|
-modda. Elektron raqamli imzo vositalari va ulardan foydalanish
|
bet | 4/109 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #131703 |
Bog'liq Ibragimov mustaqil ishi5-modda. Elektron raqamli imzo vositalari va ulardan foydalanish
Elektron raqamli imzo vositalari elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratilishini, elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanishini, elektron raqamli imzoning yopiq va ochiq kalitlari yaratilishini ta’minlaydigan texnik va dasturiy vositalar majmuidan iboratdir.
Elektron raqamli imzo vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda axborot xavfsizligi talablariga muvofiq sertifikatlashtirilishi kerak.
Davlat organlari o‘rtasidagi idoralararo elektron hamkorlik milliy standartlar asosida ishlab chiqilgan elektron raqamli imzo vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida milliy va xalqaro (mintaqaviy) standartlar asosida ishlab chiqilgan elektron raqamli imzo vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining “bulutli texnologiyalarida” (ishonchli saqlash tizimida) elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanish kamida ikki omilli autentifikatsiya qilish tartib-taomilidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Tarqatilishi cheklangan axborotni o‘z ichiga olgan elektron hujjatlar uchun elektron raqamli imzo kalitiga nisbatan qo‘shimcha talablar qo‘yilishi mumkin.
2-bob. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solish
6-modda. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
elektron raqamli imzodan foydalanish uchun huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnik va boshqa shart-sharoitlar yaratish;
elektron raqamli imzoning mavjud bo‘lishi talab qilinadigan elektron xizmatlar barcha turlarining ochiqligini va sifatini ta’minlash;
majburiy texnik talablar, normalar va qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi ilmiy-texnik tadqiqotlarni rag‘batlantirish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
ilg‘or innovatsion, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishiga ko‘maklashish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
|
| |