314
XIX BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTDA MOLIYAVIY
TЕXNOLOGIYALAR ROLI
19.1. RAQAMLI IQTISODIYOTDA MOLIYAVIY
TЕXNOLOGIYALAR
Kundalik turmush tarzimizda elektr energiyasi,
tabiiy gaz va
boshqalar uchun kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish,
yo‘l harakati qoidalarini buzgan bo‘lsak, qoidabuzarlik bo‘yicha
jarimani belgilangan vaqtda to‘lash, olingan kreditlar bo‘yicha
muddatli to‘lovlarni kechiktirmasdan to‘lash, soliq majburiyatlarimizni
o‘z vaqtida bajarish kabilarga vaqt jihatidan har doim ham
imkoniyatimiz bo‘lavermaydi. Bunday sharoitda navbat kutishlar, har
xil byurokratik to‘siqlar esa qo‘shimcha ovoragarchiliklarga sabab
bo‘ladi. Natijada esa eng qimmat bo‘lgan vaqtimizni va asabimizni
yo‘qotishga ham to‘g‘ri kelishi mumkin. Boshqa tomondan kimdandir
pul mablag‘i yoki biror
bir mahsulot olishimiz keraku, masofa uzoq.
Uni biror bir shaxsdan yoki transport vositasidan yuborish hamda
qabul qilib olish yana qo‘shimcha sarf-xarajat, ortiqcha vaqt sarfi kabi
ovoragarchiliklarga sabab bo‘ladi. Bunday holatlarda noqulay ahvolga
tushmaslik uchun sizu-bizga raqamli iqtisodiyot yordamga keladi.
Ya’ni ishxonadan yoki uyimizdan chiqmagan holda internet vositasida
raqamli iqtisodiyot xizmatlaridan foydalangan holda barchasiga
arzimagan qisqa vaqt ichida ulgurishimiz mumkin. Buning uchun
respublikamizda raqamli iqtisodiyot ko‘lami va yo‘nalishlarini yanada
kengaytirishimiz talab etiladi.
Moliyaviy texnologiya yoki fintech (inglizcha Financial
Technology) - moliyaviy xizmatlar bozorida
banklar va vositachilar
kabi an'anaviy moliya institutlari bilan raqobat qilish uchun
texnologiya va innovatsiyalardan foydalanadigan kompaniyalardan
iborat bo‘lgan soha111. Hozirgi vaqtda ko'plab texnologik startaplar
ham, taqdim etilayotgan moliyaviy xizmatlarni yaxshilash va
111
Fintech:
moliyaviy
texnologiyalar,
bilish
uchun
yangi
dunyo
Xose
Albert
||
Kripto-
valyutalar(https://www.criptolog.com/uz/moliya-texnologiyalari-fintech/)
315
optimallashtirishga harakat qilayotgan yirik tashkil etilgan tashkilotlar
ham moliyaviy texnologiyalar tarkibiga kiradi.
Insoniyat tomonidan yaratilgan har
bir ixtiro turmush tarzini
yaxshilashga qaratilishi sir emas. Iqtisodiyotdagi sanoat inqilobi aholi
farovonligini ta’minlash va bandlik masalalarini hal qilishda o‘ta
muhim ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, XXI asrda yuz bergan
iqtisodiyotdagi raqamli inqilob esa iqtisodiy taraqqiyotni va jamiyatni
yangi yo‘nalish sari boshladi. Bunda davlat – biznes – aholi o‘rtasidagi
munosabatlarni Internet tarmog‘i orqali inson omili ta’sirini
pasaytirgan holda masofaviy tashkil etish ustuvorlik qila boshladi.
Natijada iqtisodiyotning raqamlashuvi natijasida raqamli iqtisodiyot
amal qila boshladi.
Bugungi kunga kelib respublikamizda ham tovarlarga onlayn
buyurtmalar berish va xaridlarni amalga oshirish,
soliqlar, kreditlar,
kommunal to‘lovlar, turli xil jarimalar bo‘yicha to‘lovlarni kompyuter
va mobil telefonlar vositasida internet tizimi orqali amalga oshirish -
kundalik turmush tarzimizga kirib ulgurdi. Shuningdek bank plastik
kartalaridan dastlab milliy doirada o‘tkazmalar amalga oshirish
imkoniyatlaridan aholi keng foydalangan bo‘lsa, bugungi kunga kelib
xorijiy bank kartalaridan o‘tkazmalar amalga
oshirish imkoniyatlari
ham taqdim etila boshlandi. Shuningdek, oxirgi ikki yil davomida
bankka bormasdan turib kreditlar olish imkoniyatlari ham tadqim etildi
va bundan biznes hamda aholi samarali foydalanib kelmoqda.
Yuqorida keltirilgan jihatlar raqamli iqtisodiyotda o‘ziga xos
amaliyotlar hisoblanib, unga qo‘shimcha ravishda shuni ham qayd
etish lozimki, davlat xizmatlari agentligi
orqali davlat xizmatlarning
qisqa vaqt ichida ko‘rsatib kelinayotganligi ham bunda alohida
ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur amaliyotlar natijasida aholiga va biznes vakillariga
ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, qo‘shimcha qulayliklar yaratilgan.
Keltirilgan mazkur jihatlar raqamli iqtisodiyotning kichik bir qismi
sifatida namoyon bo‘lmoqda. Umuman
raqamli iqtisodiyot turmush
tarzini osonlashtirishga qaratilgan iqtisodiyotdir. Bunda nafaqat aholi
va biznes o‘rtasidagi munosabatlar, balki davlat bilan munosabatlarni
raqamli iqtisodiyot asosida tashkil etish butun milliy iqtisodiyotning
raqamlashuviga xizmat qiladi.