O'zbekiston respublikasi




Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/64
Sana13.05.2023
Hajmi3.23 Mb.
#59264
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64
Bog'liq
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
3.2-jadval. Avtomobil shinalarini ta`mirlashda ishlatiladigan rezinalarning 
mexanik xususiyatlarini asosiy ko’rsatkichlari 


Nomlanishi 
Uzilishdagi 
mustahkamlik 
chegarasi, MPa, 
kamida 
Uzilishdagi 
nisbiy 
uzayishi, 
%, 
kamida 
Uzilishdagi 
qoldiq uzayish, 
%, kamida 
Shor 
bo’yicha 
qattiqligi 
Protektor 
14 
450 

55-65 
Kamera 

550 
40 

Ta`mirlash uchun 
qatlamli rezina 
20 
500-850 
40 
kamida 45 
Kauchuk va rezinalarda qaytar deformatsiya bilan bir qatorda qaytmas 
deformatsiya ham mavjud. U qoldiq deformatsiya deb ham yuritiladi. Qoldiq 
deformatsiyaning paydo bo’lishi kauchuk molekulasida ayrim qismlarning bir-biriga 
nisbatan o’z joyni o’zgartirishi bilan tushuntiriladi. Kauchuk vulkanizatsiya 
qilinganda (rezina hosil bo’lishi) polimerning chiziqli uzun molekulalari bir-biri bilan 
mustahkam kimyoviy bog’lar orqali birikadi va o’zaro erkin harakat qilish 
xususiyatini yo’qotadi. Shuning uchun rezinada qoldiq deformatsiya keskin 
kamayadi. Shu sababli ko’rsatilgan materiallarda qaytar va qaytmas deformatsiyalar 
nisbati har xil bo’ladi: kauchukda qaytmas deformatsiya ustunlik qilsa, rezinada 
qaytar Yuqori elastik deformatsiya ustunlik qiladi. 
Barcha kauchuklarning vulkanizatlari (ebonitdan tashqari) yuqori haroratlarda 
siljuvchanligi bo’yicha tashqi ko’rinishdan metallarga o’xshash bo’ladi. Rezinani 
yuklangan holatda bo’lishi natijasida qoldiq deformatsiya vujudga keladi. Rezina 
yuklanish holatida qancha ko’p muddat bo’lsa, qoldiq deformatsiyaning miqdori ham 
shuncha ortiq bo’ladi. Natijada kuchli deformatsiyalangan detallar vaqt o’tishi bilan 
o’z shaklini va o’lchamini o’zgartiradi va asl holatiga qaytmaydi. Bunday hollar 
yupqa devorli buyumlarda yanada yaqqol ko’zga tashlanadi. Masalan, toza rezina va 
hatto sinchlangan shlanglarni uzoq muddat uYum holatida saqlaganda ular ezilgan 
shaklga kiradi, shlanglar o’tkir burchak ostida bukilgan joylaridan qirqilib qoladi, 
ularni qayta tiklashni imkoni bo’lmaydi. 
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib quyidagi xulosalarga kelish mumkin: rezina 
detallarini uzoq muddat Yuqori ishlovchanlik xususiyatining saqlanishini ta`minlash 
uchun ularni saqlashda, shuningdek avtomobillarni ishlatishda shunday sharoit 
yaratish kerakki, bunda detallarda hosil bo’ladigan kuchlanish va deformatsiya 
mumkin qadar kichik bo’lishi lozim. Detallarni saqlashda bunday sharoitlarni 
yaratish nisbatan oson kechadi, avtomobillarni ishlatish jarayonida esa nisbatan 
murakkab. 
Misol sifatida muhim vazifalarni bajaruvchi va qimmatbaho bo’lgan avtomobil 
pokrishkalarining xususiyatlarini saqlash bo’yicha chora-tadbirlarga to’xtalamiz. 
Avtomobil pokrishkalarini saqlashda ularni ustma-ust taxlashga ruxsat etilmaydi. 
Ularni faqat maxsus stellajlarga tik holda bir qator qilib joylashtirish lozim, shu bilan 
birga davriy ravishda (har 2-3 oyda) protektorni stellaj poliga tegib turgan qismini 
almashtirish turish lozim. 
Avtomobillarda ishlatilayotgan pokrishkalarni yaxshi saqlanishini ta`minlash 
uchun Yuklanmagan avtomobilni bir joyda to’xtab turish muddati 10 kundan ortiq 
bo’lmasligi (to’la Yuklangan avtomobil uchun 2 kun) lozim. Yuqorida keltirilgan 
muddatlardan ortiq vaqt davomida avtomobil harakatsiz turadigan hollarda 


avtomobilni pokrishkalari yerga tegmaydigan holatda bo’lishi ta`minlanadigan qilib 
maxsus tayanchlarga ko’tarib qo’yish lozim. 
Avtomobil ochiq havoda uzoq muddat turib qolganda uni 20-25 min davomida 
ko’pi bilan 15 km/soat tezlik bilan yurgizish, keyin asta-sekin tezlikni oshirish zarur. 
Shinalarni texnik ekspluatatsiya qilishda ularni ortiq yuklanishiga yo’l 
qo’ymaslik va ulardagi havo bosimini me`yorda bo’lishini ta`minlash lozim. Bu 
talablar nafaqat shinaning shakli va o’lchamlarini saqlashga qaratilgan, balki ularni 
ish muddatini kamaytirmaslikka, ulardan juda ko’p miqdorda issiqlik ajralib
chiqishiga va yonilg’i sarfini ortib ketishiga yo’l qo’ymaslikni ta`minlashga ham 
qaratilgan. 
Rezinaning qattiqligi. Qattiqlik rezina buyumlarning asosiy fizikaviy va 
ekspluatatsion xossalaridan biri bo’lib, u davlat standartlari va texnik shartlarda har 
bir material (metall, mineral, plastmassa va boshqalar) uchun ko’rsatilgan. 
Qattiqlik deganda - materialning sirtiga boshqa qattiq materialni botish yoki 
tirnashiga ko’rsatiladigan qarshilik tushuniladi. 
Qattiqlikni aniqlash bilan tayyorlangan rezina sifati to’g’risida fikr yuritish 
mumkin. Chunki bu ko’rsatkich vulkanizatsiyalovchi modda, to’ldirgich va 
plastifikator qanday miqdorda olingani va aralashtirilgannini tavsiflovchi asosiy 
ko’rsatkichlardan biridir. Qattiqlik vulkanizatsiya qilingan rezina materiallari uchun 
aniqlanadi, uning miqdoriga qarab esa rezinaning elastikligi haqida ham ma`lum 
tushuncha olish mumkin.
Rezina buyumlarning qattiqligi ularga juda qattiq har xil shakldagi boshqa bir 
(o’tkir) materialning botish chuqurligi bilan o’lchanadi. 
Rezinaning qattiqligi rezina aralashmasi tarkibiga kiruvchi kauchuk, 
vulkanizatsiyalovchi modda, to’ldirgich va plastifikatorlarning miqdori va xossalariga 
bog’liq. Rezina aralashmasi tarkibiga aktiv tezlatkich moddalar (tiazol, tiuram, sul 
fenamid) qo’shish va ular miqdorini oshirish bilan rezinaning vulkanizatsiya 
darajasini ko’paytirish mumkin. Bu o’z navbatida rezina qattiqligini oshirishga olib 
keladi. Plastifikatorlar esa rezina qattiqligini kamaytiradi. 
Rezinalar qattiqlik darajasiga binoan uch guruhga bo’linadi (3.3- jadval). 

Download 3.23 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64




Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish