Moliya bozorini tartibga solish amaliyoti




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

 
17.2. Moliya bozorini tartibga solish amaliyoti 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan tartibga solishi 
moliya bozori amaliyotida ham muhim ahamiyatga ega. Mamlakatlar 
kesimida moliya bozorini tartibga solishda xilma-xillik kuzatilsada, 
davlat tomonidan tartibga solish amaliyoti maʼlum darajada umumiylik 
kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda quyida xalqaro va milliy ama-
liyotda moliya bozorini tartibga solish amaliyotini koʻrib chiqamiz. 
Moliya bozorini tartibga solishda davlat barcha mamlakatlarda 
hattoki bozor iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan davlatlarda ham 
hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bunda moliya bozorini tartibga solishda 
davlatning ishtiroki qonun ijodkorligi faoliyati, meʼyoriy-huquqiy 
tartibga solish, bevosita tartibga solish mexanizmlari hisoblangan 
faoliyatni litsenziyalash, attestatsiyadan oʻtkazish kabi amaliyotlardan 
foydalanish, qonunchilikka rioya qilinishi boʻyicha nazorat kabilar 
vositasida amalga oshiriladi. 
Moliya bozorining tarkibiy qismi sifatida qimmatli qogʻozlar 
bozorini davlat tomonidan tartibga solish boʻyicha turli tashkilotlar 
faoliyat yuritishi asosida mamlakatlarni beshta yirik guruhga ajratish 
mumkin. Har bir guruh haqida quyida toʻxtalib oʻtamiz.
109
Birinchi, guruh mamlakatlarida fond bozorini davlat tomonidan 
tartibga solish organlari bevosita qonunchilik hokimiyatiga yoki davlat 
109
Закиров Э. Зарубежный опыт регулирования рынка ценных бумаг. //Бизнес-эксперт. Т., 2015, №8. 


299 
yuqori mansabdor shaxslariga boʻysunuvchi nisbatan mustaqil institut-
lardir. Bunga bevosita mamlakat prezidentiga boʻysunuvchi AQSH 
Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha komissiyasi misol 
boʻladi. Avstraliyada fond bozori faoliyatini tartibga solish Avstraliya 
Qimmatli qogʻozlar va investitsiyalar komissiyasi hamda Avstraliya 
prudensial nazorat kengashi, Polshada Qimmatli qogʻozlar va birjalar 
komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Vengriya moliyaviy nazorat 
boshqarmasi Vengriyada moliya bozori regulyatori hisoblanadi. 
Ikkinchi, guruh mamlakatlarda davlat tartibga solish funksiyalarini 
moliya vazirliklari bajaradi. Bunda moliya vazirligi tarkibida milliy 
fond bozorini boshqarishga javobgar maxsus boʻlinmalar belgilanadi. 
Angliyada moliyaviy xizmatlar va moliya bozori ishtirokchilari tizimi 
moliya bozori yagona regulyatori – Buyuk Britaniya moliya vazirligi 
tarkibiga kiruvchi Moliyaviy xizmatlar idorasi nazorat zonasiga kiradi. 
Bunday holat Shvetsiyada ham mavjud boʻlib, Shvetsiya moliya 
vazirligi huzuridagi mustaqil agentlik sifatida faoliyat koʻrsatuvchi 
Davlat moliya inspeksiyasi moliya bozorini tartibga solishni amalga 
oshiradi. Niderlandiyada fond bozorini tartibga solish funksiyalari 
Moliya bozori boshqarmasiga yuklatilgan. 
Uchinchi, guruh mamlakatlarda fond bozorini tartibga solish bilan 
markaziy banklar shugʻullanadi. Niderlandiyada Moliya bozori 
boshqarmasi fond bozorida professional faoliyat ustidan bevosita 
nazoratni amalga oshiradi. Umumiy holda mamlakat moliya 
bozorining barcha sektorlarini nazorat qilish Niderlandiya Markaziy 
banki vakolatlariga kiradi. Rossiya Federatsiyasida yaqin vaqtlargacha 
fond bozorini federal tartibga solish Moliya bozori federal xizmati va 
boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshirilardi, lekin 2013 yil 1 
sentyabrdan bunday tuzilma bartaraf etilib, ularning funksiyalari 
moliya bozorining yagona megaregulyatoriga oʻtkazilgan. Rossiyada 
megaregulyator rolini bajarish Rossiya bankiga yuklatildi. 
Toʻrtinchi, guruh mamlakatlarda fond bozorini tartibga solish 
boʻyicha nazorat va boshqa funksiyalar tartibga soluvchi yagona 
organdan tashqari mahalliy hokimiyat organlari maxsus boʻlinmalariga 
ham yuklatilgan. Bunday amaliyot Germaniyada qoʻllaniladi. 

Download 4,09 Mb.
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Moliya bozorini tartibga solish amaliyoti

Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish