|
Uyga vazifa: Antiviruslar va viruslarning oldini olish choralar
|
bet | 52/57 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 7,65 Mb. | | #159381 |
Bog'liq 5-7 tugarak hujjatlariUyga vazifa: Antiviruslar va viruslarning oldini olish choralar
32-mashg’ulot:
Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida
Mashg’ulotning maqsadi:
A)Ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga axborotlarni himoyalash va antiviruslash haqida tushuncha berish.
B)Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga axborotlarni himoyalash ko`nikmalarini hosil qilish.
C)Rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish.
Darsning jihozi: 7 - sinf informatika darsligi, plakat, texnika vositasi, (kompyuter),
chizmalar, rangli qog`ozlar, tarqatma material, testlar, mashqlar.
Darsning uslubi: Aqliy hujum interfaol mashqlar yordamida o`quvchilar orasida rivojlantiruvchi muhit hosil qilish.
Kompetensiya:
(TK2) Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:— antiviruslar haqida tushuncha berish;
(FK2) — O’quvchida axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi shakllanad
Mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlanadi, o`quvchilar diqqati darsga jalb qilinad
Barcha moddiy narsalar kabi axborot ham o`z qiymatiga ega. Shuning uchun biror foydani ko`zlab axborotni “o`g`irlash”, ‘buzish”, “keraksiz ma`lumotga to`ldirish”, axborot saqlanadigan qurilmalarni ishdan chiqarish hollari hayotda uchramoqda. Demak, bu kabi zararli ishlardan himoyalanish dolzarb vazifadir.
Axborot va jinoyat
Keyingi paytlarda axborotni himoya qilish muammolari nafaqat mutaxassislarni, balki, barcha hisoblash texnikasidan foydalanuvchilarni o`ziga jalb etmoqda. Bu, albatta, kompyuter texnikasining inson hayoti va faoliyati va faoliyatiga jadallik bilan kirib kelayotgani bilan bog`liq.
“Axborot” tushunchasiga yondashuv ham tubdan o`zgarib mormoqda. Bu atama keyingi paytda ko`proq sotib olinadigan, sotiladigan yoki biror narsaga almashinadigan o`ziga xos maxsulotni ifodalamoqda. Shuni aytish lozimki, bunday mahsulot aksariyat hollarda o`zi saqlanayotgan hisoblash texnikasidan o`nlab, hatto yuzlab barobar qimmat turad
Internet axborot “o`g`rilarini” (axborot o`g`rilari kompyuterlar yaratilgunga qadar ham bo`lgan) yangi pog`onaga ko`tard Endi kompyuter, modem va yetarli dasturiy ta`minotga ega bo`lgan malakali dasturchi dunyoning ixtiyoriy burchagida joylashgan turli davlat tashkilotlari, xususiy korxona, internet xizmatidan foydalanayotgan shaxs va hokazolarga tegishli axborotlarni o`z xonasidan chiqmasdan o`zlashtirib olishi (o`g`irlashi), ularni g`arazli maqsadlarda o`zgartirishi yoki biror boshqa zarar yetkazishi mumkin. Bu o`z-o`zidan axborotni himoyalash extiyojini keltirib chiqarad
Kompyuterlar inson ish faoliyatini yengillashtirish maqsadida yaratild Ularning soni kun sayin ortib bormoqda. Ammo shu bilan birga jamiyatning kompyuter tizimlariga bog`liqligi ham ortib bormoqda. Hozirgi kunda tibbiyot, soliq va bank tizimi, transport kabi asosiy sohalarda boshqaruv va tashhis ishlari kompyuterlar zimmasiga yuklatilgan. Kompyuter tizimlari xarbiy sohada ham alohidao`rin tutad
Jamiyatni kompyuterlashtirishning ma`lum bir pog`onasida kompyuterlar yakka va uyushgan jinoyatchilar guruhlarini o`ziga jalb etd Ular yetarli texnik va dasturiy vositalarga ega bo`lib, qiyinchiliksiz maxfiy ma`lumotlarni o`g`irlash, diversiya, firibgarlik va boshqa jinoiy ishlarni amalga oshirishlari mumkin bo`lib qold Adliya, kriminalistika, milliy havfsizlik soha mutaxassislari yangi, kutilmagan muammoga duch kelib qold
1971-yil AQSHning “nyu-York Penni Sentral Reylroud” temir yo`l kompaniyasi qimmatbaho yuk ortilgan 200 ta vagoni yo`qolganini payqab qold Bu ishni tekshirish jarayonida bir qancha boshqa firmalarning ham vaqonlari yo`qolgani aniqland Sinchkovlik bilan olib borilgan tekshirish vagonlar yo`qolishining sababi kompyuterga atayin notog`ri manzil kiritilganida ekanini ko`rsatd Bu rasmiy qayd etilgan birinchi “elektron jinoyat” ed Hozirgi kunga kelib kompyuterlar ham, aloqa tisimlari ham beqiyos darajada rivojlanib ketd Bu “elektron jinoyatchilar”ga ham imkoniyatlar yaratib berd
|
| |