• 4-modda. Elektron raqamli imzoning va qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzoning bir xil ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etish shartlari
  • elektron raqamli imzo kalitining sertifikati




    Download 0,96 Mb.
    bet3/109
    Sana07.01.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #131703
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
    Bog'liq
    Ibragimov mustaqil ishi

    elektron raqamli imzo kalitining sertifikati — elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga muvofiqligini tasdiqlaydigan elektron hujjat;
    elektron raqamli imzo kalitining egasi — o‘ziga elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
    elektron raqamli imzoning ochiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga muvofiq bo‘lgan, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi uchun ochiq bo‘lgan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
    elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash — elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo kalitining egasiga tegishliligini va elektron hujjatdagi axborotda xatolik mavjud emasligini tekshirishning ijobiy natijasi;
    elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi.
    4-modda. Elektron raqamli imzoning va qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzoning bir xil ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etish shartlari
    Bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda, elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo qog‘oz hujjatga qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi, agar:
    elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlangan bo‘lsa;
    elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash paytida yoxud imzolash paytini belgilovchi dalillar mavjud bo‘lganda elektron hujjatni imzolash paytida amalda bo‘lsa;
    elektron raqamli imzodan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanilayotgan bo‘lsa.
    Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya etilgan taqdirda, yuridik shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi.

    Download 0,96 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    elektron raqamli imzo kalitining sertifikati

    Download 0,96 Mb.