Plastmassa materialni cho’zilishga sinash




Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/64
Sana13.05.2023
Hajmi3.23 Mb.
#59264
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64
Bog'liq
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
Plastmassa materialni cho’zilishga sinash 
Plastmassalarning cho’zilishga bo’lgan mustahkamlik chegarasi σ
cho’z
– eng 
Yuqori cho’zuvchi kuchning namuna ko’ndalang kesimi yuziga nisbatidir. 
Cho’zilishga bo’lgan mustahkamlikni sinash natijasida elastiklik moduli E dan 
tashqari quyidagilar aniqlanadi: 
A) cho’zilishdagi uzuvchi kuchlanish (MPa) – namuna uzilgandagi kuchning uning 
dastlabki ko’ndalang kesimi yuziga nisbati; 
B) cho’zilishdagi oqish chegarasi (MPa) – kuch miqdori deyarli oshmasa ham 
namunada deformatsiya sodir bo’ladigan kuchlanish; 
V) uzilish vaqtidagi nisbiy uzayish (%) – namuna baza uzunligi orttirmasining 
namuna bazasining dastlabki uzunligiga nisbati. 
Eng Yuqori cho’zuvchi kuch namunani uzilib ketishiga olib keladi. Material 
namunalarini cho’zilishga maxsus uzish mashinalarida sinaladi. Bunda materialga 
noldan namuna uzuvchi kuchga qadar asta – sekin oshib boradigan kuch tasir 
ettiriladi. Kuchlanish miqdori kuch o’lchagichlar (dinamometr) yordamida o’lchab 
boriladi.
Sinash uchun ishlatiladigan plastmassa namunalari presslash, bosim ostida 
quyish, shtamplash orqali maxsus press qoliplarda yoki mexanik usullar yordamida 
taeyor zagatovkalardan olinadi. Namunalarning shakl va o’lchamlari standartlashgan 
bo’lib, ular besh xil ko’rinishda bo’ladi. 1-rasmda namunalarning tipi, 1-jadvalda esa 
ularning o’lchamlari keltirilgan.
Namuna tiplari plastmassaning turiga qarab olinadi, bunda I xil – cho’zilishda 
Yuqori nisbiy uzunlikka (polietilen, plastikat PVX) ega bulgan plastmassalar; II xil – 


ko’pchilik termoreaktiv, termoplastik va qatlamli plastiklar; III xil - -shishaplastiklar; 
IV va V xillari esa gomogen strukturali termoplastik va termoreaktiv plastmassalarni 
sinash uchun ishlatiladi.
Listli va qatlamli materiallardan sinash namunalari sinaladigan plastinkalardan 
ikki yo’nalishda (uzunasiga va eniga) qirqib tayyorlanadi. Bunda namuna qalinligi 
o’rnida o’sha list yoki plitaning qalinligi qolaveradi, lekin u 10mm dan ortiq 
bo’lmasligi kerak. Agar plita qalinligi 10 mm dan ortiq bo’lsa, u vaqtda plitaning 
faqat bir tomoniga ishlov berish yo’li bilan uning qalinligi 10 mm ko’rinishga 
keltiriladi. 

Download 3.23 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64




Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Plastmassa materialni cho’zilishga sinash

Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish