• 8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi vakolatlari
  • -modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi vakolatlari




    Download 0,96 Mb.
    bet5/109
    Sana07.01.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #131703
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
    Bog'liq
    Ibragimov mustaqil ishi

    7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi vakolatlari
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
    elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
    elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
    elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladi;
    O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik bo‘limlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini berish tartibini belgilaydi;
    Ishonchli uchinchi taraf xizmatining faoliyati tartibini belgilaydi.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi.
    8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi vakolatlari
    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
    Vakolatli davlat organi:
    elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi;
    elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini akkreditatsiya qilishni va qayta akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi;
    elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlariga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini beradi, shuningdek Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestrini yuritadi;
    elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining faoliyatini nazorat qiladi va kamchiliklar aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi;
    jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga ko‘ra ro‘yxatga olish markazlariga tegishli bo‘lgan elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlashni amalga oshiradi;
    Ishonchli uchinchi taraf xizmatining faoliyatini tashkil etadi.
    Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizom.

    Download 0,96 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi vakolatlari

    Download 0,96 Mb.