• 1.2. Milliy – ma’naviy qadriyatlarni singdirishning nazariy asoslari.
  • O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi




    Download 440 Kb.
    bet8/21
    Sana01.04.2017
    Hajmi440 Kb.
    #2821
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
    Milliy – ma’naviy qadriyatlar –muayyan xalq, millat, e’latlar tomonidan yaratilgan ulkan boy ma’naviy me’roslar tizimi .

    Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda ushbu bitiruv malakaviy ishimizda milliy ma’naviy qadriyatlarni o’quvchilar ongiga singdirishni nazariy asoslariga to’xtalish ushbu ish maqsadini yoritishga xizmat qildi.




    1.2. Milliy – ma’naviy qadriyatlarni singdirishning nazariy asoslari.

    Yurtimizda inson olamini yuqori bosqichga ko’tarishda ta’lim siyosati asosiy masala hisoblanadi. Chunki «Har kimning bilim olish huquqi» Konstitusiyaviy kafolatlangan bo’lib (41 - modda), uning komil shaxs bo’lib yetishishi uchun «fikrlash, so’z va e’tiqod yerkinligi» (29 - modda) beriladi. Shuningdek ma’naviy tarbiya olib borish davlat nazoratdadir (57 - modda). Bu nima degani? O’zbekistonda ma’naviy ma’rifiy ishlar umumjahon ta’lim talablari doirasida amalga oshiriladi deganidir. Biroq, turli oqim va yo’nalishlarning davlat standartlaridan tashqari faoliyati, xatti – harakatlari bizda ma’naviy tajovuz sifatida qabul qilinadi va ular qonun bilan ta’qiqlanadi. Demak, yurtimizda yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashda, kamolga erishishda, qonun bilan himoyalanishi muhim hisoblanadi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov, «Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat yetadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon – irodasini, ye’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonning uyg’otadigan qudrat botiniy kuchni tasavvur qilaman» [1,2,3,4] – degan fikrini “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida bildirgan. Demak, ma’naviy tarbiya «qudratli botiniy kuch»dir. Insonni har tomonlama kamol toptirishda ruhan poklash; yuksalishga da’vat qilish; ichki olamini boyitish (bilimini); irodasini mustahkamlash; ye’tiqodli qilish; vijdonini charaxlashga xizmat qiladi. Bunday beqiyos fikrlarda jamiyatning ijtimoiy va pedagogik – psixologik muammolari o’z aksini topgan. Demak bugungi kunda m’naviy tarbiya ijtimoiy – pedagogik muammo sifatida yuzaga chiqmoqda. Mamlakatimizda yangi turdagi o’quv yurtlari-akademik liseylar va kasb hunar kollejlari tashkil qilinmoqda. Bu bilan o’zbekiston ta’lim tizimida yangi yo’nalish paydo bo’ldi. Ularda yangi umidlar bilan mustaqillik yillarida ilk bor maktab ostonasiga qadam qo’ygan o’quvchilar ta’lim olishmoqda. Demak, bu o’quvchilar butunlay yangi pedagogik texnologiyalar asosida tarbiyalanishi ijtimoiy – pedagogik zaruriyatdir. Ma’naviy tarbiyaning eng qimmatli vositasi ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ulkan boy ma’naviy me’rosi hisoblanadi.

    Shunday qilib, yangi turdagi o’quv yurtlari o’quvchilari ma’naviy jihatdan tarbiyalanishi lozim. Buning uchun ularda Prezidentimizning yuqorida bayon qilgan ma’naviy tarbiyaning mohiyatini singdirish lozim. O’zgacha aytganda, yangi turdagi o’quv yurtlari o’quvchilarini ma’naviy tarbiyalashda ushbu tuyg’ularning ularda shakllanishiga jiddiy ahamiyat berish va butun faoliyatini shunga yo’naltirish lozim: - boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy – ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalash; - boshlang’ich sinf o’quvchilarni milliy – ma’naviy qadriyatlar asosida kamol toptirish; - o’quvchilarning dunyoqarashini boyitish; - o’quvchilarni bosqichma-bosqich ma’naviyatchashmalari bilan qurollantirish; - o’quvchilarni muomala san’atiga o’rgatish; - boshlang’ich sinf o’quvchilarda milliy – ma’naviy qadriyatlar asosida ichki olamni boyitish; - boshlang’ich sinf o’quvchisining bilimini oshirish; - o’quvchilarni tinglovchi sifatida yemas, balki baxs jarayonining fa’ol ishtirokchisi, haqiqatni yuzaga chiqarishda muhim xulosalarni tarkib toptiruvchi shaxs sifatida tarbiyalash; - boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy – ma’naviy qadriyatlar asosida irodali qilib tarbiyalash; - boshlang’ich sinf o’qituvchisining xarakterini shakllantirishga erishish; - boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy – ma’naviy qadriyatlar zamirida burchni anglashga o’rgatish kabilar orqali o’quvchilarda milliy-ma’naviy dunyoqarashning shakllantirilishi negzida ularda ota-onaga nisbatan, o’z burchini anglash o’rgatiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida yeng go’zal insoniy tuyg’ularni asta sekinlik bilan tarkib toptirishda MMQ larning o’rnini hyech narsa bilan baholab bo’lmaydi. Keyingi bosqich esa o’quvchilarini milliy – ma’naviy qadriyatlar zamirida vijdonli qilib tarbiyalash orqali o’quvchilarda ta’lim-tarbiya atrof muhitga ongli munosabatda bo’lish atrof muhitga sadoqat, adolat va muhabbat tuyg’usi bilan yondashish ko’nikmasi shakllantiriladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarda oriyat tushunchasini shakllantirish esa murg’ak qalblarda biron bir ishga o’z munosabatini oriyat nuqtayi nazardan bildirishga odatlantiriladi.

    Boshlang’ich sinf o’quvchilarining faoliyati to’g’risida fikr yuritganda shu narsa alohida ta’kidlanishi lozimki, uning asosini ona tarbiyasi tahlil qiladi. Oiladagi an’analar farzandga ism qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib, savodini chiqarish, ilmliqilish; tabiatga o’rgatish; odob – axloqqa yo’naltirishlar boshlang’ich sinf o’quvchilari faoliyatining asosini tashkil qiladi.

    Bolalar oilada ijtimoiy hayot talabalarini anglaydi. Keyinchalik esa ularni to’laqon anglatdi pedagogning zimmasiga yuklanadi.

    Boshlang’ich sinf o’quvchisiga zamonaviy bilim berib, uning dunyoqarashini kengaytirish uchun pedagogdan avvalo, shunday bilimga yega bo’lish talab yetiladi. Bu borada u o’z ishining ustasi, tashabbuskor, pedagogik faoliyat mag’zini va negizini anglash talab qilinadi. Bunda har bir pedagog o’quvchilarni tarbiyalashda oila pedagogikasiga tayanib boshlang’ich ta’lim mazmunini go’zal bilim va go’zal fikrlar bilan yetkazib berish kerak.

    O’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish uchun yeng sodda ya’ni, bugungi jamiyatda, umuman, kundalik xayotda ko’p qo’llaniladigan «Yaxshi odam» iborasi, tushunchasidan kelib chiqqan holda yaxshi odam o’zi kim? U nima qilishga qodir? degan savollarga javob tariqasida o’quvchilarga batafsil tushuntirish ishlari amalga oshirilsa, o’quvchilar qalbida yaxshi insonlarga o’xshash ishtiyoqi paydo bo’ladi. Bunda yaxshi insonga xos ijobiy hislatlarini birmuncha yorqinroq ranglar bilan, salbiy xususiyatlarini qora ranglar asosida tasvirlab ko’rsatish orqali yanada yaqqolroq tasavvur hosil qildirish mumkin. Chunki boshlang’ich sinfda tahsil olayotgan o’quvchi uchun ranglar asosida tushunchalarni shakllantirish qobiliyati kuchli bo’ladi. Bu o’rinda bir mutafakkirning maktab haqidagi quyidagi fikrini keltirishim lozim: «Maktab voyaga yetayotgan avlod tafakkurini, dunyoqarashini shakllantirish ustaxonasidir…». Maktab haqidagi fikr yuritar yekanmiz, u ta’lim maskani sifatida pedagog va o’quvchining faoliyatini o’z ichiga oladi. Pedagogning fidoyilik fazilati, o’zini tutishi, fikri va nutqining sofligi yosh avlod tafakkurida o’ziga xos axamiyat kasb etadi.



    • o’qituvchi

    • fidoiylik

    • fazilat

    • fikr

    • nutqlar qo’yiladi.

    Yuqaridagi ta’riflardan shuni anglash mumkinki, o’qituvchi faoliyatida fidoiylik muhim fazilat hisoblanadi. Kimnidir fidoiy deb atash uchun kishi ayrim xususiyati milliy an’analar, qadriyatlarni o’zida shakllantirgan bo’lishi kerak, bundan tashqari o’zi boshqalarga yaxshilik qiladigan va yaxshilikka o’rgatadigan bo’lishi lozim. Fidoiy bo’lish insondan eng ulug’ ne’matlarni talab qiladi. Bu borada u o’sib ulg’ayib kelayotgan yosh avlod bilan ishlashda charchoq nima ekanligini sezmasligi uchun u bolalar dunyosi, bolalar olami bilan yashashi kerak.

    “Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun pedagog ularning xayotida asosiy rol o’ynaydi. Ayni shu vaqtlarda fikrimcha, pedagog bola dunyoqarashini shakllantirish uchun quyidagi 4 qoidaga amal qilishi kerak. Bular: 1. har bir bola xarakteri alohida ye’tibor berib aynan unga xos yo’nalishda ta’lim berish; 2. ta’lim bilan bir qator tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish, bu tamoyil bo’yicha o’zi namuna bo’lishi kerak; 3 «Mahalla-oila-maktab» yo’nalishi bo’yicha birgalikdagi ishlarini olib borish; 4. Yoshiga moslab bolalarga dars boshida yoki dars tugashidan bir necha daqiqa oldin kichik hikoya yoki afsona, tarixdagi mashhur qahramonlarimiz haqidagi bitiklardan keltirish;

    Bundan tashqari, dunyoqarashni shakllantirish va kengaytirish jarayonida pedagogni tashabbuskorligi muhim. O’quvchida yendigina shakllanayotgan qobiliyat talantni jonlantiradi. Yana bir xususiyat o’qituvchi-pedagogning san’atkorlik qobiloiyati, bu har qanday sharoitda vaziyatning to’g’ri tashkil qilish imkonini va o’quvchining izlanuvchanligini, o’qishga intilishni oshiradi. Mana shu yo’nalishlarini amalga to’g’ri qo’llay olishning taminlash maqsadida hozirda maktablarda pedagog bilan bir qatorda maktab ruhshunos bilan maslahatlashgan holda faoliyat yurgizishi, har bir bolani ichki dunyosi o’rganishda uning yordamida bevosita foydalanish zarur.

    Keyingi bosqichda, o’qituvchi pedagogning asosiy faoliyatidan biri bu bolalarga tabiat, oilaga mehr uyg’otishdir. Bola ongida o’zi yashab turgan zaminga, uning har bir xasisga, jondor hashoratiga, bir siqim tuprog’iga muhabbatni shakllantirish. Uning natijasida bizning yosh avlod biz qilib kelayotgan tabiatga noto’g’ri munosabatni takrorlamaydi. Biz duch kelgan muammolarni yechimini topadilar.

    O’quvchi dunyoqarashini shakllantirishda, ijtimoiy hayotda o’z o’rniga yega bo’lishni fidoiy malakali o’qituvchi pedagogning roli uning faoliyati muhim ahamiyat kasb yetadi. Bunga misol tariqasida yosh avlod trbiyasi sohasida o’z faoliyatlarini a’la darajada bajarib, davlatimiz mukofatlariga sazavor bo’lgan bir qancha pedagoglarni keltirish mumkin.

    Zero, ularning faoliyatini fikrlaydigan, dunyoqarash keng va iqtidorli yoshlar qiyofasida ko’rish mumkin”.[15]

    Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalashda quyidagilarga e’tibor berilsa maqsadga muofiq hisoblanadi.:



    Download 440 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




    Download 440 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi

    Download 440 Kb.