• Darsning mavzusi
  • Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
  • Darsning borishi : I. Tashkiliy kism 121
  • Modulli ta’lim texnologiyalari




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/120
    Sana25.02.2023
    Hajmi2.4 Mb.
    #43529
    TuriУчебное пособие
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   120
    Bog'liq
    Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
    Amaliy mashg
    Modulli ta’lim texnologiyalari
    Modulli ta’lim texnologiyalaridan biologiyani о‘qitishda foydalanish muhim 
    ahamiyat kasb etadi. Modulli ta’lim texnologiyasining о‘ziga xos xususiyati darsda 
    о‘rganiladigan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli modullarga ajratiladi va modul 
    dasturi tuziladi. Modul dasturi bu о‘quvchining mazkur darsda о‘quv-bilish 
    faoliyatini boshqarish dasturi bо‘lib, u modul dasturining didaktik maqsadi, 
    о‘kuvchilarning bajarishi lozim bо‘lgan о‘quv topshiriqlari, topshiriqlarni bajarish 
    yuzasidan kо‘rsatmalarni о‘z ichiga oladi. 
    Quyida dars loyihalari berilmoqda. 
    Darsning mavzusi: Ra’nodoshlar oilasi.
    Darsning ta’limiy maqsadi: О‘quvchilarni ra’nodoshlar oilasiga mansub 
    yovvoyi va madaniy о‘simliklarning tuzilishidagi о‘ziga xos xususiyatlar bilan 
    tanishtirish. 
    Darsning tarbiyaviy maqsadi: О‘simliklar olamiga nisbatan ongli 
    munosabatni tarkib toptirish, ekologik, iqtisodiy, estetik va axloqiy tarbiya berish. 
    Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: О‘quvchilarning sistematik birliklar, 
    о‘simliklarning tuzilishi haqidagi bilimlari, kuzatish, о‘simliklarni tanish va 
    ajratish, darslik ustida mustaqil ishlash kо‘nikmalarini rivojlantirish. 
    Darsni jihozlash: na’matak, atirgul, olma, shaftoli, olcha, о‘rik gullarining 
    tuzilishi mulyaji, gerbariylari, “Ra’nodoshlar oilasi” jadvali.
    Darsda foydalaniladigan texnologiya: Modulli ta’lim texnologiyasi 
    (о‘quvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga mо‘ljallangan modul dasturi) 
    Darsning borishi
    I. 
    Tashkiliy kism 


    121 
    II. 
    О‘tgan mavzu yuzasidan о‘quvchilar bilimini test savol-topshiriqlari 
    yordamida aniqlash va baholash. 
    III. 
    О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning 
    faoliyatini о‘quv topshiriqlarini bajarishga yо‘llash. 
    IV. Yangi mavzuni о‘rganish: 
    a) yangi mavzu bо‘yicha tuzilgan modul dasturini tarqatish va о‘quvchilarni 
    modul dasturining didaktik maqsadi bilan tanishtirish; 
    b) о‘quvchilarning faoliyatini modul dasturidagi о‘quv topshiriqlarini 
    mustaqil bajarishga yо‘llash; 
    v) har bir о‘quv faoliyati elementi topshiriqlarining tо‘liq bajarilishini nazorat 
    qilish, tegishli kо‘rsatmalar berish; 
    g) har bir о‘quv faoliyati elementi yakunida savol-javob yoki munozara 
    о‘tkazish.
    О‘qituvchi ushbu darsda о‘rganiladigan о‘quv materialini quyidagi mantiqiy 
    tugallangan fikrli ikki qismga ya’ni modulga ajratadi: 
    Ra’nodoshlar oilasining umumiy belgilari. 
    Oilaning yovvoyi va madaniy vakillari. 
    Shu asosda quyidagi modul dasturi tuziladi. 
    “Ra’nodoshlar oilasi” mavzusi bо‘yicha о‘quvchilarning kichik guruhlarda 
    ishlashiga mо‘ljallangan modul dasturi. 

    Download 2.4 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   120




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish