O‘quvchilar bilimini o‘zlashtirishda mavzularni takrorlash va mustahkamlashda innovatsion pedagogik loyihaning o‘rni.
Hozirgi kunda Ta`lim mazmunini yangilash, takomillashtirish va sifat ko‘rsatkichlarini oshirish barobarida o‘qituvchi – murabbiylarning malakasini oshirish, ularning ilm – fan taraqqiyoti bilan hamqadam borishini, ayniqsa barcha sohalarga keng kirib kelgan va qo‘llanilayotgan axborot texnologiyalari, interfaol usullardan unumli foydalana oladigan, kompyuter bilan erkin muloqot qila oladigan va o‘z faoliyatida, dars samaradorligini ta`minlashga tadbiq eta oladigan darajada tayyorlash bugungi kunning muhim vazifalaridandir. Pedagogik texnologiya o‘quv tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondoshuvini keng joriy etish imkonini beradi.O‘qituvchini ta`lim tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishga bo‘lgan texnologik zanjirini oldindan loyihalashtirib olishga undaydi. Yangi vositalar va axborot usullarini qo‘llashga asoslanganligi sababli, ularning qo‘llanishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”talablarini amalga oshirishni ta`minlaydi.Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg`ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muommolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtau nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.O‘quv jarayonida zamonaviy o‘qitish usullari innovatsion texnologiyalar va interfaol uslublarning o‘rni beqiyosdir.Pedagogik texnologiya va ularning ta`limda qo‘llanishiga oid bilimlar tajriba o‘quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta`minlaydi.Ta`lim jarayonlarida uzluksiz ta`lim va uzviylik ta`lim tizimda ortiqcha takroriylikga chek qo‘yib, jamiyatning ma`naviy salohiyatini kengaytiradi. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va o‘quv tarbiya jarayoniga kirib kelishi, axborot texnologiyalarning tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson o‘z kasbiy tayyorgarligini mahoratini kuchaytirish imkoniyati yaratiladi. Innovatsion pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga kuchayib bormoqda.Innovatsion texnologiya:
o‘quvchini darsga qiziqtirish
Dars jarayoniga jalb etish
Dars davomida befarq bo‘lmaslikka
Ijod etish hamda izlanishga majbur etishga
Dars jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlarini doimiy bo‘lishini ta`minlaydi
O‘zaro bir birini hurmat qilishga
Hamkorlikda ishlashga
O‘zgalar fikrini hurmat qilish
Tinglashga undaydi
Ishga ijodiy yondashish
Faollikka
Xushmuomalalikka
O‘zini baholash kabi qator sifatlarni shakllantirish imkonini beradi.
|