9. Kriptovalyutalar qanday tuzilmada ishlaydi?
a) tarqoq (markazlashmagan)
b) bir yagona markazlashgan
c) har bir davlat banki
d) har bir davlat maxsus birja
10. Bitcoin asoschisi kim?
a) Satosi Nakomoto
b) Bill Geyts
c) Stiv Jobs
d) Carl Marks
323
XX BOB. MOLIYA BOZORIDA INTELLEKTUAL
TIZIMLAR
112
20.1. Moliyaviy xizmatlar sohasini rivojlantirishda
intellektual tizimlardan foydalanish
Bugungi kunda innovasion bank, bank innovasiyalari va
innovasion raqamli bank mahsulotlari xaqida gap ketar ekan, ularni
joriy etishda alohida ahamiyatga ega "moliyaviy texnologiyalar"
tushunchasini ham alohida tasniflash va tavsiflash talab etiladi.
Masalan, Findexable ekspertlari "moliyaviy texnologiyalar" (fintech)
tushunchasiga quyidagicha ta'rif bermoqdalar – bu moliyaviy
xizmatlar sohasida texnologik jihatdan ta'minlangan innovasiya bo'lib,
moliyaviy muassasalarga moliyaviy xizmatlar ko'rsatilishiga sezilarli
ta'sir ko'rsatadigan yangi biznes modellari, ilovalar, jarayonlar va
mahsulotlarni o'z ichiga oladi
113
.
Fikrimizcha, ushbu tushunchani "Smart" va "moliyaviy
instrumentlar" kabi so'zlar bilan boyitib alohida (yangi) tasniflash
belgisi, ya'ni "Smart raqamli moliviy texnologiyalarni Smart raqamli
moliyaviy bozorning malakali (professional) ishtirokchisi bo'lmish
Smart raqamli bank (neobank) tovari sifatidagi tasniflash belgisi",
asosida 20.1-jadvalda keltirilganidek zamonaviylashtirib kengaytirish
maqsadga muvofiq.
Bunda Smart raqamli moliviy instrumentlar (SRMI) va Smart
raqamli moliviy xizmatlar (SRMX)ning har bir turi va guruhiga mos
keluvchi
Smart
raqamli
moliviy
texnologiyalar
operasion
platforma(tizim)lari
neobank
operasiyalari
biznes-platformasiga
birlashtirilgan bo'lishi
114
nazarda tutiladi. Demak, O'zbekistondagi
zamonaviy raqamlashtirish sharoitida 20.1-jadvaldagi tasnif belgisi
tarkibiga
kirganlarni
o'z
ichiga
olgan
banklarni
raqamli
transformasiyalashning
evolyusion-modulli
modelini
qo'llash
maqsadga muvofiq.
112
Абдурахимова Д.К. Ўзбекистон учун янги ҳисобланган банк маҳсулотларини жорий қилиш:
Иқтисодиёт фанлари бўйча фалсафа доктори (PhD) дисс. автореф. Т.:ТМИ, 2021. 56 б.
113
Findexable Limited. The global fintech index city rankings report 2020.
www.findexable.com
114
Ushbu g'oya "Fido-Biznes" MCHJ ishlanmasi asosida ilgari surilgan.
|