?
a) kastodian;
b) transfer agent;
d) asosiy anderrayter;
e) investitsiya maslahatchisi.
10. Investitsiya fondlarining qaysi tashkiliy tuzilmasi Fond
faoliyatini kuzatib boradi, boshqaruvchi kompaniya va boshqa
xizmat koʻrsatuvchilar bilan shartnomalarni maʼqullaydi?
a) direktorlar kengashi;
b) administrator;
d) asosiy anderrayter;
e) investitsiya maslahatchisi.
245
XV BOB. MOLIYA BOZORIDA SUVEREN FONDLAR
15.1. Iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda suveren
fondlar faoliyatining nazariy jihatlari
Jahonda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda tarixan ko‘p yillardan
buyon faoliyat yuritib kelayotgan, boy tajribaga ega suveren fondlari
yuqori sur’atlar bilan rivojlanib kelsada, o‘tish iqtisodiyoti mamla-
katlarida davlat suveren fondlar faoliyati sust darajada rivojlanmoqda.
Bu fondlar mamlakat barqaror iqtisodiy rivojlanishida asosiy dastak
vazifasini bajarishini inobatga olgan holda respublikamizda ham
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi faoliyatini kengaytirish, jamg‘ar-
ma moliyaviy mablag‘lar manbalari ko‘lamini ko‘paytirish va
moliyaviy mablag‘laridan samarali foydalanish masalalari alohida
ahamiyat kasb etishini unutmasligimiz zarur.
Shu munosabat bilan suveren fondlarining mohiyatini, tasniflarini
hamda moliyaviy globallashuv va xalqaro investitsiyalar uchun
raqobat sharoitidagi rolini aniqlovchi nazariy qoidalarni yanada
rivojlantirish talab etiladi. O‘zbekistonda suveren fondlari rivojlanishi-
ning shart-sharoitlari, tendensiyalari va muammolari yetarlicha tadqiq
etilmagan.
Davlatning samarali makroiqtisodiy va faol investitsiya siyosatida
suveren fondlarining roli, suveren fondlari rivojlanishining regulyativ
mexanizmi va retrospektiv tahlili o‘rganilmagan. O‘zbekistonda
suveren fondlari taraqqiyotini ta’minlash yo‘nalishlarini, uning
konseptual asoslarini o‘rganish masalalari alohida strategik va
metodologik ahamiyat kasb etmoqda. Nihoyat, suveren fondlarini
majmua doirasida o‘zaro aloqador va ayni bir paytda alohida
vazifalarni bajaruvchi elementlar tizimi sifatida ko‘ruvchi tadqiqotlarni
amalga oshirish juda muhimdir.
Oxirgi paytlarda iqtisodchilar tomonidan “suveren farovonlik
fondi”, “suveren boylik fondi” “suveren fond”, “milliy farovonlik
fondi”, “barqarorlashtirish fondi”, “davlat moliya zaxirasi”, “taraq-
qiyot fondi” va shunga o‘xshash bo‘lgan boshqa tushunchalar ko‘p
qo‘llanilmoqda.
246
Yuqoridagi tushunchalar haqidagi nazariy qarashlarni tadqiq etish
jarayonida shunga amin bo‘ldikki mamlakat iqtisodiyotini rivoj-
lantirish maqsadida shakllantiriladigan bunday fondlar to‘g‘risidagi
tushunchalarda yagona yondashuv mavjud emas.
“Suveren fond” atamasini ilk bora qo‘llagan A. Rozanov suveren
fondlarni davlat investitsiya fondlari sifatida ta’riflagan va pul-kredit
siyosatini amalga oshirish doirasida foydalaniladigan oltin-valyuta
zaxiralari va davlat pensiya fondlaridan funksional farqlariga e’tibor
qaratgan. Uning ta’kidlashicha, “iqtisodiyotda suveren fondlarni
boshqaruvchilar, ular xoh markaziy banklar yoki mamlakatlar
hukumati bo‘lsin, davlat zaxiralarini an’anaviy boshqaruvdan suveren
boylikni boshqarishga o‘tishi jarayoni kuzitilmoqda. Bunda suveren
fondlarga ma’lum bir majburiyatlar yuklab qo‘yilmaydi va davlat
pensiya fondlari yoki oltin-valyuta zaxiralaridan farqli ravishda,
ularning mablag‘lari risklilik darajasi yuqori bo‘lgan aktivlarga
investitsiya qilinmaydi”.
94
Suveren fondlarni qolgan davlat moliya zaxiralaridan ajratishda
asosiy jihat, bizningcha, davlat iqtisodiy siyosatini amalga oshirish vo-
sitasi hisoblanadi va ularning mablag‘lari belgilangan makroiqtisodiy
maqsadlarga erishish uchun foydalaniladi. Bu maqsadlar qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
-
byudjet xarajatlarini va milliy valyuta kursini barqarorlashtirish;
-
kelgusi avlodlar uchun jamg‘armalar shakllantirish;
-
investitsion daromad hisobiga kelajakdagi pensiya ta’minoti
bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish;
-
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqaror o‘sish
sur’atlarini ta’minlash.
Makroiqtisodiy ko‘lamda byudjet daromadlari umumiy hajmida
bozor konyunkturasiga bog‘liq daromadlarining ulushi sezilarli yuqori
bo‘lgan har qanday davlat byudjeti daromadlarning noqulay ravishda
o‘zgarib turishidan himoya qiladigan mexanizm yaratishga,
shuningdek, qulay davrlarda olingan byudjetdagi ortiqcha mablag‘larni
boshqarish samarali tizimini tashkil qilishga intiladi. Bunda suveren
fondlar faoliyatini tashkil etish alohida ahamiyatga ega hisoblanadi.
94
Rozanov A. Who holds the wealth of nations? / A. Rozanov // Central Banking Journal. 2005. May. Volume
XV.- Number 4. P. 52-57.
247
M.G.Baronova fikriga ko‘ra, “suveren fond – fuqarolarning asosiy
konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, ijtimoiy ahamiyati yuqori
bo‘lgan, bilimga asoslangan va iqtisodiy samarador investitsiya
loyihalarini amalga oshirish hamda byudjet defitsitini moliyalashtirish
maqsadida davlat tomonidan foydalaniladigan pul mablag‘larining
alohida jamg‘armasi hisoblanadi”.
95
Bundan suveren fondlarning
barqarorlashtirish xususiyatini ko‘proq ochib berishga harakat
qilinganligini ko‘rishimiz mumkin.
Iqtisodchi olim K.Klimbetov o‘zining tadqiqot ishlarida “Suveren
fond” tushunchasini qo‘llagan holda unga quyidagicha ta’rif bergan
“suveren fond – bu iqtisodiy institut va bir vaqtning o‘zida davlat
siyosatini amalga oshiruvchi instrument hisoblanib, mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlik vazifalarini amalga oshirishga mo‘ljallan-
gan, shuningdek, davlatning uzoq muddatli barqaror rivojlanishini
(milliy va xalqaro darajada) ta’minlash maqsadida moliyaviy (davlat
byudjeti bundan istisno) va moddiy aktivlar jamg‘armasidir”.
96
Byudjet profitsiti nazariyasining rivojlanishiga munosib hissa
qo‘shgan S.Yu. Vittening ta’kidlashicha, “byudjet profitsitini zaxira
fondlarida saqlanishini maqsadga muvofiq”.
97
Bundan ko‘rinadiki
byudjet profitsiti soliq yukini pasaytirishda yoki davlat qarzini
qoplashda zarurligini ko‘rsatib, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda
bunday fondlar tashkil qilishga ahamiyat bermaslik foydaliroq deb
hisoblanadi.
Lekin rivojlanayotgan mamlakatlarda “taraqqiyot
fondlari” byudjetning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart
bo‘lgan bo‘lardi.
Suveren fondlar tashkil qilishga Keynsning “tsikllarga qarshi
iqtisodiy siyosat” paradigmasi asos qilib olingan. Keyns nazariyasi
tarafdori bo‘lgan ingliz iqtisodchisi R.F. Xarrod suveren fondlar
faoliyatini bir tomondan, “Davlatning sikllarga qarshi siyosati”,
boshqa tomondan esa – davlat inqirozga qarshi boshqaruv funksiyasini
amalga oshirish bilan izohlagan.
95
Бароновская М.Г. Суверенные фонды благосостояния: институциональная организация и роль на
мировом финансовом рынке // Вестник экономической интеграции. М., 2010. № 8. С. 143-148.
96
Келимбетов К.Н. “Роль суверенных фондов в обеспечении устойчивой международной
конкурентоспособ-ности Казахстана”. Автореферат. дисс на соис учен степ. д.э.н. М., 2017. С-46
97
Витте С.Ю. Конспект лекций о народном и государственном хозяйстве, читанных его императорскому
высочеству великому князю Михаилу Александровичу в 1900-1902 годах / С.Ю. Витте. Предисл. Мст. П.
Афанасьев. М. : Издательство Юрайт, 2011. 629 с. С-515
248
Xarrodning fikriga ko‘ra, “suveren fondlar faoliyat ko‘rsatishi
sikllarga qarshi byudjet siyosatining maqsadlariga erishish va
vazifalarini bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim bo‘lib, bunda fond
mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan
yuritiladigan monetar siyosat bilan bog‘langan bo‘lishi lozim”.
98
Olimning nazariyasida eng muhim jihat shunda ediki, fondning
mablag‘lari iqtisodiyot uchun inqirozli bo‘lgan davrlarda soliqlarni
pasaytirishga, ijtimoiy ahamiyatga molik ishlarni moliyalashtirishga,
byudjet taqchilligini qoplashga sarflanishi lozim. Bunda fondlarning
mablag‘lari yordamida bandlikka va “xarid kuchiga”, ya’ni “samarali
talab”ga ta’sir ko‘rsatish amalga oshirilishi lozim.
E.X. Xansen suveren fondlarni mamlakatda pul massasini tartibga
solish uchun vosita sifatida ko‘rib chiqqan.
99
Xansenga ko‘ra, suveren
fondlarning bajarishi lozim bo‘lgan asosiy vazifasi milliy valyuta kursi
barqarorligini ta’minlash, valyutaning xarid qobiliyatini yaxshilashdan
iborat bo‘lib, bu fuqarolar tasarrufida bo‘lgan real daromadlar o‘sishini
rag‘batlantiradi. Shunday qilib, suveren fondlarning mablag‘lari
yordamida dastlabki va asosiy ta’sir obyekti valyutaning xarid qiymati
hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan mulohazalar 15.1-jadvalda aks ettiramiz.
Jahon iqtisodiyotida suveren fondlar nafaqat ma’lum bir davlat
iqtisodiyotini rivojlantirishda katta o‘rin egallaydi, balki mintaqalar
iqtisodiyotiga, halqaro suveren fondlari esa dunyo miqyosida
iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishga qodir. Shu sababli suveren
fondlarining nazariy asoslari va uslubiy jihatlarini o‘rganish asnosida,
mashhur iqtisodchi olim va mutaxassislar tadqiqot natijalarida yuzaga
kelgan ta’rif va tushunchalarni ko‘rib chiqish, shuningdek, ba’zi dav-
latlarda ushbu masalaga tegishli huquqiy-me’yoriy hujjatlari bilan ham
tanishish zarur hisoblanadi.
|