|
-modda. Ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilish
|
bet | 7/109 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #131703 |
Bog'liq Ibragimov mustaqil ishi11-modda. Ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilish
Ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishni hamda akkreditatsiya qilish to‘g‘risida yoki akkreditatsiya qilishni rad etish haqida qaror qabul qilishni;
akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risida guvohnoma berishni;
elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berishni.
Akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron hujjat tarzida yaratiladi.
12-modda. Ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza
Ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali vakolatli davlat organiga beriladi.
Ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
muassis to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ro‘yxatga olish markazining nomi, joylashgan eri (pochta manzili), maqsadi va vazifalari.
Ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
ro‘yxatga olish markazi muassisining ustavi (nizomi);
arizachi-tashkilotning rahbari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
vakolatli davlat organi bilan hamkorlik qilish uchun tanlangan shaxsga nisbatan ishonch xati;
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti (mavjud bo‘lganda) va uning qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Vakolatli davlat organi ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlarni va ma’lumotlarni axborot hamkorligi tizimi vositasida mustaqil ravishda oladi.
Ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi arizani berish chog‘ida taqdim etilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, arizachi bu haqda vakolatli davlat organini O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uch ish kuni ichida xabardor qilishi kerak.
|
| |