XVII BOB. MOLIYA BOZORINI TARTIBGA SOLISH




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

 
XVII BOB. MOLIYA BOZORINI TARTIBGA SOLISH 
 
17.1. Moliya bozorini tartibga solishning zarurligi va 
nazariy jihatlari
Moliya va uning alohida segmentlari hisoblangan qimmatli qo-
gʻozlar bozori, valyuta bozori, hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozori 
boʻyicha yangiliklar, mish-mishlar, dunyo miqyosida yoki alohida 
mamlakatdagi siyosiy yoki iqtisodiy holatlarning oʻzgarishi, fors-
major holatlari (katastrofalar, avariyalar, ob-havo bilan bogʻliq 
holatlar) moliyaviy intrumentlar bahosida ham oʻz aksini koʻrsatadi. 
Oʻz navbatida bu jihatlar bozor ishtirokchilari, investorlar, emitentlar 
moliyaviy holatiga bevosita taʼsir qiladi. Baholardagi bunday keskin 
reaksiya yuqoridagilardan tashqari qonunchilikka zid xatti-harakatlar, 
turli koʻrinishdagi moliyaviy firibgarliklar uchun asos hisoblanadi.
Moliya bozoridagi holat nafaqat alohida kompaniya va investorlar, 
balki yaxlit iqtisodiyot, davlatlar, mintaqalar, butun jahondagi holatga 
bogʻliq. Moliya bozorlarini qonunchilikka zid xatti-harakatlar va 
firibgarliklardan himoya qilish masalasi jahon hamjamiyati uchun 
nihoyatda muhim hisoblanadi. Aynan shuning uchun moliya bozori 
rivojlangan barcha davlatlarda birinchi navbatda davlat tomonidan 
tartibga solishni ham oʻz ichiga olgan tartibga solish tizimi 
shakllangan. Moliya bozorini tartibga solishning eng qatʼiy 
tizimlaridan biri AQSHda qoʻllaniladi. Mamlakatda moliya bozorida 
faoliyatning barcha jihatlari barcha detallari bilan qonunchilik asosida 
tartibga solingan va unga amal qilish boʻyicha qatʼiy nazorat 
oʻrnatilgan. 
Moliya bozorini tartibga solish – moliya bozori barcha 
ishtirokchilari (banklar, moliyaviy vositachilar, emitentlar, investorlar, 
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari va boshqalar) 
faoliyatini tartibga solishdir. Unda moliya institutlari faoliyati turli 
davlat organlari tomonidan tartibga solinishi mavjudligi holatlarida 
oʻzaro muvofiqlashtirilgan holda tartibga solish amaliyoti qoʻllaniladi. 
Moliya bozorini tartibga solishda ichki va tashqi mexanizmlardan keng 
foydalaniladi. 


295 
Ichki tartibga solish ichki meʼyoriy hujjatlar (ustav, faoliyatni 
amalga oshirish qoidalari, faoliyatga doir standantlar, etika qoidalari 
va boshqalar) asosida moliya bozori ishtirokchilari faoliyati tashkil 
etilishini nazarda tutadi. 
Moliya bozorini tartibga solishning tashqi mexanizmlari sifatida 
megaregulyator va makroregulyator keng qoʻllaniladi. Moliya bozorini 
megaregulyator orqali tartibga solish xalqaro tashkilotlar tomonidan 
belgilangan talablar, tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Makroregul-
yator esa bevosita davlat tomonidan tartibga solishni nazarda tutadi va 
odatda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli 
davlat organi belgilanadi. Jamoatchilik tashkilotlari orqali moliya 
bozorini tartibga solish amaliyoti ham jahon amaliyotida tashqi 
mexanizm sifatida keng qoʻllaniladi. 
Moliya bozorlarini tartibga solishning bosh maqsadi bozorning 
shaffofligi va samaradorligini taʼminlash uchun ishtirokchilar 
huquqlarini himoya qilishdir. Bunda maqsaddan kelib chiqqan holda 
belgilanadigan vazifalar quyidagilardan iborat: 
- moliya bozori va uning barcha ishtirokchilari samarali ishlashi 
uchun sharoit yaratish; 
- moliya bozoridagi tartibni saqlab turish; 
- moliya bozorining barcha ishtirokchilarini alohida shaxslarning 
firibgarliklaridan, jinoyatlaridan, umumiy holda noqonuniy xatti-
harakatlaridan himoya qilish; 
- moliya bozorining barcha segmentlarida moliyaviy instrumentlar 
boʻyicha baholar shakllanishini erkin talab va taklif asosida tashkil 
etish; 
- pul mablagʻlarini qayta taqsimlash mexanizmi sifatida moliya 
bozori va uning yangi segmentlari rivojlanishini ragʻbatlantirish; 
- moliya bozori ishtirokchilari zimmasidagi majburiyatlar 
(masalan, axborotlarni oshkor qilish boʻyicha)ning bajarilishi boʻyicha 
nazoratni amalga oshirish qilish va boshqalar. 
Moliya bozorining regulyativ infratuzilmasi moliya bozorining 
normal ishlashini taʼminlovchi tizimlardan biridir. Unga quyidagilarni 
kiritish mumkin: 
- tartibga soluvchi organlar (davlat tartibga soluvchi organlari va 
oʻzini oʻzi tartibga soladigan tashkilotlar); 


296 
- tartibga soluvchi funksiyalar va jarayonlar (registratsiya, 
litsensiya, attestatsiya, nazorat); 
- huquqiy infratuzilma (moliya bozori ishlashi uchun meʼyoriy-
huquqiy baza); 
- moliya bozoridagi kasbiy etika; 
- amaliy odatlar va anʼanalar. 
Moliya bozorini tartibga solish davlat va oʻzini oʻzi tartibga 
solishga boʻlinadi. Oʻz navbatida qimmatli qogʻozlar bozorini davlat 
tomonidan tartibga solish toʻgʻridan-toʻgʻri (maʼmuriy) va bilvosita 
(iqtisodiy) tartibga solishga ajratiladi. 
Davlat tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri (maʼmuriy) tartibga solish 
moliya bozori ishtirokchilariga nisbatan majburiy talablarni belgilash, 
faoliyat turlarini litsenziyalash (bank faoliyati, qimmatli qogʻozlar 
bozorida professional faoliyat, sugʻurta faoliyati, investitsiya fondlari 
faoliyati va boshqalar), qimmatli qogʻozlarni davlat roʻyxatidan 
oʻtkazish, oshkoralik va bozor ishtirokchilarining oʻzaro teng holatda 
xabardorligini taʼminlash va hokazolar orqali amalga oshiriladi. 
Moliya bozorini bilvosita (iqtisodiy) tartibga solish esa byudjet-
soliq siyosati, pul-kredit siyosati, xususiylashtirish (davlat mulkini 
boshqarish) siyosati kabilar vositasida amalga oshiriladi.
Umumiy holda moliya bozorini tartibga solishda davlat quyidagi 
funksiyalarni bajaradi (17.1-jadval). 
 
17.1-jadval 

Download 4,09 Mb.
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XVII BOB. MOLIYA BOZORINI TARTIBGA SOLISH

Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish