|
-bob. Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining faoliyati
|
bet | 6/109 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #131703 |
Bog'liq Ibragimov mustaqil ishi3-bob. Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining faoliyati
9-modda. Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazi
Qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan va O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan, elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxs elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazidir (bundan buyon matnda ro‘yxatga olish markazi deb yuritiladi).
Ro‘yxatga olish markazi hamda jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish markazlari tomonidan berilgan elektron raqamli imzo kalitiga ega bo‘lgan shaxslar elektron raqamli imzoning mavjud bo‘lishi talab qilinadigan davlat xizmatlarining barcha turlaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
10-modda. Ro‘yxatga olish markazining faoliyatiga qo‘yiladigan asosiy talablar
Ro‘yxatga olish markazi:
elektron raqamli imzoni yaratish va tekshirish uchun axborot xavfsizligi talablariga muvofiq sertifikatlashtirilgan apparat, dasturiy-apparat va dasturiy ta’minotga;
elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini tayyorlash, hisobga olish va saqlash uchun axborot xavfsizligi talablariga muvofiq sertifikatlashtirilgan apparat, dasturiy-apparat va dasturiy ta’minotga;
tarqatilishi cheklangan axborotning saqlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlarga;
axborot xavfsizligi, texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi talablariga javob beradigan zarur xonalarga ega bo‘lishi kerak.
Ro‘yxatga olish markazlarining axborot tizimlari va resurslari axborot tizimlaridagi hamda resurslaridagi ma’lumotlar qonunga xilof ravishda tarqatilishining, o‘g‘irlanishining, yo‘qolishining, yaxlitligi buzilishining, bloklanishining hamda qalbakilashtirilishining oldini olish maqsadida ruxsatsiz foydalanishdan (kirishdan) himoya qilingan bo‘lishi kerak.
Ro‘yxatga olish markazini ustav fondida (ustav kapitalida) chet davlat rezidentining ulushi o‘ttiz va undan ortiq foiz bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
|
| |