• Tasviriy san`at
  • Hunarmandchilik
  • O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi




    Download 365.53 Kb.
    bet7/11
    Sana27.04.2023
    Hajmi365.53 Kb.
    #54223
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    8-sinf
    обектив
    Darsning borishi:
    I. Tashkiliy qism: a) Saiomlashish b) Davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko‘rish
    II. Uyga vazifaniso'rash:
    a)Savol - javob o‘tkazish b)Topshiriqlami tekshirish c) o‘quvchilami baholash
    III. Yangi mavzu bayoni:
    Xalq hunarmandchiligi moddiy madaniyatimizning eng qadimiy muhim turlaridan hisoblanadi va tasviriy hamda amaliy san`atning ko’pdan-ko’p sohalari bilan uyg`unlashib ketadi. Ammo, tasviriy va amaliy san`at, buyumlarga badiiy ishlov berish jarayonining hamda xalq hunarmandchiligining o’ziga xosligi, yo’llarini, xususiyatlarini, o’xshashliklarini va qolaversa, bir-biridan farqlarini ajratish muhimdir. Shuning uchun, quyida tasviriy va amaliy san`at, xalq hunarmandchiligining mavjud ta`riflari taqqoslanadi:
    Tasviriy san`at – rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis san`at turi; voqealikni, uning osongina ilg`ab olinadigan fazoviy shakllarda ko’rgazmali obrazlarda aks ettiradi.
    Amaliy san`at, amaliy bezak san`ati – bezak san`ati sohasi; ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega bo’lgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolari (asbob-anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, kiyim kechaklari, taqinchoqlar, oyinchoqlar va boshqalar)ni badiiy ishlash bilan bog`liq ijodiy mehnat sohalarini o’z ichiga oladi.
    Hunarmandchilik – milliy-an`anaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qo’l mehnatiga asoslangan sanoat turi: shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi.
    Xalq hunarmandchiligi moddiy va ma`naviy meroslar bilan hamohang ravishda rivojlanishi ko’plab mutafakkir, donishmandlarning bitik va asarlarida yuksak mahorat bilan o’z ifodasini topdi va ushbu asarlar jahonning madaniyat hazinalaridan o’z o’rnini egalladi. Xalq amaliy bezak sa`nati tarixiy jismga ishlov berish hamda naqshlar asosida buyumlarga badiiy ishlov berishdan iboratdir. Naqshlar jismga turli yo’llar va vositalar yordamida tushirilgan: chizib, oyib, zar bilan, qadab, qo’l choklari yordamida to’qib, gul bosib ishlanadi. Naqshlarni buyumga tushirish usullarining boyib borishi xalq amaliy bezak sa`nati hamda xalq hunarmandchiligi turlarini paydo bo’lishiga olib kelgan: naqqoshlik, yog`och oymakorligi, zardo’zlik, ganchkorlik, kashtachilik, gilamchilik va boshqalar.
    Ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida shakllangan o’zbek xalq amaliy bezak sa`nati bugungi kunda umuminsoniy madaniyatida muhim o’rin egallaydi. O’zbek xalk amaliy sa`nati namunalari jahonga mashhur bo’lib, dunyoni turli shaharlarida sa`nat va etnografiya muzeylaridan o’rin olgan.
    Kulolchilik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, xaykaltaroshlik, oymakorlik, toshtaroshlik, ko’nchilik, pichoqchilik, do’ppichilik va boshqalar ajrala borgan.
    Demak yuqoridagi ta`riflardan ko’rinib turibdiki, xalq hunarmandchiligining moxiyati, mazmuni, tuzilishi xususiyati, o’ziga xosdir. O’zbek xalqining shakllanishi tarixi bilan uyg`unlashib ketgan xalq hunarmandchiligining o’nlab turlari mavjud bo’lib, mexnat va kasbga yo’naltirish ta`lim tizimining milliy, mahalliy, etnik, tarixiy xususiyatlari asosida shakllanib bormoqda.
    Xalq hunarmandchiligi kulolchilik, yog`och oymakorligi, chilangarlik, sandiqchilik, pichoqchilik, naqqoshlik, tikuvchilik, kashtachilik, zardo’zlik, to’quvchilik, kabi turlardan iborat bo’lib, ularning sir-asrorlari asrlar davomida ota-bobolarimiz, buvi va onalarimiz tomonidan o’rgatilishi natijasida avloddan-avlodga meros bo’lib o’tib kelmoqda. Aytish mumkinki, yoshlarning jamiyatda o’z o’rinlarini topishlarida, kelgusida malum bir kasb-hunar egalari bo’lib jamiyat manfaati uchun xizmat qilishlarida, milliy qadriyatlarimizni anglab etishida xalq hunarmandchiligining o’rni beqiyosdir.





    1-rasm .Xalq hunarmandlari ishlaridan namunalar.




    1. Download 365.53 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 365.53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi

    Download 365.53 Kb.