|
Oʻzbekiston respublikasiBog'liq Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022forvard
ayriboshlash
kursi
forvard
tranzaksiyalari
uchun
ayriboshlash kursi hisoblanadi. Maʼlum bir sabablarga koʻra
valyutaning qadri oshishi yoki tushishi mumkin. Misol uchun: 1999
yilning boshida bir yevro $1.18ga teng boʻlgan va 2010-yilning 23-
iyuniga kelib esa bir yevro $1.23 teng deb deb baholangan. Bu shuni
anglatadiki yevroning qadri AQSH dollariga nisbatan 4% ga oshgan:
(1.23-1.18)/1.18=0.04=4%.
Ayriboshlash kurslarining muhim jihati shundaki ular mahalliy
hamda xorijiy mahsulotlar bahosiga taʼsir qiladi. Misol uchun
Fransiyada ishlab chiqarilgan mahsulotning AQSH dollaridagi bahosi
ikkita omil taʼsirida belgilanadi: ushbu fransuz mahsulotining yevro-
dagi bahosi hamda yevro va dollar oʻrtasidagi ayriboshlash kursi.
31
Tasavvur qilamiz: Amerikalik firma Fransuz mahsulotini sotib
olishni rejalashtirmoqda. Agarda ushbu mahsulotning bahosi 1000
yevro hamda yevro va dollar oʻrtasidagi ayriboshlash kursi
€1=$1.18ga teng. Amerikalik firma ushbu mahsulotni sotib olishni 2
oyga kechiktirdi. Bu orada esa yevroning qadri dollarnikiga qaraganda
oshdi va ular orasidagi ayriboshlash kursi quyidagi holatga keldi:
€1=$1.4. Agarda mahsulotning mahalliy narxi 1000 yevroligicha
saqlanib qolgan boʻlsa, uning dollardagi narxi 1 180 dollardan 1 400
dollarga oshadi. Barcha bozorlarda sotish va sotib olish narxlari
orasida farq boʻlgani kabi foreksda ham sotish va sotib olish narxlari
orasida farq mavjud hamda ushbu narxlar va ular orasidagi farq
quyidagicha nomlanadi:
Sotib olish narxi - ask price, Sotish narxi- bid price. Ular orasida-
gi farq- spread
Ular quyidagi koʻrinishda boʻladi (7.1-jadval).
31
Frederic S. Mishkin, Stanley G. Eakins. Financial Markets and Institutions, US Prentice Hall 2013, P. 345.
|
| |