Transport-logistika markazlariga yaratilgan imkoniyatlar




Download 50,67 Kb.
bet2/12
Sana31.01.2024
Hajmi50,67 Kb.
#149268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3 мавзу

2. Transport-logistika markazlariga yaratilgan imkoniyatlar

Hozirgi vaqtda O’zbekistonning eksport salohiyatini oshirish hamda mahalliy mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish zarurati tashqi savdo yo’nalishlarini diversifikasiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni, O’zbekiston Respublikasining eksport mahsuloti istiqbolli xalqaro bozorlarga chiqishini ta’minlaydigan maksimal darajada samarali, muqobil tranzit yo’laklarini shakllantirishni taqozo qilmoqda.
Respublikamiz mintaqamizdagi eng yaxshi transport infratuzilmasiga ega davlat hisoblanadi. Davlatimiz hududidan 42530 km avtoyo’l, 4500 km temir yo’li (har 10000 km ga 150 km) o’tadi va mamlakatimizni mintaqaning muhim transport koridorlariga ulaydi. O’zbekistonning tranzit davlati sifatida ayniqsa Afg’onistonga kirish va Afg’oniston orqali Bandar Abbos va Chobahor portlariga chiqish imkoniyati, Tojikiston Respublikasiga kirishi muhim hisoblanadi. Mohiyati oshib borayotgan Andijon-O’sh-SaritoshIrkeshtom- Qashqar koridori dunyo tarixidagi eng buyuk loyihalardan bo’lgan va Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan taklif qilingan “Bir makon - bir yo’l” (Belt and Road Initiative – BRI)da munosib qatnashish va Xitoyni mamlakatimiz hududidan o’tuvchi yo’llar orqali boshqa mintaqalar bilan bog’lash uchun xizmat qiladi.
Xitoyning TIR konvensiyasiga qo’shilishi, Qirg’iziston orqali Xitoydan O’zbekistonga avtotransport orqali amalga oshirilgan ilk transport tranzit davlati sifatidagi salohiyatimiz yuqoriligidan dalolatdir. Bu salohiyatdan foydalangan holda Turkmaniston orqali Eron va Turkiyaga, Kavkaz davlatlariga, Bojxona Ittifoqi davlatlari orqali Yevropaga chiqishimiz mumkin. Bu imkoniyatlar iqtisodiyotimiz uchun bevosita va bilvosita ishlab chiqarish, transport, infratuzilma, turizm sohalarida minglab ish o’rinlari yaratishi mumkin. 
Ayni paytda respublikamizning 10 mintaqasida tashkil etilgan 14 ta erkin iqtisodiy zonalarda yuzaga keladigan bojxona, transport – ekspeditorlik, omborxona va informasion logistika sohasida to’liq kompleks xizmatlarini ko’rsatishga oid yuzaga kelayotgan talablarga nisbatan mutanosib ravishda transport-logistika markazlari (taklif) tashkil etilmagan. Yurtimizda faqat 5 ta ya’ni “Navoiy” xalqaro intermodal logistik markazi, “Angren”, “Toshkent”, “Termiz” va “Pop” xalqaro logistika markazlari tashkil etilib, faoliyat yuritib kelmoqda. 
Yurtimizda transport-logistika sohasini tartibga soluvchi normativhuquqiy hujjatlar bazasi yaratildi. Shu jumladan, 6 ta qonun, 7 ta O’zbekiston Respblikasi Prezidenti farmon va qarorlari, 13 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari va 9 tadan ortiq xalqaro konvensiyalar qabul qilingan.
Tashqi savdo transport yo’laklarini yanada diversifikasiyalash uchun qo’shimcha qulay shart-sharoitlarni yaratish, mamlakatimizning tranzit salohiyatini oshirish, shuningdek, mahalliy transport-logistika kompaniyalarini rivojlantirish hamda ularning tashqi va ichki bozorlardagi raqobatdoshligini yuksaltirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.12.2017 yilda “2018 — 2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo’nalishlarini diversifikasiyalash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3422sonli qarori qabul qilingan.
Ushbu qarorga asosan avtomobillarda xalqaro yuk tashishni amalga oshirayotgan milliy avtotransport korxonalari va transport-logistika kompaniyalarini rivojlantirish maqsadida ularga 2022 yil 1 yanvarga kadar bir qator imtiyozlar taqdim etilgan. Biroq sohada o’tkazilgan tahlil natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, transport-logistika markazlari faoliyatini yetarlicha to’g’ri yo’lga qo’yish va soha faoliyatini to’liq qamrab oladigan normativ-huquqiy hujjatlar ba’zasi shakllantirilmagan.
Shuningdek, transport-logistika markazlari faoliyatini isloh qilish uchun uchun bir qator muhim ishlarin amalga oshirish lozim.
- transport-logistikasi sohasida “aniq vaqt” va “eshikdan eshikkacha” prinsip asosida ishlovchi, bojxona, transport – ekspeditorlik, omborxona va informasion logistika sohasida to’liq kompleks xizmatlarini ko’rsatish imkoniyatlariga ega transport-logistika markazlarini tashkil etishning aniq huquqiy mexanizmi va faoliyatni to’g’ridan to’g’ri tartibga soluvchi qonun yoki qonunosti hujjatlarning yagona ba’zasi shakllantirish;
- hozirgi vaqtda respublikamizdagi transport-logistika sohasidagi tariflarini pasaytirish;
- respublikamizda halqaro transport-logistika markazlarni tashkil etishda xususiy sektorlarning ulushini keskin oshirish;
- transport-logistika markazlari faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi idoraviy tuzilmani yaratish lozim.
- yurtimizda transport-logistika tarmoqlarini (markazlar) rivojlantirishga xususiy sektorlarni (autsorsing) hamda xalqaro kompaniyalarni jalb etish uchun milliy qonunchiligimizda transportlogistikasi sohasidagi jozibadorlik darajasini oshirish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017 yil 6 dekabr kuni “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilishda, logistika markaz yiliga 100 ming tonna yuk o’tkazish quvvatining 20 foizidan ham kamrog’i ishga solinganligi, o’tgan sakkiz yil davomida ushbu aeroport orqali 300 ming tonna yuk tashilganligi qattiq tanqid qilingan. “Navoiy” logistika markazi faoliyatida yuzaga kelayotgan qator tizimli muammolardan biri ya’ni havo transportida yuk tashishni rivojlantirishga to’sqinlik qilayotgan asosiy omillardan biri bu tariflarning yuqoriligidadir.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 11 yanvardagi 11-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlar og’ir yukli va katta hajmli transport vositalarining O’zbekiston Respublikasi hududi bo’ylab yurishi uchun to’lovlar to’g’risida”gi nizomga asosan og’ir yukli va katta hajmli transport vositalarining O’zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari bo’ylab yurib o’tganligi uchun transport vositasining og’irligidan kelib chiqqan holda har km yo’l bosganligi uchun 0,04 AQSh dollaridan 2 AQSh dollarigacha pul mablag’i to’lashi belgilangan.
Xorijiy davlatlarda xalqaro yuk tashuvchilarning tranziti uchun bir qator imtiyozlar berilgan. Jumladan, Singapur davlatida xalqaro yuk tashuvchilar uch kun muddat ichida yukni bojxona hududidan olib o’tganligi uchun to’lov undirilmasligi belgilangan. Agar uch kundan ortiq vaqt davomida yukni bojxona hududidan olib o’tilsa, har bir kun uchun 12 AQSh dollarida to’lov amalga oshirishi belgilangan.
Xuddi shu kabi holatlar Italiya davlatida uch kundan keyin har bir kun uchun 20 AQSh dollari, Germaniyada besh kundan keyin har bir kun uchun 47 AQSh dollari, Fransiyada besh kundan keyin har bir kun uchun 29 AQSh dollari hamda Turkiya davlatida har bir kun uchun 8 AQSh dollarida to’lov amalga oshirilishi beliglangan.
Yevropa va Amerika davlatlari tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, tashqi savdo transport yo’laklarini yanada diversifikasiyalash uchun qo’shimcha qulay shart-sharoitlarni yaratishda, mamlakatning tranzit salohiyatini oshirish, shuningdek, mahalliy xizmat ko’rsatuvchi kompaniyalarini rivojlantirish hamda ularning tashqi va ichki bozorlardagi raqobatdoshligini yuksaltirishda transport-logistika markazlari muhim o’rni tutmoqda. Hususan, Gollandiya davlatida transport kompleksi xizmatidan keladigan umumiy foydaning 40 foizi transport logistika markazlari hisobiga to’g’ri kelmoqda. Ushbu ko’rsatkich Fransiyada 31 %, Germaniyada 25 %, Markaziy va sharqiy Yevropa davlatlarida o’rtacha 30 % ni tashkil qilmoqda.
Birlashgan Arab Amirliklaridagi “Dubay” xalqaro aeroportida yiliga 3 million tonnagacha yuk o’tkazilib, 26 milliard dollarga yaqin daromad topilmoqda. Birgina Birlashgan Arab Amirliklaridagi “Dubay” xalqaro aeroportida joylashgan logistika markazi orqali yiliga 3 million tonnagacha yuk o’tkazilib, 26 milliard dollarga yaqin daromad topmoqda.
Agarda transport-logistika markazlarini tashkil etishda to’liq xususiy sektor vakillarning ulushi va roli oshirilmas ekan, ushbu sohada rivojlanish va raqobat muhiti shakllanmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.12.2017 yilda “2018 — 2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo’nalishlarini diversifikasiyalash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3422-sonli qarori qabul qilingan. Bu qarorga asosan avtomobillarda xalqaro yuk tashishni amalga oshirayotgan milliy avtotransport korxonalari va transport-logistika kompaniyalarini rivojlantirish maqsadida ularga 2022 yil 1 yanvarga qadar bir qator imtiyozlar taqdim etilgan. Xususan: qo’shilgan qiymat solig’i, mulk solig’i hamda yer solig’i to’lashdan ozod qilishi, bunda bo’shagan mablag’lar o’zining avtotransport vositalari parkini kengaytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiyalashga, zamonaviy omborxona terminallari barpo etishga va bank kreditlarini to’lashga yo’naltirilishi;
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, transportlogistika xizmatlari ko’rsatishga mo’ljallangan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro’yxatlar bo’yicha olib kelinadigan omborxona uskunalari, yuk ortish-tushirish texnikasi, agregatlar, ehtiyot qismlar va boshqa tovarlar uchun bojxona to’lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig’imlaridan tashqari) to’lashdan ozod qilingan. Shuningdek, xalqaro yo’nalishlarda yuk tashish huquqini beruvchi lisenziyaga ega bo’lgan avtotransport korxonalariga shaharlararo yo’nalishlarda yuk tashishni amalga oshirish huquqi berilgan.
Bundan tashqari, ishlab chiqarilganiga 3 yildan ko’p vaqt o’tmagan yuklarni, shuningdek, boshqa tovarlarni tashish va omborlarda joylashtirish, transport-logistika xizmatlari ko’rsatish uchun mo’ljallangan transport vositalari, maxsus texnikani sotib olishga imtiyozli davri 1 yilgacha bo’lgan, foiz stavkasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo’lmagan kreditlar ajratish hamda ishlab chiqarilganiga 3 yildan ko’p vaqt o’tmagan yuklarni tashish va omborlarda joylashtirish uchun kreditga sotib olinayotgan transport vositalari va maxsus texnika shartnomada ko’rsatilgan 100% li qiymati bo’yicha ushbu kreditning garov ta’minoti sifatida tijorat banklari tomonidan qabul qilinishi mumkinligi belgilandi. 






Download 50,67 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 50,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Transport-logistika markazlariga yaratilgan imkoniyatlar

Download 50,67 Kb.