297
4 Ragʻbatlantirish
Moliya bozorini rivojlantirish, iqtisodiyot
tarmoqlariga boʻsh pul mablagʻlarini jalb
qilish
maqsadida
barcha
moliyaviy
instrumentlardan foydalanish iqtisodiy
dastaklar orqali ragʻbatlantiriladi
5
Nazorat
Moliya bozori ishtirokchilari tomonidan
yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan huquqbu-
zarliklarning oldini olinadi
6 Arbitraj
Moliya bozori ishtirokchilari oʻrtasida
nizoli
vaziyatlar hal qilinadi
Yana shuni ham taʼkidlash kerakki, davlat moliya bozorini tartibga
soluvchi institut ekanligidan tashqari moliya bozorining muhim
ishtirokchisi hamdir. Bunda davlat qimmatli qogʻozlar emitenti hamda
yirik investor sifatida moliya bozori ishtirokchisiga aylanishi mumkin.
Shu nuqtai nazardan davlatning oʻzi ham moliya bozorida maʼlum bir
majburiyatlarga va huquqlarga ega boʻladi.
Moliya bozorida davlat tomonidan tartibga solishdan tashqari
oʻzini oʻzi tartibga solish amaliyoti ham muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. Bunda tartibga solish oʻzini oʻzi
tartibga soluvchi
tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzini oʻzi tartibga soluvchi
tashkilotlar sifatida faoliyat turlari boʻyicha moliya bozori
ishtirokchilarining ixtiyoriy professional birlashmalari faoliyat
koʻrsatadi. Bunday birlashmalar oʻz aʼzolari tomonidan professional
faoliyatni amalga oshirishda bajarilishi shart boʻlgan
majburiyatlarni,
qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazish boʻyicha standartlarni
belgilaydi va ularga amal qilinishini nazorat qilib boradi.
Oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar moliya bozori
ishtirokchilarining professional faoliyatni amalga oshirishlari uchun
sharoitlarni taʼminlash, faoliyatni amalga oshirish qoidalariga amal
qilinishi
ustidan nazorat qilish, professional ishtirokchilar mijozlari
manfaatlarini himoya qilish kabi masalalarni hal qiladi. Buning uchun
esa oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar davlat tomonidan qabul
qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga zid boʻlmagan moliya bozorida
professional faoliyatni amalga oshirish boʻyicha standartlar va
qoidalarni tasdiqlash huquqiga ega hisoblanadi.
Ular tomonidan
298
tasdiqlangan standartlar va qoidalar aʼzolar tomonidan bajarilishi
majburiy hisoblanadi.
Jahon amaliyotida oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar
faoliyatining asosi moliya bozorini tartibga solish boʻyicha davlat
vakolatlarining bir qismini ularga oʻtkazish hisoblanadi. Shundan kelib
chiqqan holda oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar oʻz aʼzolarining
faoliyatini
nazorat qilishda, mutaxassislarni oʻqitishda va malakasini
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oʻz navbatida moliya
bozorini tartibga solish boʻyicha davlat organlari xarajatlarini
kamaytirish
imkonini beradi, moliya bozorini rivojlantirishda
professional ishtirokchilar manfaatdorligini kuchaytiradi, professional
faoliyat standartlari va qoidalariga rioya qilish taʼminlanadi.