|
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
|
bet | 22/57 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 7,65 Mb. | | #159381 |
Bog'liq 5-7 tugarak hujjatlariMustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Uyga vazifa:Mavzuni qayta o`rganish.1-10-mashqlar
12-mashg`ulot mavzusi:
Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash
Mashg`ulot maqsadi:
A)Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga hujjatlarda rasmlar bilan ishlash haqida tushunchalar berish;
B)Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni estetik tarbiya ruhida tarbiyalash;
C)Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning hujjatlarda rasmlar bilan ishlash haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
Kompetensiya:
(TK2)Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:— rastrli grafik muharrir yordamida rasm va fotosuratlarni qayta ishlay oladi;
(FK2)—O’quvchida axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi shakllanad
Mashg’ulotning borishi
Tashkiliy qism
1)Salomlashish;
2)Davomatni aniqlash;
Takrorlash.
Yangi mavzuni o`rganish.
Matn mazmunini boyitish maqsadida hujjatga rasmlar yoki fotografiyalar joylashtirish mumkin. Buning uchun avval yurgich rasm joylashtirilishi kerak bo‘lgan joyiga o‘rnatiladi, so‘ng Вставка tasmasining Иллюстрации guruhiga murojaat qilinad Rasmlar 2 xil manbadan joylashtirilishi mumkin: 1) MS Word kolleksiyasidan; 2) rasm faylidan.
MS Word kolleksiyasidan rasm joylashtirish
Microsoft kompaniyasi foydalanuvchiga qulay bo‘lishi uchun ko‘p miqdordagi rasm, fotografiya va rasm eskizlarini o‘z kolleksiyasiga jamlagan. Kolleksiyadagi rasmlarni joylashtirish uchun Вставка tasmasining Иллюстрации guruhidagi quyidagi tugma tanlanadi:
MS Word 2010 naqllarida kerakli tugma tanlangach oynaning o‘ng qismida (quyidagi 1-rasm) rasm va eskizlarni tanlash uchun vazifalar sohasi ochilad Vazifalar sohasi MS Word 2010 da Картинка deb nomlangan. Vazifalar sohasining Искать объекты tanlov maydonchasida (quyidagi 2-rasm: Tayinlanganlik bo‘yicha illyustratsiyalar va fotografiyalar tanlangan bo‘ladi) joylashtirilishi ko‘zda tutilayotgan obyektlar turi aniqlanad Vazifalar sohasidagi Начать tugmasi tanlanganda kolleksiyadan tanlangan turlarga mos barcha rasmlar ro‘yxati eskiz (quyidagi 3-rasm) ko‘rinishida aks etad Endi hujjatga kerakli rasmni joylashtirish uchun dastyor yordamida mos eskizni tanlash yetarli.
|
| |