|
Logistik jarayonlarning transport ta’minoti tadqiqoti
|
bet | 3/12 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 50,67 Kb. | | #149268 |
Bog'liq 3 мавзу3. Logistik jarayonlarning transport ta’minoti tadqiqoti
Milliy tovarlarning past raqobatbardoshligining sabablaridan biri bu tovarlarni taqsimlashdagi transport-ekspedisiyaviy ta’minot harajatlari ulushining yuqoriligidir. Bu xarajatlarning darajasi o’tish davridagi mamlakatlar uchun industrial rivojlangan davlat kursatkichlaridan 2-3 marta ko’pdir. Tayyor mahsulotni taqsimlash zanjirida ishtirok etuvchi transport tashkilotlari boshqa hamkor tashkilotlar singari yuk tashish vaqtini kamaytirishni va xizmat ko’rsatish darajasini oshirishni ta’minlashlari lozim. Umuman olganda bu, transport xizmatlari iste’molchisi tomon harakatni bildiradi. Bu holat har xil noan’anaviy qo’shimcha xizmatlarni ko’rsatish, hamda kommunikasiya va axborotlashtirish sohasidagi eng yangi yutuklarni keng miqyosda ishlatishda ifodalanadi. Transport firmalarini yangi strategiyalariny keltirib chiqaruvchi tarkibiy qismlar tasnifi quyida keltirilgan.
Tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga qadar bo’lgan jismoniy harakat jarayonida, taqsimlovchi logistik kanal shakllanganidan so’ng, transport boshqaruvi vazifasi quyidagilarga bo’linadi:
1.Transport turini tanlash va bir transportdan ikkinchi transportga ortish joylari va usullarini aniqlash.
2. Tashuvchini tanlash.
3.Harakat yo’nalishini aniqlashda erkin bo’lgan transport turlari uchun (masalan, avtomobil transporti uchun, temir yo’l transportidan farqli ravishda, bu ha-rakatni marshrutlashtirish).
4.Tovarlarni logistik zanjir bo’yicha harakatidagi amaliy nazorat va transport harakatini boshqarish.
Aytib o’tilganlardan tanqari, transport turlari birikmalarini tanlashga quyidagi omillar ta’sir etadi:
- transport yo’laklarini, ya’ni ayrim mintaqalar orasidagi intensivligi bo’yicha ahamiyatli va ko’prok. yoki kamroq. doimiy bo’lgan tashishlarni ta’minlaydigan milliy yoki xalqaro transport tizimining bir qismini, tashkil etish zaruriyati;
- transport zanjirlarini, ya’ii transportning tur-li xillarini ishlatganda ham, yuk paketi yoki standart-lashtirilgan konteyner shaklida, o’zgarmasdan qoluvchi yuklarni shakllantirishning mak,sadga muvofikligi;
- tashishni tashkil etish, tayyor mahsulot ishlab chikd-rish va omborga joylashtirish jarayoni bilan texnologik holda bog’lash va birgalikda rejalashtirish imkoniyati;
- har xil transport turlari uchun tashish jarayon-larini o’zaro boglash va birgalikda rejalashtirish imkoniyati.
Har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida uning qon tomiri bo‘lgan logistika tizimi juda muhim ahamiyatga ega. Samarador logistika tizimi ichki bozorda tayyor mahsulot va xom-ashyo harakatini optimallashtirish orqali tovar va xizmatlarning xaridorlar uchun qulay sharoit va arzon narxlarda yetkazib berilishini ta’minlaydi, bozordagi raqobatni rag‘batlantiradi. Tashqi bozorda esa mamlakatning iqtisodiy raqobatbardoshligini oshiradi va jahon iqtisodiyotiga integratsiya jarayonini tezlashtiradi. Rivojlanib borayotgan mamlakatimiz uchun samarador logistika tizimini tashkil qilish juda ham muhim.
|
|
| |