O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi




Download 440 Kb.
bet5/21
Sana01.04.2017
Hajmi440 Kb.
#2821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Non isi (Rivoyat)

Bir kuni Husayin bayqaro:



  • dunyodagi eng xushbo’y narsani keltiring, - deb qolibdi. Unga quchoq-quchoq gul keltirishibdi. Sulton:

  • yo’q, - debdi.

Vazirlar nima qilishni bilmay, o’ylayverib boshlari qotibdi. Oxiri topolmasdan Alisher Navoiyga murojat qilishibdi.

Navoiy bir savat non bilan saroyga yetib boribdi. Bir zumda saroyni non isi tutibdi.

- Rahmat, do’stim, - debdi Husayin Bayqaro noni ko’rib, - yangi yopilgan non isini istayotgan edim, topib kelibsiz.

Maqol

Keksalik – donishmandlik.

Yaxshilik qilsang – yaxshilik ko’rasan.

Maqtanma g’oz – hunaring oz.

Halol mehnat – yaxshi odat,

Berar senga saodat.

Hunarli kishi xor bo’lmas.

Ona yurting omon bo’lsa,

Rangi ro’ying samon bo’lmas.

Ona yurting – oltin beshiging.

Vatani borning baxti bor.

Ular ajdodlarimizning orzu-armonlarini, pandu nasihatlarini o’zida jamlab, bebaho qomusga aylangan.

Shu narsa diqqatga sazovorki, bir tomondan u yoki bu janr orqali xalqimizning bola tarbiyasi borasidagi qarashlari, tarbiyaning turli-tuman tomonlari – jismoni, aqliy kamolot, axloqiy sifat, yestetik did, maktab va kasb hunar ta’limi aks yettirilsa, boshqa tomondan yana o’sha janrda tarbi tarkibini oshirish yo’l – yo’riqlari va vositalarining ham ko’rsatilishidir. Bu xalqimizning qadim zamonlarda o’ziga xos milliy tarbiya tizimiga yega yekanligidan darak beradi. Har bir oilada, har bir xonadonda, har bir qavmda ota – ona, buvi-bobolar; allachi-yu, yertakchilar tarbiyada asosiy vosita hisoblangan. Xalq og’zaki ijodi – alla, qo’shiq, topishmoq, maqol, yertak aytgan. Xalq jamiki moddiy boyliklarni yaratuvchi kuchgina bo’lib qolmay, u ma’naviy boyliklarning ham birdan – bir yagona va bitmas tuganmas manbaidir. Xalq o’z ijodining go’zalligi va genialligi jihatidan birinchi faylasuf hamda shoir bo’lib, u yer yuzidagi barcha alla, topishmoq, maqol, yertak, dostonlarning, shulardan yeng ulug’i jaxon madaniyati tarixining yaratuvchisidir. Ana shu yaratuvchining o’zi tarbiyali bo’lmog’i kerak.

Tabiatning noyob in’om-ehsoni bo’lgan hayotni odam bolasiga buyuk zotlar – ota-ona baxshida yetadi. Har bir o’g’il va qiz yoshlik chog’idanoq oila a’zolari, qarindosh – urug’lari, qo’ni-qo’shnilari va o’z yaqinlariga yaxshilik qilishga intiladigan, ularga quvonch baxsh yetadigan inson qadr-qimmatini yuqori ko’rsatadigan sifatlarga yega bo’lishi ota-onalarining ularga bergan ta’lim – tarbiyasiga bog’liq. Bolalar yoshligida taqlidchan bo’lgani sababli ota-ona xarakteridan iborat bo’ladi. Bu g’oyani ming bor sinovdan o’tkazgan mehnatkash xalq o’z farzandlari aql-idrokli, faxim – farosatli, tadbirkor, jismoniy sog’lom, baquvvat, folklor vositasidan foydalani, chidamli, qo’rqmas va botir, mehnat sevar, mohir hunarmand, ma’naviy pok, chinakkam vatanparva, yestetik didli kishilar qilib tarbiyalabkelgan.[15]

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy-ma’naviy qadriyatlarni o’rgatishda bolalarning aqli, idroki, tarbiyalanganlik darajasi, dunyoqarashi va boshqa qator omillarni hisobga olish zarur. Chunki shunday omillarga qarab o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida u yoki bu manbaga murojat qiladi.

O’quvchilarga milliy-ma’naviy qadriyatlarni o’quvchilarga o’rgatishga dars jarayoni bloki, «Oila-mahalla-maktab” tizimidan «Kamolot» YoIH-yoshlar uyushmasi qoshidagi “Kamalak” faoliyatidan ham foydalanish mumkin. Ushbu tizimda keltirilgan tarkibiy qismlarning barchasi ham milliy tarbiyani amalga oshirishda o’z o’rni va ahamiyatga yega. Tarkibiy tuzilmada oilaning asosiy o’ringa qo’yilishiga bir qator sabablarni ko’rsatish mumkin. Birinchidan, bolada dastlabki tarbiya yelementlari oiladagi muhit asosida shakllanadi; ikkinchidan, oiladan tashqarida o’rganilgan tarbiya yelementlari oilada mustahkamlanadi; uchinchidan, oila bolaning muqim yashash joyi bo’lganligi sababli shakllangan yelementlarga amal qilinishini nazorat qilishi mumkinbo’ladi va hakazo.

Aytib o’tilganidek, tarkibiy qismlarning har birida milliy tarbiya o’ziga xos tarzda amalga oshiriladi. Ammo, ularning maqsadi bir bo’lganligi sababli ishni yo’lga qo’yishda tarbiyalanuvchilar yosh xususiyatlaridan kelib chiqish asosiy masalalardan biridir.

Umumta’lim maktablarida boshlang’ich sinf o’quvchilariga MMQni o’rgatishda pedagogik va psixologik tadqiqot natijalari asosida tavsiya yetilgan usullarga, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga amal qilish zarur. Bu o’qituvchining o’quvchilar bilan faol ish olib borishiga yordam beradi.

Pedagogik texnologiya — ukituvchi maxoratiga boglik bulmagan xolda pedagogik muvaffakiyatni kafolatlay oladi­gan, ukuvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyixasidir. (V.P. Bespalko.)

Pedagogik texnologiya — ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti. ( I.P. Volkov.)

Ta’lim texnologiyasi — didaktik tizimning tarkibiy ja-rayonli kismi. (M. Choshanov.)

Pedagogik texnologiya — ukuv jarayonining ukuvchilar va ukituvchi uchun suzsiz kulay sharoitlar ta’minlashni loyi-xalash, tashkil kilish va utkazish buyicha x.amma detallari uylab chikilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli. (V. M. Monaxov.)

Pedagogik texnologiya — texnika resurslari, odamlar va ularning uzaro ta’sirini xisobga olgan xrlda ta’lim shakl-larini optimallashtirish vazifasini kuyuvchi ukitish va bilimlarni uzlashtirishning xamma jarayonlarini yaratash, kullash va aniklashning tizimli metodi (YuNESKO).

Pedagogik texnologiya — bu tizimli fikr yuritish usuli-ni pedagogikaga singdirish, boshsacha k.ilib aytganda, pedago­gik jarayon ni muayyan bir tizimga keltirishdir.

Pedagogik texnologiya — bu ukitishga uziga xos yangicha (innovasion) yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muxandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika soxasiga kuchirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi xisoblanadi. (B. L. Farberman.)

Pedagogik texnologiya — turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta’riflari mazmunini uzida mujassam etuvchi umumlash-tirishdan iborat. ( G. K. Selevko.)[10,11,14]


Ўқувчи шахсига йўналтиришга асосланган пед тех


Хусусий, альтернатив муаллифлик пед тех


Янги пед тех

-эмперик


-эвристик

-когнитив

-инверсион

-интегратив

-адаптив

-инклюзив



1. O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan - ta’limning insonparvarlikka asoslangan texnologiyasi.

2. O’quvchi faoliyatini follashtirish va jadallashtirishga asoslangan pedagogik Texnologiya – muammoli ta’lim, o’yinlar.

3. O’quv materialini didaktik jixatdan takomillashtiruvchi – bilimlar chuqur mazmunga ega bo’lgan, tizimiy yondashuv, eng optimal variantidir.

4. O’quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilishga asoslangan pedagogik Texnologiya.

- tabaqalashtirilgan,

- individuvallashtirilgan ta’lim Texnologiyalari.

- dasturlashtirilgan ta’lim Texnologiyalari.

- jamoa usuli.

- guruqli, kompyuterli ta’lim Texnologiyasi.

5. Rivojlantiriuvchi ta’lim Texnologiyasi.

- o’quvchi shaxsining ijobiy sifatlari.

- ayrim soqadagi bilimlarni rivojlantirish.

- ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish.

6. Xususiy alternativ mualliflik pedagogik Texnologiya.

7. Emperik – sezgi a’zolari orqali bilim olish.

8. Kognitiv – atrofdagi olam to’g’risidagi bilimlar doirasini kengaytirish Texnologiyasi.

9. Evristik- yo’naltiruvchi savollar yo’li bilan ta’lim berish tizimi.

10. Kreativ- tadqiqot, ijodiy tafakkurni boyitish.

11. Inversion – axborotlarni turli tamondan o’rganish, o’rnini almashtirish, xususiyatiga ega bo’lib, tafakkur tizimini shakillantiradi.

12. Integrativ – bir butunligi asosida yagona to’g’ri xulosani aniqlash.

13 Adaptiv – axborotlarni va ulardan foydalanish jarayonini o’rganish qamda o’rgatish uchun qulaylashtirish, moslashtirish asosida kutilgan natijaga erishish.

14. Inklyuziv – o’qituvchi Bilan o’quvchining o’zaro munosabatlarida tenglik asosida ta’lim tarbiya jarayonini tashkil qilish.

Pedagogik Texnologiya quydagi belgilarga ko’ra tasnif qilinadi.

- qo’llanish darajasiga ko’ra.

- falsafiy asos bo’yicha.

- asosiy rivojlantiruvchi omili bo’yicha.

- o’zlashtirishi bo’yicha.

- o’z belgisi bo’yicha.

- mazmun xususiyati bo’yicha.

- boshqaruv turi bo’yicha

- metodlar bo’yicha.

Kichik yoshdagi o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda ularning tasavvuri doirasidagi tushunchalardan foydalanish yaxshi samara beradi, deb aytish mumkin. Jumladan, bola ongi, idroki, shuuri o’ziga singdira oladigan ma’lumotlar bola xotirasida uzoq muddat saqlanib qoladi va keyinchalik hayot yo’lida ulardan bevosita foydalanib keladi. Aksincha, kichik yoshdagi bolalarning ongshida gavdalanmaydigan tushunchalar haqida so’z yuritish ularda noto’g’ri tasavvurlarning shakllanishiga sabab bo’ladi.

Ma’naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirishda dastlab bolalarga muomala madaniyatini o’rgatish zarur. Chunki, muomala madaniyatiga amal qilish ma’naviy-axloqiy tarbiyani samarali amalga oshirish yo’llaridan biri hisoblanadi. Muomalaga kirishishning avvali salom berishdan boshlanadi. Juda ko’plab tarbiyaviy va badiiy-ommabop adabiyotlarda salom berish haqidagi masalaga takror va takror to’xtalib o’tilgan. Salom berishning ahamiyati haqidagi yeng sodda tushuntirish afsonalarda ham juda ajoyib tarzda keltirilgan. Masalan, badiiy-mifalogik to’qima adabiyotlardagi ham ijobiy, ham salbiy qahramonlar salomlashishning afzalliklari, yaxshi jixatlarini o’z so’zlari va xatti-xarakatlari orqali bildirishadi. Misol tariqasida adabiyotlarda, xalq og’zaki ijodi namunalarida uchraydigan quyidagi holatni keltirish mumkin. Ya’ni, yertak qahramoni yalmog’iz kampirning kulbasiga kirganida salom berganligi uchun yalmog’iz kampir «Agar saloming bo’lmaganda ikki yamlab, bir yutar yedim» deydi. Yalmog’iz kampir salbiy obraz sifatida talqin qilinishi ma’lum. Biroq, salomlashish tufayli uning ijobiy qahramonga nisbatan iliq munosabat namoyon qilganligini ko’rishimiz mumkin. Bu ibora bilan yosh bolalarda «Salom bersang yomon odam ham yaxshi munosabatda bo’lar yekan!» degan tushuncha hosil qilinadi va salomlashishga o’rgatish uchun bir vosita bo’lib xizmat qiladi.

Salomlashish har bir insonning burchi yekanligi haqida hadislarda ham ko’p yozilgan. Hatto, salom berishning tartibi ham mantiqiy jihatdan asosli qilib tushuntiriladi. Manbalarda ko’rsatilishicha, ulovda yurgan odam piyodaga, piyoda yurgan odam turgan odamga salom berishi yoki yeshikdan xonaga kirib kelgan odam o’tirgan odamga yoxud bo’sh xonaga ham salom berib kirishi lozim. Bu ham ma’naviy tarbiyaning o’ziga xos bir ko’rinishidir.

Milliy – ma’naviy qadriyatlarni kichik yoshdagi o’quvchilar ongiga singdirishda qadriyat tushunchasiga albatta to’xtalib o’tish kerak.





Download 440 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 440 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi

Download 440 Kb.