• Qozogʻiston
  • Oʻzbekiston respublikasi




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet155/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

    Rossiya Federatsiyasi,
    Rossiya 
    Banki / megaregulyator amal qiladi 
    -qimmatli qogʻozlar emissiya risolasi registratsiyasi 
    -QQB emitentlari, professional ishtirokchilari nazorati 
    -qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va takomillashtirish 
    -fond bozorida axborotlar oshkor qilinishini taʼminlash 
    -QQB ishtirokchilari mutaxassislari attestatsiyasi 
    - QQB professional ishtirokchilarini litsenziyalash 
    -Oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlarni litsenziyalash 
    Qozogʻiston,
    Moliya bozori va 
    moliyaviy tashkilotlarni nazorat 
    qilish qoʻmitasi / megaregulyator 
    amal qiladi 
    -davlat tomonidan tartibga solish masalalari boʻyicha meʼyoriy-huquqiy 
    hujjatlarni ishlab chiqish 
    -nodavlat qimmatli qogʻozlar chiqarish, muomalasi va qoplash tartibi va 
    shartlarini belgilash va ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish 
    -faoliyat turlari boʻyicha lizensiyalar berish, litsenziyani toʻxtatib turish, qayta 
    yangilash va mahrum qilish 
    -markaziy depozitariy, yagona registrator va litsenziat rahbar xodimlariga 
    nomzodlar belgilash 


    Beshinchi, guruh mamlakatlarda fond bozorini tartibga solish bilan 
    bir vaqtning oʻzida bozorning alohida segmentlariga ixtisoslashgan bir 
    necha organlar shugʻullanadi. Bunday amaliyot asosan fond bozorida 
    tijorat banklari faol ishlaydigan mamlakatlarda, masalan Fransiyada 
    rivojlangan.
    Fond bozorini tartibga solishning shakllari va metodlari xilma-
    xilligidan kelib chiqqan holda uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlar 
    misolida koʻrib chiqish maqsadga muvofiq. Qimmatli qogʻozlar 
    bozorini boshqarishga nisbatan umumiy yondashuvlarning koʻpligiga 
    qaramasdan har bir mamlakatda fond bozorini davlat tomonidan 
    tartibga solish institutlarining shakllanishi va rivojlanishi oʻz 
    xususiyatlariga ega.
    Oʻzbekistonda moliya bozorini tartibga solish faoliyat sohalaridan 
    kelib chiqqan holda turli tashkilotlar tomonidan tartibga solinadi. 
    Xususan, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari faoliyatini tartibga 
    solish Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar 
    bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, shuningdek 
    Moliya vazirligi tizimidagi Moliya bozori va davlat aktivlari boʻyicha 
    daromadlar tushumini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan amalga 
    oshiriladi. Sugʻurta kompaniyalari faoliyati esa Moliya vazirligi 
    tizimidagi Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan, tijorat 
    banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar esa Markaziy bank 
    tomonidan nazorat qilinadi va tartibga solinadi.
    Umumiy holda yagona muvofiqlashtiruvchi organ mavjud 
    emasligi sababli mamlakatimizda ham ayni paytda markazlashgan 
    tartibda megaregulyator orqali tartibga solish amaliyotini joriy etish 
    masalasi koʻrib chiqlmoqda. Chunki oxirgi 20-25 yil davomida xorijiy 
    mamlakatlarda yagona muvofiqlashtiruvchi organ orqali moliya 
    bozorini tartibga solish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 
    Bunday amaliyot qimmatli qogʻozlar, moliya, sugʻurta va 
    mikromoliyalash xizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratish
    monopoliyalarni cheklash, ehtimoliy spekulyatsiyalarning oldini 
    olishda muhim ahamiyat kasb etadi. 


    303 

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish