Xalqaro valyuta bozorida ayriboshlash kurslarining belgilani-




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

Xalqaro valyuta bozorida ayriboshlash kurslarining belgilani-
shi
32
ga toʻxtalib oʻtamiz. 
Erkin bozorda har qanday aktiv va 
mahsulotning narxining belgilanishi kabi valyutalar boʻyicha 
ayriboshlash kurslari ham talab va taklifdan kelib chiqqan holda 
belgilanadi. Ayriboshlash kurslarining belgilanilishi boʻyicha bir qator 
nazariyalar mavjud. Birinchi nazariya 
yagona narx
nazariyasi 
hisoblanadi. Unga koʻra agarda ikkita mamlakat bir xil turdagi 
mahsulot ishlab chiqarsa va mahsulotni yetkazib berish (transporti-
rovka) xarajatlari kam boʻlsa hamda savdo toʻsiqlari mavjud boʻlmasa, 
ushbu mahsulot qaysi mamlakatda ishlab chiqazilganidan qatʼiy nazar 
barcha mamlakatlarda narxi bir xil boʻladi. Tasavvur qilamiz 
Amerikada ishlab chiqarilgan bir tonna poʻlatning narxi $100, shunga 
oʻxshash Yaponiyada ishlab chiqarilgan poʻlatning bir tonnasining 
narxi 10 000 iyen (Yaponiya pul birligi) deb baholanmoqda. Yagona 
narx qonuniga amal qiladigan boʻlsak, dollar va iyen oʻrtasidagi 
ayriboshlash kursi 100iyen=$1 ($0.01=1iyen) boʻlishi kerak. Bundan 
kelib chiqadigan boʻlsak, Yaponiyada bir tonna amerika poʻlati 10 000 
iyendan sotilsa, AQSHda bir tonna yapon poʻlati $100 dan sotilishi 
lozim. Agarda ushbu valyutalar orasidagi ayriboshlash kursi 
200iyen=$1 boʻlsa, Yaponiya poʻlatining bir tonnasi AQSHda $50 dan 
sotiladi yaʼni ushbu narx AQSH poʻlatidan ikki barobar arzon boʻladi, 
shu bilan bir qatorda AQSHda ishlab chiqarilgan poʻlatning bir tonnasi 
Yaponiyada 20 000 iyen yaʼni Yaponiya poʻlatidan ikki barobar 
qimmatga sotiladi. Natijada, narxi yuqori boʻlganligi uchun AQSHda 
ishlab chiqarilgan poʻlatga boʻlgan talab keskin ravishda pasayib 
ketadi va bu holat faqatgina $0.01=1yen boʻlgandagina barqarorla-
shadi yaʼni ikkala mamlakatda ham ushbu mahsulot bir xil narxda 
sotiladi.
32
Frederic S. Mishkin, Stanley G. Eakins. Financial Markets and Institutions, US Prentice Hall 2013, P. 348. 


118 
Valyutalar ayriboshlash kurslarining belgilanishi boʻyicha keyingi 
nazariya bu 
xarid qila olish pariteti nazariyasi
hisoblanadi. Ushbu 
nazariya yagona narx nazariyasiga oʻxshash boʻlib, bunda bir davlatda 
narxlarining ikkinchi mamlakatdagi narxlarga nisbatan oshishi uning 
valyutasining ikkinchi davlat valyutasiga nisbatan devolivatsiya yaʼni 
qadrining pasayishiga (ikkinchi mamlakat valyutasining birinchisining 
valyutasiga nisbatan qadrining oshishiga) olib keladi. Birinchi misolga 
qaytadigan boʻlsak, Yaponiyada narxlarning AQSHdagiga nisbatan 10 
foizga oshishi, AQSH dollarining Yapon iyeniga nisbatan 10 foizga 
oshishi (Yapon iyenining AQSH dollariga nisbatan 10 foizga 
pasayishi)ga olib keladi.
Yuqori taʼkidlanganidek, foreksda valyutalar ayriboshlash orqali 
foyda koʻriladi, yaʼni ularning ayriboshlash kurslari orasidagi farqni 
toʻgʻri taxmin qila oladigan investorlar bu vaziyatda yetarlicha foyda 
koʻrishlari mumkin (7.2-jadval). 
7.2-jadval 

Download 4,09 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalqaro valyuta bozorida ayriboshlash kurslarining belgilani-

Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish