• Kriptovalyutalar – raqamli yoki virtual valyuta hisoblanib, ularda xavfsizlik uchun kriptografiya (grekcha soʻz
  • Oʻzbekiston respublikasi




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet145/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

    TEXNOLOGIYALAR 
     
    16.1. Kriptografiya va kriptovalyutalar haqida tushuncha 
    Soʻnggi yillarda kriptovalyutalar moliya bozorida shiddat bilan 
    rivojlanayotgan asosiy tarmoqlardan biriga aylanib bormoqda. 
    Kriptovalyutalar
    – shunday toʻlov vositasiki, bunday toʻlov 
    tizimining egasi ham, ichkaridan yoki tashqaridan biror boshqaruvchisi 
    mavjud emas. Bunday tizimning asosiy xususiyati ham bevosta 
    markazlashtirilmagan tartibda ekanligidadir.
    Kriptovalyutalarni bir tomondan oʻziga xos gʻoyaga asoslangan 
    pullarning yangi koʻrinishi sifatida, ikkinchi tomondan esa nima bilan 
    savdo qilishlariga ahamiyat bermay, faqatgina foyda olishni koʻzlovchi 
    spekulyantlar uchun juda qiziqarli boʻlgan urfdagi, oʻzgaruvchan 
    (volatil) moliyaviy aktivlardan biri sifatida aniq farqlab olishimiz 
    lozim.
    Insonlarning dunyo haqidagi qarashlarini yuqori tezlikda 
    kechuvchi jarayonlar qanchalik oʻzgartirmaydi deysiz-a? Koʻpincha 
    insonlar, huddi baliq qarmoqqa bogʻlangan yaltiroq xoʻrakka 
    talpinganidek, urfdagi hodisa ortidan kelajak uchun barcha narsalari 
    bilan risk qilishga tayyor boʻlishadi. Ayniqsa, bunda ularning ham 
    fikrlari koʻp boʻlsa. 
    Kriptovalyutalar –
    raqamli yoki virtual valyuta hisoblanib, ularda 
    xavfsizlik uchun 
    kriptografiya (grekcha soʻz, 
    maxfiy belgilar bilan 
    yozilgan xat
    )
    dan foydalaniladi. Kirptografiya – bu ma’lumotni koʻzda 
    tutilmagan foydalanuvchilardan himoyalash yoʻlida, axborotni 
    oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan gʻoya va usullar yigʻindisidir. 
    Tarixiy jihatdan, kriptografiya maxfiy ma’lumotlar, asosan, maxfiy 
    xizmat va razvedka idoralari tomonidan maxfiy ma’lumotlardan 
    himoya qilish uchun ishlatilgan. Ushbu sohadagi olimlarning 
    koʻpchiligi, har qanday hukumat yoki bank kabi boshqa vositachilar 
    bilan bogʻlanmagan avtonom raqamli valyutaning oʻzi yashaydigan 
    maxfiylik va erkinlik tufayli foydali va qulay deb hisoblaydilar. 
    Bunday tizimda pulni boshqa joyga oʻtkazilishi, mahalliy va xalqaro 


    284 
    miqyosdagi hududlar davlat tartib-qoidalarini chetlab oʻtgan holda 
    osonlik va tezda amalga oshirilishi mumkin. AQSHda kriptografiya 
    asoschisi Horst Fietsel tomonidan “Dighital Enscryption Standard” 
    (DES) ning 1975-yil 17-martda Federal Reyestriga kiritilishi bilan 
    qabul qilinadi.
    Ushbu tizim xavfsizlik xususiyati tufayli kriptovalyutalarini 
    soxtalashtirish murakkab hisoblanadi. Kriptovalyutaning alohida 
    xususiyatlaridan biri uning muomilaga kiritilish jarayonidir. Ya’ni, u 
    hech qanday markaziy hokimiyat tomonidan berilmaydi va uni davlat 
    aralashuvi yoki manipulyatsiyasidan holi hisoblanadi. Oʻz oʻrnida 
    Kriptovalyutalarda ham kamchiliklar ham mavjud. Shuningdek, 
    ularning moliya bozoridagi dastlabki rivojlanish bosqichlari, xavf-
    xatarlari, imkoniyatlari va ularning kelajakdagi holati kriptovalyutalar 
    bozorini alohida jihatini asoslaydi. 
    Kriptografik pullarning kelajagini bashorat qilish oson emas, 
    chunki rasmiy tuzilmalar sohasida ayniqsa juda koʻp ishlar qilinishi 
    kerak. Shu bilan birga, banklar va boshqa moliya institutlari kelajakda 
    moliyaviy bitimlar uchun alternativ sifatida kriptovalyutalarni koʻra 
    olishi kerak. Soʻnggi yillarda jahon moliya bozorida katta oʻzgarishlar 
    roʻy bermoqda. Shuningdek, valyuta instrumentlari sifatida 
    ishlatiladigan vositalarni, savdo operatsiyalarini iloji boricha 
    osonlashtirsh va qulaylashtrirish, bozor ehtiyojlariga mos ravishda 
    oʻzgarishlarini va rivojlanishni talab etmoqda. Tovar ayriboshlanishi 
    uchun foydalaniladigan vositalar pul deb ataladi. Pul - bu oʻzaro 
    kelishuv vositasi boʻlib, bozorning barcha ishtirokchilari buni amalga 
    oshirishda ishtirok etadilar. Insoniyat va jamiyat, iqtisodiy 
    munosabatlar, bozorlar tobora rivojlanib borishi sababli, murakkab 
    tovar almashinuvi vositalariga ehtiyoj paydo boʻldi. Shu munosabat 
    bilan, shifrlangan valyutalarning joriy etilishi xalqaro toʻlov tizimini 
    bir necha yil avval tasavvur qilib boʻlmaydigan darajada kengayishiga 
    sabab boʻlmoqda. 

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish