-jadval. Qattiqligiga binoan rezinalarning guruhlarga bo’linishi  Guruh Qattiqlik darajasi




Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/64
Sana13.05.2023
Hajmi3.23 Mb.
#59264
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
Bog'liq
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
3.3-jadval. Qattiqligiga binoan rezinalarning guruhlarga bo’linishi 
Guruh Qattiqlik darajasi 
Shor A qattiqlik o’lchagichiga binoan 
qattiqlik chegarasi 

Quyi qattiqlik 
35-50 
II 
O’rtacha qattiqlik 
50-70 
III 
Yuqori qattiqlik 
70-90 
Xom rezinadan buyumlar tayyorlashni osonlashtirish maqsadida unga maxsus 
ishlov beriladi, ya`ni kauchuk zarur miqdorgacha yumshatiladi. Bunday rezinani 
qattiqligini o’lchashda qattiqlik o’lchagich asbobi ignasi namunaga uzluksiz 
ko’rinishda botadi, natijada asbob ko’rsatkichi pasayib boradi va bir-necha minut 
vaqt o’tgach nolga yaqinlashadi. Vulkanizatsiyalash jarayonida rezinaning plastikligi 
kamaya boradi va so’nggi bosqichda butunlay yo’qoladi, rezinaning qattiqligi va 
elastikligi yangi oltingugurt portsiyalari reaktsiyaga kirishishi natijasida ortib boradi 
va tayyor vulkanizatsiyalangan rezinada ma`lum miqdorga erishadi. 
τ
ш,% 
 
 
150
 
 
100
 
 
50
 
0


Texnik 
talablarga 
binoan, 
qattiqlik 
o’lchagich 
asbobining 
ignasi 
vulkanizatsiyalangan rezina materialida sezilarli iz qoldirmasa, bunday rezinani 
vulkanizatsiyalash rejimi to’g’ri tanlangan hisoblanadi. 
Rezina materialni haddan tashqari yuqori qattiqlikka ega bo’lishi ham 
me`yordagi holat bo’lmay, bu holatni ortiqcha vulkanizatsiyalash deyiladi. 
Rezinaning yeyilishga chidamliligi. Eskirishga turg’unlik yoki qarshilik 
atamalari rezina materiallariga nisbatan qo’llaniladi, bu atama ma`no jihatidan 
moylash jarayonida ishlatiladigan yeyilishga chidamlilik atamasiga mos keladi. 
Ko’pchilik rezina buyumlar – barcha turdagi pokrishkalar, transportyor lentalari 
va boshqalar ularni ishlatish paytida sirpanish tufayli paydo bo’ladigan ishqalanish 
kuchi ta`sirida sirt qatlami yeyiladi (ishga yaroqsiz holga keladi). Rezina 
buyumlarning yeyilishga bo’lgan qarshiligini oshirish (eyilishga chidamlilik) rezina 
sanoatida ishlab chiqarilayotgan buyumlarning puxtaliligini oshirishning asosiy 
shartlaridan biridir. 
Rezina buyumlarning yeyilishi sirpanish rejimida (transportyor lentalari 
harakati) va dumalash rejimida (shinalar harakati) ro’y berishi mumkin. Ammo, 
shinalarni ishlatish vaqtida dumalanish ishqalanishdan tashqari sirpanish ishqalanish 
ham hosil bo’ladi (masalan, transport vositalari tormozlanganda). Shunga asosan 
yeyilishga chidamlilikni sinash ishlari yoki sirpanish rejimida, yohud sirpanuvchanlik 
bilan birga boradigan dumalanish rejimida o’tkaziladi. 
Eyilishga chidamlilik ko’rsatkichi eskirishning solishtirma ko’rsatkichi deb 
ataladi va bu ko’rsatkich vaqt birligi ichida sinalayotgan namuna hajmini kamayishi, 
ya`ni yeyilish miqdori bilan ifodalanadi. Avtomobil pokrishkalari protektorlarini 
tayyorlashda ishlatiladigan rezinalar uchun bu ko’rsatkich: yengil avtomobillar uchun 
0,08 mm
3
/j va Yuk avtomobillari uchun 0,14 mm
3
/j dan ortiq bo’lmasligi lozim. 
Ishqalanish ishqalanayotgan sirtlarning yeyilishiga va ular o’lchamlarining 
o’zgarishiga olib keladi. Ishqalanish, ishqalanish koeffitsienti bilan tavsiflanadi, ya`ni 
ishqalanish koeffitsienti qanchalik katta bo’lsa, ishqalanish jadaliligi ham shuncha 
Yuqori bo’ladi. 
Ishqalanish koeffitsienti rezina tarkibi va u ishqalanadigan abraziv material 
sirtiga bog’liq. Ishqalanish va yeyilish turlariga qarab yeyiluvchanlikning yoki unga 
teskari bo’lgan kattalik, ya`ni yeyilishga bo’lgan qarshilik (chidamlilik) 
koeffitsientining son qiymatlari har xil bo’ladi. 
Avtomobillarning tormozlanish imkoniyatlari ham ishqalanish koeffitsienti bilan 
uzviy bog’liq. Avtomobil yo’llarining qoplama turi va yo’l sharoitiga bog’liq holda 
ishqalanish koeffitsienti 0,1-0,8 oralig’ida bo’ladi. 
Avtomobil shinasini asfal tobeton qoplama bilan ilashishi protektor va quruq 
asfal tobeton orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,6-0,8 bo’lishini ta`minlaydi. Ammo, 
oz miqdorda yomg’ir yog’ishi protektor va asfal tobeton orasidagi ishqalanish 
koeffitsientini ikki barobarga kamaytiradi. Yo’llardagi loy qoldiqlari ishqalanish 
koeffitsientini yanada yomonlashtiradi. Yo’l muzlagan paytlarda bu koeffitsient 0,1 
ga teng bo’ladi. Bunday sharoitlarda avtomobilni boqarishda noqulayliklar vujudga 
keladi. 
Rezina materiallar xususiyatlarini harorat ta`sirida o’zgarishi. Rezinalar o’z 
xususiyatlarini harorat o’zgarishi natijasida juda ham sezilarli darajada o’zgartiradi, 
jumladan, rezina materiallardan tayyorlangan detallar qizdirilganda, shuningdek 
sovitilganda o’z ish xususiyatini yo’qotadi. 


Rezinaning mustahkamlik chegarasi havo harorati pasayishi natijasida ortadi, 
elastikligi esa kamayadi va minus 80
0
S haroratda nolga teng bo’ladi. 
Havo harorati pasayishi oqibatida kelib chiqadigan asosiy noqulaychilik 
rezinaning elastikligini kamayishidir. Buning natijasida rezina materialning mo’rtligi 
ebonitning mo’rtligiga yaqinlashadi. 
Ko’pchilik rezina materiallar minus 45
0
S haroratdayoq zarur chegaradagi 
deformatsiyalanish xususiyatini yo’qotadi. Sovuq ta`siriga chidamli kauchuk asosida 
olingan vulkanizatlargina minus 50
0
S va undan past haroratlarda zarur elastikligini 
saqlab qoladi. Bundan qish mavsumida rezina detallarga alohida e`tibor berilishi va 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish lozimligi kelib chiqadi. 
Shuning uchun qish mavsumida rezina detallarni montaj va demontaj qilish 
bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlarni bajarishdan oldin ularni xona haroratigacha 
isitib olish lozim. Uzoq muddat turib qolgan yoki avtomobil ma`lum bir muddat 
sovuqda turib qolganda pnevmatik shinalarni qizdirish muhim ahamiyatga ega. 
Shinalarni qizdirish bevosita avtomobilni harakatlantirib amalga oshiriladi, bunda 
dumalayotgan shinalardagi uzluksiz deformatsiyalanish issiqlik energiyasiga 
aylanishi hisobiga shinalar qiziydi. Ammo avtomobil o’rnidan qo’zg’algan dastlabki 
paytda shinalar yetarli elastiklikka ega bo’lmaydi, buning oqibatida unchalik katta
bo’lmagan dinamik yuklanishlar ta`sirida shinaga osongina shikast yetishi mumkin. 
Shuning uchun avtomobilni o’rnidan qo’zg’atilgan dastlabki paytlarda yo’lning xavfli 
burilishlari bo’lmagan nisbatan tekis uchastkalarida kichik tezlik bilan harakatlanish 
va birdaniga tormoz bosmaslik tavsiya etiladi. 
Avtomobillarni qish mavsumida ishlatishda benzin va moy ta`siriga chidamli 
rezinalardan tayyorlangan detallarga Yuqori ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish 
lozim. Chunki bunday rezinalarning sovuq ta`siriga chidamliligi juda past bo’lib, 
minus 20

C haroratdayoq mo’rt bo’lib qoladi. 
Bitta avtomobilga sovuqqa chidamli va chidamsiz bo’lgan shinalar o’rnatish 
taqiqlanadi (hatto belgisi bir xil bo’lsa ham), chunki shinalarning qizish muddati 
turlichidir. 
Haroratni 110-120

C gacha ko’tarilishi natijasida rezinaning nisbiy uzayishi 
ortadi, harorat 120

C dan ortganda esa rezinaning nisbiy uzayishi kamayadi. 
Rezinaning nisbiy uzayishini ortib borishdan kamayishga o’tishi 110-120


haroratda kauchuk makromolekulalari orasidagi oltingugurt ko’priklari qisman 
uzilishi bilan tushuntiriladi. Buning natijasida rezinaning elastikligi birdaniga 
kamayishi bilan birga plastiklik xususiyati ortadi. 
Harorat ortishi bilan rezinaning ekspluatatsion xususiyatlari faqat yomon 
tomonga o’zgaradi - rezinaning mustahkamligi, yemirilishga qarshi turg’unligi va 
qattiqligi pasayadi, qoldiq uzayishi va umuman deformatsiyalanishi ortadi. Rezinani 
20

C dan 100

C gacha qizdirilganda uning uzilishdagi mustahkamligi ikki va hatto 
uch barobarga pasayadi. Shuningdek harorat 20
0
C dan 100
0
C ga o’tkazilganda 
rezinaning yemirilishga qarshi turg’unligi va qattiqligi yanada ko’proq darajada 
yomonlashadi. 
Natijada, harorat ortishi bilan avtomobil shinalarining bosib o’tadigan masofasi 
kamayadi (3.5-rasm). 
Bundan tashqari, rezinaning qattiqligi va mustahkamligini juda ham kamayib 
ketishi natijasida avtomobil notekisliklardan Yurganda avtomobil pokrishkasi 
protektorida yoriqlar paydo bo’lishi va protektor bo’laklari Yulinib chiqishi mumkin. 


Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilib quyidagilarni aytish mumkin: barcha rezina 
detallarni, ayniqsa ish jarayonida deformatsiyalanadigan detallarni ko’pchilik 
hollarda qish mavsumida qizdirish, yozda esa sovitish, shuningdek ularni qizishini 
kamaytirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish lozim. Avtomobil shinalarini yaxshi 
holda saqlash uchun birinchi navbatda yuqorida keltirilgan chora tadbirlarga amal 
qilish lozim. Shuningdek, avtomobil shinasidagi havo bosimini me`yorda bo’lishini 
va ortiqcha yuklanmasligini ta`minlash lozim. 
Shinalarni ishlatishda bu oddiy qoidaga rioya qilmaslik, ularni juda ham qizib 
ketishiga olib keladi va buning natijasida zararli oqibatlar kelib chiqadi. 
Yozning issiq vaqtlarida ortiqcha yuklanmagan va havo bosimi me`yorda 
bo’lgan shinalar sezilarli darajada qizishi mumkin. Bunday hollarda shinalarni 
sovitish uchun yo’lda davriy to’xtash, ba`zan, pokrishkalarni haddan tashqari qizib 
ketishi oqibatida avariya holatini kelib chiqamasligini ta`minlash uchun harakat 
tezligini kamaytirish lozim. Chunki bu ko’rsatkichlar shinaning ish rejimiga
bevosita kuchli ta`sir etadi. 
Eskirish 
jarayonida 
rezinaning xususiyatlarini 
o’zgarishi. Kauchuk 
molekulasida mustahkam bo’lmagan bog’lanishlar borligi tufayli havodagi kislorod 
xona haroratida ham polimer bilan reaktsiyaga kirishib, uning eskirishiga sabab 
bo’ladi. Shuning uchun vaqt o’tishi bilan rezina xossalarini yo’qotadi, mo’rt bo’lib 
qoladi va buyumlarda yoriqlar paydo bo’ladi. Eskirish jarayoni qizdirilganda, 
yorug’likda, kislotada, ishqor, neft mahsulotlari ta’sirida tezlashadi.
Kauchuk va vulkanizatlar, barcha to’yinmagan birikmalar kabi, turli xil 
kimyoviy o’zgarishlarga moyil bo’ladi. Rezina buyumlar ishlatish va saqlash
jarayonida uzluksiz ravishda oksidlanadi. Buning natijasida rezinalarning kimyoviy, 
fizikaviy 
va 
mexanik 
xususiyatlari 
o’zgaradi. Faqat ebonit kauchuk 
makromolekulalariga mumkin bo’lgan miqdorda oltingugurtni biriktirishi natijasida 
to’la to’yingan birikmaga aylanadi. Uzoq muddat oksidlanish jarayonida rezinadagi 
barcha o’zgarishlar yig’indisiga rezinaning eskirishi deyiladi. 
Eskirish murakkab ko’p bosqichli o’zgarish toifasiga kiradi, bunda ma`lum 
bosqichlarda rezinaning elastikligi yemirilishga qarshi turg’unligi va mustahkamligi 
sezilarli darajada kamayadi. Boshqacha aytganda, vaqt o’tishi bilan rezina 
buyumlarning ish qobiliyati, shuning bilan birga, avtomobilni ishlatish ishonchliligi 
kamayadi. Rezinani eskirishidagi vujudga keladigan o’zgarishlar jumlasiga rezina 
elastikligining yo’qolishini tiklanmasligi kiradi. Natijada rezina yuqori darajadagi 
mo’rtlik xususiyatiga ega bo’lib qoladi, buning natijasida uning sirtqi qatlamlarida 
asta-sekin chuqurlashadigan yoriqlar paydo bo’ladi va oqibat natijada buyum to’la 
ishdan chiqadi. 
Rezinalarning eskirishini oldini olish turli xil uslublar asosida amalga oshiriladi. 
Rezinalarning eskirishini sekinlashtirish rezina tarkibiga eskirishga qarshi 
qo’shilmalar (ingibitorlar) qo’shish juda samarali hisoblanadi. Eskirishga qarshi 
qo’shilmalar rezina tarkibidagi kauchukka nisbatan 1-2 foiz miqdorda aralashtiriladi, 
buning natijasida rezinaning oksidlanish jarayoni bir necha yuz va hatto ming barobar 
sekinlashadi. Shu maqsadda ba`zi bir rezina buyumlar germetik polietilen g’iloflarga 
joylab ishlab chiqarilmoqda. 
Ammo, rezinalarni eskirishini oldini olish uchun faqat texnologik vositalardan 
foydalanish yetarli emas, shuning uchun qo’shimcha bir qator ekspluatatsion chora 
tadbirlar qo’llash lozim (ba`zi bir choralar to’g’risida yuqorida fikr yuritilgan edi). 




Haroratni ortishi natijasida rezinani eskirishi ortadi, jumladan, harorat har 10
0
C ga 
ortganda rezinaning eskirish tezligi 2 martaga ortadi. Yuqori yuklanishdagi 
uchastkalarda rezinaning oksidlanish jadalliligi yanada yuqori bo’ladi. 
Rezinaning eskirish jarayonini sekinlashtirish uchun rezina buyumlarni imkon 
qadar deformatsiyalanmagan holda bo’lishiga va mumkin qadar 30
0
C dan yuqori 
bo’lmagan haroratlarda ishlatilishiga erishish lozim. 
Rezina buyumlarni quyosh nuridan himoyalash muhim ekspluatatsion tadbirlar 
jumlasiga kiradi. Chunki quyosh nuri nur ta`siridagi eskirishni vujudga keltiradi. Bu 
ta`sirning xususiyati eskirish rezinaning nur tushib turgan uchastkalarida kuchli 
bo’lishidan iborat. Bunda spektrning binafsha va ul trabinafsha qismi nisbatan aktiv 
hisoblanadi. Nur ta`siridagi eskirishni oldini olish uchun avtomobilni yopiq joylarda 
yoki maxsus o’rama g’iloflar ostida saqlash lozim. 
Yuqorida keltirilgan sharoitlar bo’lmaganda hech bo’lmaganda shina va rezina 
detallarni quyosh nuri tushishidan saqlash lozim. Bunda ular oq rangdagi g’ilof bilan 
o’ralishi yoki to’siq bilan to’silishi lozim. 
Rezina buyumlarni 5-20
o
C haroratida, yorug’lik kam tushadigan, suv va neft
mahsulotlari tegmaydigan joyda saqlash kerak. 
Rezinalarning xususiyatlarini Suyuqliklar ta`sirida o’zgarishi. Avtomobillarni 
ishlatishda va rezina buyumlarni saqlashda ularga suv va neft mahsulotlarini tegish 
ehtimoli bor. Suv uzoq vaqt davomida rezinaning xususiyatlariga kuchli ta`sir 
ko’rsatmaydi. Suv sinchlangan detallarga kuchli ta`sir ko`rsatadi, metall armaturalar 
nam muhitda jadal korroziyalanadi, paxta-qog’oz tolali gazlamalar esa 
mustahkamligini yo’qotadi va tezda chiriydi. Shuning uchun sinchlangan rezina 
buyumlarni (metall karkasli, simli va gazlamali) imkoniyat qadar quruq holda saqlash 
zarur, majburiy hollarda suv tekkanda esa rezina buyumlarni albatta quritish kerak. 
TK, SKB, SKS, SKI va boshqa kauchuklar asosidagi rezinalar neft mahsulotlari 
ta`sirida o’z xususiyatlarini juda ham sezilarli darajada o’zgartiradi. Bu kauchuklar va 
ular asosidagi xom rezinalar Yuqorida aytib o’tilganidek benzinda oson eriydi
ularning bu xususiyatidan rezina yelimlari tayyorlashda foydalaniladi. Rezinalarni 
vulkanizatsiyalash ularni neft mahsulotlari ta`sirida erishiga barham beradi, ammo 
rezinalar benzin, dizel yonilg’isi, moylar va boshqa Suyuq organik birikmalar 
ta`sirida shishish xususiyatini saqlab qoladi. Rezina buyumlarni uzoq muddat neft
mahsulotlari ta`sirida bo’lishi natijasida ularni hajmi ortadi, mustahkamligi, 
elastikligi va qattiqligi kamayadi. Shuning uchun rezinani yonilg’i, moy va boshqa 
surkov materiallari ta`siridan saqlash lozim. Neft mahsulotlari rezinaga bexosdan 
tushgan hollarda esa uni tezlik bilan artib tozalash lozim. 
Avtomobil shinalarini ta`mirlash uchun materiallar. Olis masofalarga ishga 
chiqariladigan avtomobillar ichida zarur materiallar va moslamalar bo’lgan maxsus 
aptechka bilan ta`minlanishi kerak. Avtomobillar uchun quyidagi turdagi aptechkalar 
ishlab chiqariladi: ARK - kamerani ta`mirlash uchun; ARSh - pokrishka va kameralar 
uchun; ARB - yengil avtomobillarning kamerasiz shinalari uchun. Har bir aptechka 
ichida turli o’lchamli vulkanizatsiya qilingan dumaloq va to’g’ri burchak shaklidagi 
rezinadan bir komplekt yamoq (plastirlar), o’zi vulkanizatsiyalaydigan 50 g rezina 
yelimi, kameraning shikastlangan qismini tozalash uchun metall qirg’ich va jilvir 
qog’oz, kameraning shikastlangan qismiga plastirni yopishtirish uchun (ustidan 
bosish uchun) rolik, ikkitadan qopqoqcha va zolotnik, yelim surtish uchun 
mo’yqalam va pakki pichoq bo’ladi. ARSh aptechkasida bundan tashqari 


vulkanizatsiya qilingan rezina-kord plastirdan to’rt qatlam qilib qirqib olingan ikkita 
yamoq, pokrishka bortlarini ta`mirlash uchun chefer lenta, teshilgan pokrishkani 
ta`mirlash uchun turli o’lchamli oltita gribok va griboklarni qo’yish uchun moslama 
bor. ARB aptechkasida ARSh aptechkasidan farqli ravishda pokrishkalarning 
karkasini ta`mirlash uchun plastirlar bo’lmaydi. Ular o’rniga rezina pastasi bo’lgan 
shprits, tiqinlar to’plami va kameradagi teshikni shinalarni to’g’indan olmay turib 
ta`mir qilishda ularni shina ichiga qo’yish uchun moslama bor. 
Aptechka bo’lmaganda avtomobilda quyidagilar bo’lishi tavsiya etiladi: rezina 
yelim (yaxshisi alYuminiy tubikda); tselofandan qilingan himoya qatlami bo’lgan 2 
mm qalinlikdagi vulkanizatsiya qilinmagan kamera rezinasi (200-300 mm li bo’lak);
yamoq qirqib olish uchun eski kamera bo’lagi (200-300 mm); eski pokrishkadan 
qirqib olingan 2-4 qatlamli 2-3 ta manjet (250-400 mm); elektr-vulkanizator; 
kameralar va yamoqning sirtini g’adir-budir qilish uchun yirik tishli egov; rashpil
yoki metall cho’tka; zahiradagi zolotnik va qalpoqchalar; shinalarni montaj qilishda 
kameralarga sepish uchun tal k kukuni.
Rezina ishlab chiqarishdagi asosiy jarayonlar. Ko'p rezina buyumlar, ularning 
konstruksiyasi murakkabligidan qat'i nazar, odatda, umumiy texnologiya bo'yicha, 
ya'ni yarim fabrikatni tayyorlash; vulkanizatsiya qilish yo'li bilan ishlab chiqariladi. 
Yarimfabrikatlar parallel potoklarda tayyorlanadi; bular kauchuk va 
ingrediyentlarni tayyorlash, tortish, qorishma tayyorlashdan iborat. 
Ayrim texnologik operatsiyalar mexanizatsiyalashtirilgan potoklarda yoki 
avtomatlashtirilgan sxema bo'yicha amalga oshiriladi. Umumiy texnologik ishlab 
chiqarish quyidagi jarayonlardan iborat: 
xomashyoni qabul qilish va uni saqlash; 
kauchuk va ingrediyentlarni tayyorlash va ularga ishlov berish; 
xomashyoni tortib olish va ularni dozalash (me'yorlash); 
rezina aralashmasini qorish
rezina aralashmasini shakllash; 
kalandrlash, matolarga kalandr yordamida rezina qoplash; 
shprislash; 
rezina zagotovkalarni va matolarni bichish; 
rezina yelimini tayyorlash va matolarni rezina qo'shib to'qish; 
murakkab buyumlarni yig'ish; 
rezina aralashmasini vulkanlash. 
Rezina ishlab chiqarish zavodlari og'ir uskunalar bilan jihozlangan bo'lib, ko'p 
miqdorda elektroenergiya, issiqlik, gidravlik energiya talab qiladi. Shu sababli ishlab 
chiqarishni shunday tashkil qilish kerakki, ekspluatatsiya xarajatlari minimumga 
kelsin. 
Kauchuklarni plastikatsiyalash. Rezina buyumni tayyorlashda tabiiy va sintetik 
kauchuklar hamma vaqt plastoelastiklik xossasi bo'yicha talabga javob berol-maydi. 
Kauchuklarning elastik xossasi rezina buyumlar uchun juda muhim, lekin bu 
ko'rsatkich rezina aralashmasini tayyorlashda, ya'ni qayta ishlash jarayonida ishlov 
berishda salbiy rol o'ynaydi, chunki sarflanayotgan mexanik kuchning unumdorligi 
qaytar deformatsiya hisobiga kamayadi. Mexanik va issiqlik ta'sirida kauchukning 
plastikligi ko'payishi mumkin. 
Texnologik jarayon va bu hodisa natijasida kauchukning plastikligi oshishi, 
qovushqoqligi kamayishi va elastikligining tiklanishi (elasticheskoe vostanovlenie) 


plastikatsiya deb ataladi. Shuning uchun, rezina aralashmasini tayyorlash 
kauchuklarning aniq bir plastik xossaga ega bo'lgan ko'rsatkichidan foydalanishni 
taqozo qiladi. 
Rezina aralashmasi (qorishmasi)ni tayyorlash. Oldin aytilganidek, rezina 
aralashmasi murakkab ko'p komponentli sistema va uning tarkibiga kauchuk va har 
xil ingrediyentlar kiradi va ular kauchuk massasida bir tekisda taqsimlangan bo'ladi. 
Rezina aralashmasini olish uchun kauchuk va ingrediyentlar bir jinsli aralashma hosil 
qilguncha aralashtiriladi. 
10- rasm. Rezina aralashmasini tayyorlash texnologik sxemasi: 1, 12, 16, 20, 24, 
26, 27, 28, 33, 34, 38, 39, 44 - har xil materiallar uchun taqsimlash bunkerlari; 3, 7, 
22, 25, 32, 37, 41, 46 — ingrediyent-lar uchun avtomatik tarozilar; 5 — rezina 
aralashtirgich; 6 — sirkulatsion sistema; 10 - shesternyali nasos; 13, 17 — tebranma 
shnekli ta'minlagich; 35, 36, 40, 45- vintli ta'minlagich; 42 — granula holatidagi 
kauchuk uchun idish; 49 — valslar. 
Aralashtirish jarayoni bir necha bosqichdan iborat bo'lishi mumkin: 
qattiq komponentlarni maydalash;
komponentlarni kauchukka kiritish; 
aglomeratlarni disperslash; 
qorishtirish. 
Komponentlarni aralashtirish mexanizmiga ko'p komponentli sistemaning 
deformatsiyalanishi deb qarash mumkin. Bu deformatsiya natijasida aralashayotgan 
materiallarning qalinligi tobora kamayib borishi komponentlararo yuza ta'sirining 
oshib borishiga olib keladi. Natijada, shunday holatga erishish mumkinki, qatlam 
qalinligi disperslanayotgan faza zarracha o'lchamiga yaqinlashadi. 
Rezina aralashmasining sifati komponenlarning hajmda bir tekisda taqsimlanishi 
bilan belgilanadi. 
Rezina aralashmasini tayyorlash 10-rasmda keltirilgan. 
Rezina aralashmasini shakllash. Rezina buyum olish uchun rezina qorishmasiga 
aniq bir shakl berish kerak, ya'ni shakllantirish zarur (11-rasm). 


11-rasm. Rezina buyumlarni vulkanlash 
Shakllanish asosan: kalandrlash, ekstruziya (shpritsovanie), presslash, bosim 
ostida quyish usullari bilan amalga oshiriladi. Rezina ishlab chiqarishda ko'pincha 
shakllash jarayoni vulkanlash jarayoni bilan birga olib boriladi. 

Download 3.23 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval. Qattiqligiga binoan rezinalarning guruhlarga bo’linishi  Guruh Qattiqlik darajasi

Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish