RAQAMLI IQTISODIYOTDAGI ASOSIY




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

19.1. RAQAMLI IQTISODIYOTDAGI ASOSIY 
YO‘NALISHLARI 
Umumiy holda raqamli iqtisodiyotdagi asosiy yo‘nalishlari 
quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
- Biznes bilan iste’molchi, qisqacha (B2C);
- Biznes bilan biznes, qisqacha (B2B); 
- Biznes bilan davlat, qisqacha (B2G);
- Iste’molchi bilan iste’molchi, qisqacha (C2C); 
- Davlat bilan biznes, qisqacha (G2B); 
- Iste’molchi bilan biznes, qisqacha (C2B);
- Davlat bilan iste’molchi (G2C) 
Raqamli iqtisodiyot avvalo biznes bilan iste’molchi (B2C) 
o‘rtasida yuzaga keladi va rivojlanadi. Bunda ko‘proq iste’molchini 
jalb qilish maqsadida biznes qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etadi. 
Jumladan internet orqali buyurtma olish va yetkazib berish xizmati 
yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada supermarketlar, internet do‘konlar 
faoliyati ham milliy doirada, ham xalqaro doirada faoliyat 
yuritayotganligini alohida qayd etib o‘tishimiz lozim. Biznes sub’ekti 
va iste’molchi (xaridor) bir-biri bilan uchrashmagan holda oldi-sotdi 
munosabati ma’lum bir elektron savdo maydoni orqali amalga 
oshiriladi. Bunga Amazon, Alibaba kabi gigant kompaniyalar garchi 
o‘zlari tomonidan biror bir tovar ishlab chiqarilmasada, aynan raqamli 
iqtisodiyot tufayli savdo maydoni vazifasini o‘tab berayotganligini 
alohida qayd etib o‘tish zarur. O‘z-o‘zidan mazkur holatda pul 
muomalasi ham elektron tarzda amalga oshirilganligi uchun 
belgilangan tartibdan chetga chiqish kuzatilmaydi. Bundan tashqari 
aholi tomonidan mikroqarzlar, mikrokreditlar olish amaliyotlari ham 
bunday tasnifdagi raqamli iqtisodiyotga misoldir.
 
Biznes bilan biznes (B2B)da raqamli iqtisodiyot o‘zaro tovar oldi-
sotdi munosabatlarini internet orqali elektron tashkil etishga 
asoslanadi. Tovarlar va hujjatlar biznes sub’ektlari o‘rtasida 
harakatlanishi biznes uchun ham qulaylik vazifasini o‘tab beradi. Bu 
borada 2020 yil 1 yanvardan mamlakatimizda elektron hisobvaraq-
fakturaga o‘tildi. Mazkur amaliyot ham bevosita biznes sub’ektlari 


317 
o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarning yashirin iqtisodiyotdan holi 
amalga oshirilishiga xizmat qiladi. Bu o‘z navbatida soliq bazasining 
aniq hisoblanishiga ham zamin yaratadi. Biznes sub’ektlari tomonidan 
onlayn bank kreditlarini rasmiylashtirish, onlayn sug‘urtalash 
xizmatlaridan foydalanish kabilar ham biznes bilan biznes o‘rtasidagi 
raqamli iqtisodiyot amaliyotiga misol bo‘la oladi.
Raqamli iqtisodiyotda biznes bilan davlat (B2G) munosabatlari 
elektron davlat xaridlarida namoyon bo‘ladi. Bizga ma’lumki, davlat 
tashkilotlari, jumladan budjet tashkilotlari o‘z iste’moli uchun biznes 
sub’ektlaridan tovar va xizmatlarni xarid qilishlariga to‘g‘ri keladi. 
Bunday xaridlarni elektron tarzda tashkil etish orqali auksion
tenderlarni 
sub’ektiv 
omillarsiz 
amalga 
oshirish 
raqamli 
iqtisodiyotdagi o‘ziga xos ustuvorliklardan biridir. Mazkur amaliyot 
o‘z navbatida davlat budjeti xarajatlarining manzilliligi va shaffofligini 
oshiradi.
Iste’molchi bilan iste’molchi (C2C) o‘rtasidagi munosabatlarning 
elektron tartibda amalga oshirilishi ham raqamli iqtisodiyotda alohida 
o‘ringa ega. Bunda ma’lum bir shaxs ma’lum bir elektron tizim yoki 
platforma orqali o‘zi egalik qilayotgan tovarni boshqa shaxslarga taklif 
qiladi va o‘zaro kelishilgan holda savdo amalga oshiriladi. Bunda 
ma’lum bir sayt yoki platforma vositachi bshlib xizmat qiladi. 
Respublikamizda mazkur amaliyotga OLX savdo platformasini misol 
sifatida keltirishimiz mumkin. Shuningdek, mahalliy va xalqaro 
darajada pul mablag‘larini jo‘natish va qabul qilish bo‘yicha 
o‘tkazmalarni amalga oshirish amaliyotlari ham iste’molchi bilan 
iste’molchi o‘rtasidagi raqamli iqtisodiyot munosabatlari sifatida 
namoyon bo‘ladi. Bu amaliyot ham banklar, ham Western Union, 
Zolotaya korona kabi pul o‘tkazish tizimlari orqali amalga oshirilishi 
natijasida pul mablag‘larini yuborish va qabul qilish ma’lum bir 
daqiqalarda, past darajadagi xarajat hisobiga amalga oshiriladi. 
Davlat bilan biznes (G2B) o‘rtasidagi munosabatlarni elektron 
hamda masofaviy tarzda o‘rnatish raqamli iqtisodiyotda nihoyada 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda elektron hukumat joriy etilishi 
natijasida davlat va mahalliy hokimiyat organlari bilan biznes 
sub’ektlari o‘rtasidagi munosabatlar elektron tarzda amalga oshirilishi 
yo‘lga qo‘yiladi. Bunda biznes sub’ektlarining davlat ro‘yxatidan 


318 
o‘tishi, soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi, faoliyatini 
litsensiyalash, yer ajratish, qurilishga ruxsat olishi, elektr energiyasi va 
gaz ta’minotiga ulanishi kabilar elektron murojaatlar asosida 
masofaviy hal qilinadi. Mazkur jihat o‘z-o‘zidan sansalorlik va 
korrupsiya holatlarining oldi olinishiga xizmat qiladi.
Barchamizga ma’lumki aholi ham davlat xizmatlarining bevosita 
iste’molchisi hisoblanadi. Bunda davlat tomonidan aholiga 
ko‘rsatiladigan xizmatlarni internet tarmog‘i orqali elektronlashtirish 
raqamli iqtisodiyotdagi alohida yo‘nalish sifatida namoyon bo‘ladi. Bu 
amaliyotda davlat bilan iste’molchi, qisqacha G2C deb ataladi. 
Bugungi kunda davlat xizmatlari agentligi orqali ko‘rsatilayotgan 
xizmatlarni internet orqali joriy etish ham vaqt, ham mablag‘ jihatidan 
aholiga qulaylik taqdim etadi. Bunda tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma 
olishdan tortib, pensiya tayinlanishi bo‘yicha hujjatlar ham elektron 
murojaatlar, elektron to‘lovlar asosida amal qiladi. 
Iste’molchi bilan munosabatlarni internet tizimi orqali elektron 
tashkil etish raqamli iqtisodiyotning eng asosiy talablaridan va 
quylayliklaridan biridir. Shu nuqtai nazardan iste’molchi bilan biznes 
(C2B) tartibida ham raqamli iqtisodiyot amal qiladi. Bunda ma’lum bir 
internet saytidagi savdo platformasida ma’lum bir tovarni sotib olish 
yuzasidan iste’molchi o‘z talablarini ilgari suradi. Bunda tovarning 
narxi, ishlab chiqarilgan sanasi va boshqalarni iste’molchi belgilab 
beradi. Biznes sub’ekti esa iste’molchi talabi asosida tovarni yetkazib 
berishni o‘z zimmasiga oladi. Natijada biznes sub’ekti tomonidan 
iste’molchi talabidagi tovarni yetkazib berish va iste’molchi 
tomonidan esa elektron to‘lov amalga oshirish yuz beradi. 
Raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron to‘lov tizimlari ham 
muhim hisoblanadi. Bunda yuqorida ko‘rib chiqilgan har bir yo‘nalish 
bo‘yicha yetkazilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmat bo‘yicha to‘lov 
aynan 
elektron 
to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. 
Respublikamizda ham Payme va Click kabi to‘lov tizimlari tovar oldi-
sotdi munosabatlarida, kredit, jarimalar bilan bog‘liq moliyaviy 
munosabatlarda keng qo‘llanilmoqda. Bu o‘z navbatida aholining naqd 
pulga bo‘lgan talabini pasaytirishga va pul mablag‘larining bankdan 
tashqari aylanmasini kamaytirishga xizmat qiladi.


319 
Yuqorida keltirilgan jihat asosida ta’kidlash mumkinki, raqamli 
iqtisodiyot jamiyatda quyidagilarga imkon beradi: 
Birinchidan, 
raqamli 
iqtisodiyot 
sharoitida 
turli 
xil 
ovoragarchiliklarning oldini olinishi natijasida vaqt sarfi va ortiqcha 
xarajatlar sarfi kamayishiga erishiladi.
Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot sharoitida odamlar emas, hujjat 
va tovarlar harakatlanadi. Natijada korrupsion holatlarning oldi 
olinishiga erishiladi. 
Uchinchidan, elektron hukumat, elektron do‘konlar, raqamli 
moliya institutlari, raqamli ta’lim kabilar faoliyati rivojlanadi. Natijada 
tovar va xizmatlar harakati internet tarmog‘i vositasida rivojlanadi. 
To‘rtinchidan, elektron to‘lov tizimlari qo‘llanilishi tufayli naqd 
pul muomalasi hajmi keskin qisqaradi. Bu o‘z navbatida yashirin 
iqtisodiyot 
faoliyat 
doirasi 
qisqarishiga, 
inflyatsiya 
darajasi 
pasayishiga, davlat budjetining soliqli daromadlari oshishiga imkon 
beradi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishi o‘z navbatida 
istiqbolda naqd puldan voz kechish masalasi ko‘rib chiqilishiga ham 
olib kelishi mumkin. 
Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda respublikamizda raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirish nuqtai nazaridan quyidagilarga e’tibor 
qaratish lozim, deb hisoblaymiz: 
Birinchidan, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi nuqtai nazaridan 
elektr ta’minotidagi uzilishlarga butunlay barham berish talab etiladi. 
Mazkur natijaga erishish umuman iqtisodiyotning kompleks 
rivojlanishiga xizmat qiladi. 
Ikkinchidan, internet tezligi va qamrovini oshirish orqali undan 
foydalanuvchilar sonini oshirib borish lozim. Bunda tarmoqning 
afzallik tomonlaridan maksimal foydalanish talab etiladi. 
Uchinchidan, 
aholining 
internet 
va 
raqamli 
iqtisodiyot 
yo‘nalishlaridan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish lozim bo‘ladi. 
Bunda avvalo qulayliklar nuqtai nazaridan raqamli iqtisodiyot 
targ‘ibotlarini kuchaytirish maqsadga muvofiq.
To‘rtinchidan, raqamli iqtisodiyot ko‘lamini oshirish nuqtai 
nazaridan aviachiptalar, temir yo‘l chiptalari, konsert-tomoshalar 
chiptalarini faqat elektron tartibda sotish, notariat va davlat xizmatlari 


320 
agentligi tomonidan ko‘rasatilayotgan xizmatlarni ham internet orqali 
QR kodlar vositasida tashkil etish lozim. 

Download 4,09 Mb.
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish