Multimodal logistika markazlari tashkil qilishning jahon amaliyoti va uni mamalakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati




Download 50,67 Kb.
bet7/12
Sana31.01.2024
Hajmi50,67 Kb.
#149268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3 мавзу

Multimodal logistika markazlari tashkil qilishning jahon amaliyoti va uni mamalakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati
Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosida joylashgan globalizatsiya va kuchli integratsiya iqtisodiyotni yanada tez va keskin tarzda shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik ekspertlarning ta`kidlashicha, hozirgi keskin iqtisodiy tizimning kuchli globalizatsiyalashgan asosini o‘zgartirish mumkin emas. Faqat ana shu jarayonlarga moslashgan holda uning tashkil qiluvchi elementlari hisoblangan asos sohalarni rivojlantirish bilan hozirgi vaziyatda raqobatbardoshlikni saqlab qolish mumkin. 
Hozirda ixtisoslashgan ishlab chiqarishni va jahon miqyosida hamkorlik aloqalarini chuqurlashishini shakllantiruvchi multimodal logistika markazlari va logistika sohasi muhim ro‘l o‘ynaydi.Ushbu asos sohalardan biri sifatida tobora keskinlashib borayotgan jahon iqtisodiyoti mamlakatlar oldiga amalda iqtisodiy o‘sishni ta`minlovchi omil va manbalarni guruhlash hamda iqtisodiy salohiyatni belgilab beruvchi sohalarni rivojlantirish kabi vazifalarni qo‘ymoqda. Ushbu jarayonlarlar ochiq dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan Markaziy Osiyo davlatlari oldiga transport korridorlarini rivojlantirishdek muhim masalani qo‘ymoqda. Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy farovonlikni ta`minlovchi kalit vosita hisoblangan tranzit korridorlar va logistika markazlari tashkil qilish borasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston yetakchilik qilmoqda. Xususan, O‘zbekistonning Navoiy viloyati hududida, Qozog‘istonning Olma-ota va Ostona hududlarida va Turkmanistonning Ashhabod hududida logistika markazlari tashkil qilingan. O‘zbekiston va Qozog‘istonda joylashgan logistika markazlari multimodal xarakterga ega.
Multimodal logistika markazlari transport tizimini rivojlantirish bilan birga yangi ixtisoslashgan ishlab chiqarishni shakllantiradi, yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqarishini va zamonaviy texnologiyalarning hududga ko‘chishini ta`minlaydi. Barcha qo‘shni sohalar: moliya sektori, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy ta`minot sohalari foyda olishga qaratilgan, raqobatli va innovatsion taraqqiyot natijasida tez rivojlanadi. Bu esa o‘z navbatida hududda kapital, sifatli mahsulotlar va xom ashyo, to‘planishiga va kompleks sanoat markaziga aylanishiga sabab bo‘ladi. Qozog‘iston hududida tashkil qilingan multimodal logistika markazlari dengiz portlari asosiga qurilgan bo‘lsa, O‘zbekistonda tashkil qilingan ushbu markazlar “quruq portlar” asosiga tashkil qilingan. 
Logistika markazi O‘zbekistonni va mintaqani jahon bilan bog‘lash vositasi hisoblanadi. Uni qay tarzda rivojlantirish va unga qanday yondashish bizni bevosita jahon amaliyotini o‘rganishga undaydi. Shu sababli xalqaro multimodal logistika markazlari tashkil qilish jahon tajribasiga biroz to‘xtalib o‘tamiz. Jahonda logistika markazlari intermodal ravishda XX asr 80-90-yillarida Yevropaning eng yirik portlari Antverpen va Rotterdam (Gollandiya), Gamburg (Germaniya), London, Manchester (Buyuk Briyaniya), Lissabon (Portugaliya), Valensiya (Ispaniya), Rim (Italiya), Nant (Fransiya) kabi yirik port shaharlarda tashkil qilingan. 15-20 yil vaqt o‘tib multimodal logistika markazlari butun dunyo bo‘ylab rivojlandi va qamrovi oshdi. Hozirda dunyoda 4500 ga yaqin logistika markazlari bo‘lib, unda jahon YaIM ining 15 % ini (12,5 trln.doll.) tashkil qiluvchi qiymat yaratiladi. 
Logistika markazlarining asosini tashkil qiluvchi xususiy logistika kompaniyalari soni 3 000 dan ortiq bo‘lib, ularning yillik daromadi 6 % yillik o‘sish bilan 2017-yilda 4,6 trln. doll.ni tashkil qilgan[1]. Hisob-kitoblarga ko‘ra ushbu ko‘rsatkich 2020-yilga kelib, 5.9 trln.doll. ga yetadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, logistika sohasi inqirozdan keyin muhim rivojlanish vositasi bo‘lib qoladi. Yevropada logistika tizimining yadrosini Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya va Ispaniya beshburchagida joylashgan portlar tashkil qiladi. Yevropada logistika markazlari tashkil qilish tajribasi xususiy logistika firmalari asosida tashkil qiligan. Faqat Italiya va Ispaniyada logistika sohasi davlat korxonalari tomonidan boshqariladi. Umuman olganda, Yevropadagi yillik logistika xizmatlari € 900 mlrdni tashkil qiladi va yiliga 5-9 % o‘sish bilan YaIM dan yuqori o‘sishni ko‘rsatmoqda.
AQSHda logistika markazlari asosini 3000 dan ortiq xususiy kompaniyalar tashkil qiladi. Dunyoda eng ko‘p xususiy logistika kompaniyalar joylashishi bilan birga logistika sohasi boshqa sohalar bilan uzviy bog‘langan va xususiy biznesni rivojlantirishning asosiy ozuqasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sektorining har bir bo‘g‘ini logistika bilan uzviy bog‘langan. Multimodal logistika markazlarida tovar va xom-ashyo eltib berish, yuklash, qadoqlash, qayta ishlash, saqlash, bozorlashtirish ishlaridan to ularni bojxonadan o‘tkazish, yig‘ish va reklama qilishgacha logistika markazlari xizmatiga kiradi. 
Xalqaro multimodal logistika markazlari tashkil qilish borasida Osiyo o‘ziga xos yo‘nalishga ega. Osiyo logistika tizimini ishlab chiqarish va transportni o‘z ichiga olgan Yaponiya (Tokio), Xitoy (Guanjou, Shanxay, Gong-Kong, Pyanjin), Hindiston (Bangalor, Dehli), BAA (Dubay), Singapur(Singapur), Malayziya(KualaLumpur) kabi yirik logistika markazlari yadrosi joylashgan davlatlar tashkil qiladi. 
Hozirda eng yirik logistika markazlari joylashgan xalqaro portlar transport logistikasi asosida yangicha ixtisoslashgan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu esa logistika markazlari joylashgan yirik portlar atrofida, qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan yangi tovar va xizmatlar tashkil qilish imkonini bermoqda. Buning natijasida multimodal logistika markazi kompleks holga keladi va samaradorligi yanada ortadi. Shu sababli Gong-Kong, Xitoy va Singapurdagi yirik markazlar ko‘plab xalqaro korporatsiyalar va investorlarning e`tiborini tortmoqda. Quyidagi raqamlar va faktlar buning isboti bo‘la oladi. Xususan, Singapurda logistika sohasida aholining 6 % xizmat qiladi va YaIM 10% dan ortiq qismi shu sohaga to‘g‘ri keladi. 
Bundan tashqari, Hindiston logistika salohiyati juda yuqori bo‘lgan davlat hisoblanadi. So‘nggi yillarda Hindiston logistika bozori qiymati doll. 14 mlrddan doll. 82,1mlrdga ko‘paydi va yiliga 7-8 % o‘sishni ko‘rsatmoqda. Logistika sektori YaIMning 6,2 % ni tashkil qiladi. Ushbu ko‘rsatkich 2020-yilga kelib, 490-doll. 500 mlrdni tashkil qilishi mumkin. Logistika sohasi eng yuqori darajada rivojlangan singapurda 2017-yilda ushbu sohaga doll. 646,8 mln. investitsiya kiritilgan bo‘lib, shundan doll. 349,2 mln faqat qo‘shimcha qiymat hosil qiluvchi tovar va xizmatlarga ajratilgan. Logistika sohasida raqobatni rivojlantirish maqsadida har yili Frost and Sallivan kompaniyasi tomonidan Osiyo logistika komaniyalari uchun turli yo‘nalishlar bo‘yicha mukofotlar e`lon qilinadi. Logistika sohasida yangicha yo‘nalishga asos solgan, Xitoy, bu borada ko‘plab ijobiy natijalarga erishgan. Multimodal logistika markazlari atrofida va ichki tumanlarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish transport logistikasini komplekslashishiga olib keldi. 
Xususan, Gong-Kong, Tyanjin va Shanxay portlari bunga misol bo‘la oladi. Xitoyda 3 PL logistikasi, taklif zanjiri boshqaruvi, bojxona boshqaruvi, tashqi hamkorlik, texnologiyali logistika, o‘quv va qayta tayyorlash kabi logistikaning muhim yo‘nalishlari shakllangan. Osiyo logistika sanoati ishlab chiqarishni o‘zida mujassamlashtirishi va tez o‘sishi bilan Yevropa tizimidan tubdan farq qiladi. Davlat va boshqaruv organlari ushbu sohani doimiy qo‘llab-quvvatlaydi. Singapur, Koreya va Xitoyda logistika tadqiqot institutlari tashkil qilingan bo‘lib, bu doimiy innovatsion rivojlanish masalalarini hal qilishda ko‘mak beradi.
Yuqoridagi Yevropa va Osiyo tajribasidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston hududida tashkil qilingan intermodal logistika markazining istiqbollarini ham ko‘rsatib berish mumkin. Yurtimizda ko‘p jihatdan Osiyo tajribasini mahalliy sharoitlarga moslashtirilib foydalanishga harakat qilinmoqda. Navoiy viloyatida tashkil qilingan xalqaro multimodal logistika markazi o‘zida innovatsion-industrial, transport logistika va ijtimoiy rekreatsion hablarni mujassamlashtiradi. Ushbu kompleksda yuk tashish, yuklash va bo‘shatish, qayta ishlash, yig‘ish, turlarga ajratish, qadoqlash, markirovka, tanlab olish, ishlab chiqarish, mahsulot tekshirish, innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarish, bozorlashtirish, marketing, ilmiytadqiqot ishlari, taqsimlash, eksport-import, yarmarka, reklama, yuzma-yuz savdo, moliyaviy operatsiyalar, o‘quv va amaliyot, ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va shu kabi bir qator xizmatlar amalga oshiriladi. 
Bu hozirda mamlakatimizda ustuvor vazifalardan biri bo‘lib turgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiradi. Moliyaviy, industrial-innovatsion va rekreatsion hablarning konsentratsiyalashuvi natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish muhitining 3 omili vujudga keladi:
1-omil: mahalliy tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun kam xarajat sarf qilib, o‘z mahsulotlari bilan ichki bozorni to‘ldirish imkoniyati tug‘iladi. Sababi kichik biznes unchalik katta kapital talab qilmaydi va arzon transport bilan Respublikaning istalgan joyiga tez va sifatli yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, innovatsion texnologiyalardan foydalanish, kapitalning ko‘payishi va ichki bozorning to‘yinishi natijasida keyinchalik tashqi bozorga chiqish va global miqiyosda faoliyat yuritish imkoniyati yuzaga keladi. XX asrning 50-70yillarida Yaponiyada aynan shunday strategik usul “yapon mo‘jizasi”ning yaratilishiga sabab bo‘lgan.
2-omil: logistika markazlari asosida yuqoridagi xizmatlarni amalga oshirish kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Bundan davlat har tomonlama foyda ko‘radi. Chunki ushbu soha har qanday iqtisodiy sharoitga 9 oyda moslasha oladi va bu inqiroz davrida eng kuchli rivojlanish instrumenti hisoblanadi. Bundan tashqari, aholi bandlik darajasi ortadi va yashash darajasi yaxshilanishi bilan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati ortadi. Hatto iqtisodiyot butkul to‘yinib, o‘sish deyarli nolga teng bo‘lganda ham transportlogistika sohasi hisobiga qo‘shimcha iqtisodiy o‘sishni yuzaga keltirish mumkin. Hozirda Yevropada shunga o‘xshash holat ro‘y bermoqda.
3-omil: hablarning konsentratsiyalashuvi va raqobat natijasida yurtimizdagi xususiy logistika kompaniyalari rivojlanadi. Har qanday material oqimi tez va sifatli yetkazib berilishi hisobiga sohalar mobilizatsiyasi kuchayadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, yuqoridagi omillar asosida multimodal logistika markazlarining istiqbollarini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Ushbu istiqbollar zamirida inqirozga qarshi muhim vositalardan biri bo‘lgan logistika sohasi hozirda yurtimizda dolzarb masala hisoblangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga bevosita ijobiy ta’sir qiladi. Globalizatsiya jarayonlari avj olgan bir davrda, rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlatlar uchun ham multimodal logistika markazlarini rivojlantirish o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.

Download 50,67 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 50,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Multimodal logistika markazlari tashkil qilishning jahon amaliyoti va uni mamalakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati

Download 50,67 Kb.