• Tabiatshunoslik
  • O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (1 soat)




    Download 1.71 Mb.
    bet141/148
    Sana24.03.2017
    Hajmi1.71 Mb.
    #1479
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   148
    O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (1 soat)

    Tabiatshunoslik

    (3 - 4 sinf)



    Uqtirish xati

    Tabiatshunoslik fani 3–4-sinflarda o‘rganiladi. Tabiatshunoslik tabiiy-ilmiy o‘quv fanlari sirasiga kiradi. Mazkur fan tabiat, tabiiy boyliklardan foydalanish va asrash bo‘yicha odamlarining mehnati haqidagi sodda bilimlar, shuningdek, o‘quvchilarning amaliy o‘quv faoliyati asosida ularda tabiatni chuqur anglash, o‘z yurtiga muhabbat uyg‘otishni shakllantirish jarayonini davom ettirishga qaratilgan.

    Tabiatshunoslik 1-2-sinflarda o‘qitilgan "Atrofimizdagi olam" kursining davomi hisoblanadi. O‘quvchilarga tushunarli ravishda tabiat va jamiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik va ziddiyatlar o‘rgatiladi.

    O‘quvchilar insonlar oldida turgan aniq ekologik muammolarni biladilar. Bunday muammolarga jonsiz tabiatni va tuproqni ifloslanishdan, yemirilish va kuchsizlanishdan saqlash; turli tirik mavjudotlar va ularning vakillarini saqlash; insonlar sog‘ligini saqlashda tabiatni asrash kiradi.

    Tabiatshunoslikni o‘qitish bolalarda butun Yer yuzi tabiatini asrab-avaylash hissini shakllantiradi. O‘quvchilar tabiatni asrash yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan alohida ko‘nikmaga ega bo‘ladilar. O‘quvchilarga o‘lkamizning tabiat hodisalari va undagi jismlar haqida boshlang‘ich bilimlar berish; sodda misollar bilan tabiat, shuningdek, inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni ko‘rsatish; tabiatdan foydalanish va uni asrash bo‘yicha inson faoliyati bilan tanishtirish; tabiatni asrash uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish va shu asosda tabiatga nisbatan maqbul dunyoqarashni shakllantirish; o‘quvchilarni ekologik, etik, estetik, mehnat, baynalmilal, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tabiatshunoslik kursini o‘qitishning asosiy maqsadi hisoblanadi.

    Bolalarni o‘quv dasturi bo‘linmalariga muvofiq yangi bilimlar bilan qurollantirishgina emas, balki 1 – 2-sinflarda olgan tabiat haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish tabiatshunoslik kursining vazifasi hisoblanadi. Tabiat va jamiyat hayotini ko‘p yoqlama bilish qator aloqalarni tushunishga va atrof-muhitga shaxsiy munosabatni shakllantirishga imkon beradi. Ekologik ta’lim maqsadlaridan kelib chiqib, tabiashunoslik insonning tabiatga ta’siri bilan tanishtirishni o‘z oldiga muhim vazifa qilib qo‘yadi.

    Tabiatshunoslik fanini o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi quyidagi vazifalarga e’tibor berishi lozim:


    1. Jonli va jonsiz tabiat va maktab atrofidagi, viloyatdagi, o‘z yurtidagi kishilarning mehnati haqidagi tasavvur va tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish;

    2. Tabiatdagi va kishilar mehnatidagi mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatish;

    3. Oddiy ilmiy dunyoqarashni shakllantirish maqsadida tabiatdagi voqelikni bolalar bilan doimiy kuzatib borish;

    4. Aniq misollar asosida ashyolar va tabiat hodisalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ochib berish, tabiatning odamlar mehnatiga ta’sirini ko‘rsatish;

    5. Tabiatni asrashning amaliyoti haqidagi bilimini asrash yuzasidan o‘tkazilayotgan tadbirlar bilan tanishtirish;

    6. Sanitariya-gigiyena haqidagi bilimlarni shakllantirishda davom etish, shaxsiy va jamoa gigiyenasi ko‘nikmalarini taraqqiy ettirish.

    Ekologik ta’lim va tarbiya maqsadlaridan kelib chiqib, tabiatshunoslik fani o‘quvchilarni insonning tabiatga ta’sirini va tabiat boyliklarini bolalarga tushuntirish vazifasini o‘z oldiga qo‘yadi.

    Tabiatni asrash masalasi tabiatshunoslik fanining bosh vazifalaridan biri bo‘lib, u bolalarda tabiiy boyliklarni asrash va ko‘paytirishga intilishni tarbiyalashga yordam beradi. O‘quvchilar tabiatning biron-bir bo‘lagining halokati boshqalarning halokatiga olib kelishi haqida tasavvurga ega bo‘ladi; ular o‘simliklarni o‘stirish, mahalladagi daraxtlarni parvarishlash, qushlarni boqish uchun o‘simliklar mevasini terish, maktab bog‘ida o‘stirish uchun gullar urug‘ini ekish, jonli burchakda ishlash kabi tabiatni asrash yumushlarida qatnashadi.

    Fan darslari, tajribalar, sayohatlar, amaliyot ko‘rinishidagi darsdan tashqari ishlar (dalada o‘tkaziladigan amaliyotlar) o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy shakli hisoblanadi. Tabiatshunoslikni o‘qitishda shu fanga xos bo‘lgan tabiatning o‘zidagi, sinfdagi, jonli tabiat burchagidagi ashyolar va voqelikni kuzatish, tabiiy ob’yektlar va ularning tasvirlarini darsda namoyish qilish, o‘quv eksperimentni o‘tkazish yetakchi o‘rin tutadi.

    Dasturda qilinishi zarur bo‘lgan vazifalar turi ko‘rsatilgan, lekin maktab va uni o‘rab turgan sharoitga qarab o‘qitishning ijobiy faoliyati bilan bog‘liq ravishda ularning miqdori ko‘paytirilishi mumkin. U yoki bu ko‘rinishni tasvirlash uchun modellashtirish: chizma va harakatlanuvchi jadvallardan foydalaniladi. O‘qituvchi modellar orqali tananing ovqatlanish bilan bog‘liqligini tasvirlab beradi. Muhim modellardan biri-inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasvirlovchi modeldir.

    Bu esa o‘quvchilarda ekologik xulqning qoida va majburiyatlarini shakllantirishga yordam beradi. Tabiatda o‘zini tutish qoidasi va xulqini yaxshi o‘zlashtirib olish uchun u yoki bu harakatni taqiqlashni ifoda etgan chizma holatlardan foydalanish lozim. O‘qituvchining ta’sirchan hikoyasi o‘quvchida tabiatga muhabbat va qiziqish hissini uyg‘otadi. O‘quv jarayonida asosiy o‘rinni rollarga bo‘lingan o‘yinlar, tabiatga oid bo‘lgan badiiy adabiyotlarni o‘qish, munozaralar, tabiatni asrash uchun olib boriladigan amaliy ishlar, o‘quvchilar orasida tabiatni asrash haqidagi bilimlarni targ‘ib qilish kabilar egallaydi.

    "Kundalik kuzatish daftari" asosida kuzatish olib boriladi. Kuzatish olib borish bo‘yicha vazifalar jonli va jonsiz tabiatni o‘rab turgan ob’ektlar, tabiatdagi organizmlarning o‘zaro aloqasi haqidagi umumiy tushunchalarni shakllantiradi. Uzviylik o‘lkashunoslik, mavsumi yillikni o‘qitishning muhim prinsiplari hisoblanadi. O‘rganish uchun tabiat ob’yekti va voqeligini mahalliy (tuman, viloyat) sharoitni hisobga olgan holda o‘qitishning o‘zi tanlaydi. O‘qituvchi darslarni almashtirishi va o‘rnini o‘zgartirishi mumkin, negaki, tabiatdagi o‘zgarishlarni o‘rganish tabiatda shu holatlar yuz bergan davrga mos kelishi kerak. Agar bunday mos kelish bo‘lmasa, darslar o‘zgartirilishi yoki tabiatshunoslik boshqa darslar (o‘qish) bilan almashtirishi mumkin, albatta keyin uning o‘rnini to‘ldirish kerak.

    Tabiatshunoslik darslari o‘quvchilarda kishilar mehnatini hurmat qilishni tarbiyalash, ularda tabiatdagi o‘quv va ijtimoiy foydali, amaliy ish uchun zarur bo‘lgan atrof olam bilan tanishtirish bo‘yicha darslarda paydo bo‘ladigan mehnat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirishda davom etmoqda.

    3-sinf uchun dastur quyidagi bo‘limlardan iborat: “Kirish”, “Foydali qazilmalar”, Tabiatda havo va suv”, “O‘simliklar”, “Hayvonot olami”, “Sog‘lig‘imizni saqlaylik”.

    Dastlabki mavzu ona yurt tabiatini yoritib beradi. Shuning uchun 3-sinfda tabiatdagi havo, suv, foydali qazilmalar va tuproq singari jonsiz tabiatni o‘rganishdan so‘ng atrofdagi o‘simlik va hayvonot dunyosini o‘rganish zarur, chunki 3-4-sinfda o‘rganilgan tabiatshunoslik materialini o‘rganishdagi mantiqiy izchillikni ta’minlaydi.

    “Bizni o‘rab turgan havo”, “Suvning xususiyatlari”, “Tabiatda suv”, “Yer osti boyliklari”, “Tuproq” mavzularini o‘rganish jarayonida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish zarur: tabiat va inson hayotida suv, havo, tuproq qanday o‘rin tutadi; foydali qazilmalar nima uchun kerak; suv, havo, tuproqni qanday asrash lozim.

    “O‘simliklar” va “Hayvonot olami” mavzulari o‘quvchilarning mavsumiy o‘zgarish haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishni va bir paytning o‘zida o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan kengroq tanishtirishni ko‘zda tutadi. Paxta, sholi, poliz ekinlari va bog‘ mevalarini terishning boshlanishi kabi qishloq xo‘jalik ishlari madaniy o‘simliklar bilan bog‘liq. O‘quv yili boshidan o‘z yurtining o‘simlik va hayvonot dunyosini o‘rganish ekskursiya va Yer tajriba uchastkasidagi amaliy ish paytidagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida (maktab joylashgan yerga qarab) olib borilishi lozim, Amaliyotsiz o‘quvchilar bilimni ongli va mustahkam egallay olmaydi.

    Park, bog‘, dala yoki suv havzasi bilan tanishish chogida maktab joylashgan joyda mos keladigani obyekt tanlab olinadi. Tanlab olingan muhitda aniq misollar asosida tegishli o‘simliklarning turlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, boshqa organizmlar bilan aloqasi, ularga insonning ta’siri o‘rganiladi. Masalan, park uchun bir xildagi o‘simliklar, dala uchun esa jonsiz tabiat, mavsum xususiyatlari bilan bog‘liq turli sharoitlar ta’sir etgan boshqa o‘simliklardir.

    O‘simlik va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar bilan tanishtirishni aniq misollar asosida, tabiatga ekskursiya chog‘ida kuzatish yo‘li bilan amalga oshirilishi lozim.

    O‘quvchilarni “Sog‘lig‘imizni saqlaylik” mavzusi inson tabiatning bir bo‘lagi ekanligi haqidagi fikrni shakllantirish, asosiy organlarning joylashuvi, ular bajaradigan vazifalar, ularga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kabi oddiy ma’lumotlarda to‘xtalanadi. Har bir bola o‘z organizmi, uning rivoji va sog‘ligini saqlash uchun ularni bilishi lozimligi haqida umumiy bilimga ega bo‘lishi kerak.

    Shaxsiy va ijtimoiy gigiyena masalalariga va ayniqsa, bolalar o‘z sog‘liklarini saqlashi va mustahkamlashi uchun zarur bo‘lgan tadbirlarga alohida e’tibor bermoqlari lozim.

    “Ekologiya” mavzusida ekologiya haqida umumiy taassurot beriladi. Jonli va jonsiz tabiat aloqasi, ekologik piramida, tabiatdagi organizmlarning o‘zaro aloqasi, ularning o‘z-o‘zini himoya qilishi, ekologik halokat kabilarga alohida e’tibor berilishi zarur.

    4-sinf tabiatshunoslik fanida quyidagi mavzular o‘rganiladi: “Kirish”, “Yer  Quyosh sistemasidagi sayyora”, “Yer yuzasi tabiatining xilma-xilligi”, “O‘zbekiston xaritasi yonida”, “Vatanimiz bo‘ylab sayohat”.

    "Kirish" mavzusida, birinchi sinfdan uchinchi sinfgacha olingan “Atrofimizdagi olam” haqidagi bilimlar umumlashtiriladi.

    “YerQuyosh sistemasidagi sayyora” bo‘limi o‘z ichiga “Yulduzlar”, “Quyosh – eng yaqin yulduz”, “Quyosh sistemasidagi sayyoralar”, “Asteroidlar”, “Kometalar,” “Meteorlar”, “Globus – Yerning kichraytirgan shakli”, “Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi. Kun bilan tun”, “Yil fasllarining almashinishi”, “Yerda yorug‘lik va issiqlikning taqsimlanishi”, “Oy–Yerning yo‘ldoshi” kabi mavzularni olgan. Ushbu mavzularni o‘tishda yulduzlar, sayyoralar, asteroidlar, kometalar, meteorlar haqida tushunchaga ega bo‘lishi bilan birga Yer sharining tuzilishi, materik va okeanlarning joylashuvi, O‘zbekistonning globus va yarim shar xaritalarida joylashgan o‘rni bilan tanishiladi. O‘quvchilar quyosh nuri tushadigan yer yuzasi mintaqalari bilan tanishadilar, ularning joylashuvi haqida xabar topadi, ob-havo haqida oddiy tasavvurga ega bo‘ladi. Ular 1-sinfdan buyon ob-havoni kuzatish daftarlari "iqlim" tushunchasining mohiyatini anglashga yordam beradi. Ammo o‘qituvchi tushuntirayotganda shunga ehtiyot bo‘lishi kerakki, o‘quvchilar iqlim va ob-havoni bir tushuncha sifatida qorishtirib yubormasin. O‘quvchilar aniq misollar yordamida sayyoramiz ekologik muammolari va imkoniyat qadar yechimlari bilan tanishadilar.

    O‘quvchilar yer yuzasining shakllari (tog‘, tekislik va suvli joylar) haqidagi oddiy tushunchalarni 2-sinfda atrofimizdagi olam fanidan olgan edi, aniq tushunchalar esa 4-sinfda tabiatga ekskursiyalar chog‘ida shakllantiriladi. Ta’limning ko‘rgazmali vositalari va ekran qo‘llanmalaridan foydalanish yo‘li bilan bu tasavvur va tushunchalar mustahkamlanadi. O‘quvchilar tepalikni tog‘dan, tekislikni o‘rmon-qirlardan ajrata olishlari yer yuzasi shaklini o‘rganish, solishtirish asosida olib borilishi lozim.

    Agar imkon bo‘lsa, o‘quvchilar sayohat chog‘ida suv havzalari bilan tanishadilar.

    Joylarning rejasi, ularning shartli belgilari haqida tasavvurga ega bo‘lgan o‘quvchilar xarita haqida oddiy bilimlarga ega bo‘ladi, uning shartli belgilarini o‘qiydi, yurtimizning joylashgan o‘rnini topadi, janubdan shimolga tabiat o‘zgarishini tushunadi.

    Tabiat mintaqalarini shimoldan janubga emas, balki janubdan shimolga qarab o‘rganish lozim. Bu "yaqindan uzoqqa" qarab o‘rganish prinsipi bilan bog‘liq. O‘z yurtini o‘rganib, bolalar cho‘l, vodiy zonasida yashashlarini bilib oladi. Cho‘l tabiati va odamlarning undagi mehnati o‘quvchilar kundalik hayotida ko‘radigan holatdir. Shuning uchun o‘quvchilarda o‘z joyi tabiati haqida to‘plangan bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirish zarur, shundan keyin o‘quvchilarni boshqa tabiat mintaqalari sari yetaklash mumkin. 4-sinf o‘quvchilariga "mintaqa" tushunchasi berilmasligi kerak. Tabiat o‘quvchilarga qiyosiy planda tanishtiriladi, bunda jonli va jonsiz tabiatning omillari, insonlar mehnatiga ta’siri ko‘rsatiladi. Tabiatni janubdan shimolga qarab o‘rganish dasturning o‘lkashunoslik asosi sifatidagi rolini tushunish imkonini beradi: o‘quvchilar o‘z yurtiga boshqa tabiat sharoitlari o‘rtasidagi ahamiyati nuqtai nazaridan qarashni o‘rganadi.

    "Foydali qazilmalar"ning 3-sinfda o‘rganilishini hisobga olib, dasturda “O‘zbekistonning foydali qazilmalari” mavzusida o‘lkamizda qazib olinadigan asosiy qazilmalar haqida tushunchalar berilgan.

    "Vatanimiz bo‘ylab sayohat" bo‘limi “Vatanimiz chegaralari”, “O‘zbekistonning tabiiy rayonlarga va ma’muriy bo‘linishi”, “Farg‘ona vodiysining tabiati”, “Toshkent viloyatining tabiati”, “Sirdaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlarining tabiati”, “Samarqand va Buxoro viloyatlarining tabiati”, “Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tabiati”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining tabiati”, “Tabiatga g‘amxo‘r bo‘ling”, “Qizil kitob” – ogohlik belgisi” kabi mavzulardan tashkil topgan va shu bo‘lim tabiatshunoslik fanini yakunlaydi. O‘quvchilar olgan bilimlarini umumlashtiradi. Birinchi navbatda tabiatga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lishda insonning roli ko‘rsatiladi. Inson yerni, tuproqni, o‘simliklarni, hayvonlarni, suv va havoni asrashi lozim ekanligi eslatiladi. O‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasining tabiatini asrash bo‘yicha qonunchilik hujjatlari bilan tanishadilar.

    Tabiatni asrash masalasini o‘rganish faqat bu mavzu bilan cheklanib qolmaydi. Bu masala tabiatshunoslik fani uchun asosiy bo‘lib qolaveradi. O‘quvchilar tabiatni asrash zarurligi haqidagi xulosa va umumlashmalarga keladi, bu o‘qituvchiga O‘zbekistonning tabiatni asrash haqidagi qonunni kichik yoshdagi o‘quvchilarning ongiga yetkazish imkonini beradi.

    "Ekologiya asoslari" mavzularini o‘rganish jarayonida 3-sinfda olingan ekologiya haqidagi tushuncha va tafakkurlarini nazariy usuldan 4-sinfga kelib turli ko‘rgazmali qurollar orqali amaliy usulga o‘tishi ta’min qilinadi.

    Tabiatshunoslik fanini o‘rganishda kuzatish, ekskursiya, tajriba, amaliy ishlar yetakchi o‘rin tutadi. Bolalarni kuzatish usullariga o‘rgatish, ularning natijalarini kundalik daftarga belgilash, ular asosida xulosa va umumlashmalar qilish davom ettiriladi. Ekskursiyalar o‘tkazishga, tabiat ashyolari va voqeligini tabiiy holatda o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Bu yuqori ko‘rgazma asosida sinflarda o‘tkaziladigan darslarga ham tegishli. Shuning uchun tabiatshunoslik darslarini o‘tkazishga alohida e’tibor berish zarur.

    "O‘zbekiston tabiatini asrash" mayzusini o‘rganishda o‘quvchilar Respublikamiz ekologik muammolari va tabiatni asrash ishlari bilan tanishadilar.

    Tabiatshunoslik

    3-sinf




    Download 1.71 Mb.
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   148




    Download 1.71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (1 soat)

    Download 1.71 Mb.