-rasm. Logistik autsorsing unumdorligini oshiruvchi zaxiralari




Download 50,67 Kb.
bet9/12
Sana31.01.2024
Hajmi50,67 Kb.
#149268
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3 мавзу

1.-rasmLogistik autsorsing unumdorligini oshiruvchi zaxiralari[3]
Investision siyosat kapital qo’yilmalar samaradorligini oshirishni ta’minlashga qaratilgan. Mablag’larni fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirishni ta’minlovchi tarmoqlar foydasiga qayta taqsimlash lozim. Mablag’larning katta qismi faoliyat yuritayotgan korxonalarni texnik qayta jihozlashga va rekonstruksiya qilishga yo’naltirilishi lozim.
Ushbu jarayonda omborlarni rivojlantirish va joylashtirish muammolari logistik autsorsing tamoyillari asosida ko’rib chiqiladi hamda ularning asosiy
qoidalari moddiy vositalar oqimini boshqarishga tizim yondashuvi prinsiplarini amalga oshirish hisoblanadi.
Ombor tarmoqlari logistik autsorsing tizimning muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Bu tarmoqni barpo etish xarajatlarga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatib, tovarlarni iste’molchilarga yetkazish jarayonlarida vujudga keladi hamda ular orqali sotiladigan mahsulotning oxirgi qiymatiga ta’sir etadi.
Ombor tarmoklarini rivojlantirish xaqida qarorga kelish bo’yicha to’liq qiymatlarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi xamda ular barcha iqtisodiy o’zgarishlarni hisobga olishni bildiradi va ular logistik tizimda omborlar miqdorining o’zgarishida vujudga keladi. Bunda shu holni hisobga olish kerakki, omborlar miqdori o’zgartarilganda taqsimot tizimidagi xarajatlarning moddiy vositalar oqimini iste’molchiga yetkazib berishdagi jarayonlar bilan bog’lik qismi ortadi, bir qismi esa kamayadi.
Bularning barchasi autsorser omborlarining eng qulay miqdorini aniqlash bo’yicha masalalarni izlab topish va hal qilish imkoniyatlarini vujudga keltiradi.
Korxonalarning autsorsing asosida o’zgaruvchan ko’rsatkichlar sifatida quyidagi xarajatlarning turlarini ko’rib chiqish mumkin:
●transport xarajatlari:
●zaxiralarni saqlash bo’yicha xarajatlar;
●ombor xo’jaligini ishlatish bo’yicha bo’ladigan xarajatlar;
●ombor tizimini boshqarish bilan bog’lik bo’lgan xarajatlar;
●ta’minlovchi omborning iste’molchidan ajratilishi yuzasidan kelib chikadigan sotishning kamayishidir.
Taqsimot barcha tizimining ko’lamida qulay omborlar miqdorini aniqlash uchun ko’rsatkichining o’zgarishiga bog’lik ravishda u yoki bu xarajatlar va zararlarning o’zgarishlarini baholash zarur bo’ladi.
Tovarlarning iste’molchilarga yetkazib berishdagi transport ishlarining barcha hajmini, shu bilan birgalikda transport xarajatlarini ikkita guruhga bo’linadi:
● taqsimot tizimining omborlariga tovarlarni yetkazib berish bilan bog’lik bo’lgan xarajatlar, ya’ni uzoq masofalarga tashish deb ataluvchi xarajatlar;
● omborlardan iste’molchilargacha bo’lgan tovarlarni yetkazib berish bo’yicha xarajatlar, ya’ni kiska masofalarga tashish xarajatlari.
Transportlarda tashishning omborlar soniga bog’lik bo’lishini har bir guruh bo’yicha ko’rib chiqish.
Taqsimot tizimida omborlar miqdorini ko’paytirilganda tovarlarni omborlarga yetkazish xarajatlari ortadi, chunki transportlarning qatnash soni, shuningdek transport qatnashuvining umumiy bosib o’tadigan yo’li ortadi.
Bog’lanish xususiyatlari – to’g’ri yo’nalishda bo’lmaydi, chunki u holda shartli o’zgaruvchan tarkibiy qismlar mavjud bo’lib, yetkazib berish xarajatlari masofaga nisbatan sekinroq oshib boradi.
Transport xarajatlarining boshqa qismi – tovarlarni ombordan iste’molchilarga yetkazib berishda omborlarning ko’payishi bilan yo’l xarajatlari kamayadi. Bu holat transport qatnovining keskin kamayishi natijasida ro’y beradi.
Umumiy transport xarajatlari taqsimot tizimida omborlar sonining ko’payishi bilan odatda, kamayib boradi.
2. Taqsimot tizimida omborlar soniga karab zaxiralarni saqlab turish xarajatlarining bog’likligi;
Taqsimot tizimidagi omborlar sonining ko’paytirilishi ayrim ombor tomonidan olib boriladigan xizmat chegarasini qisqartiradi, binobarin, ayrim ombordagi zaxiralar miqdori ham kamayadi. Birok ayrim ombordagi zaxira xizmat ko’rsatish chegarasi kamaymayda, natijada taqsimot tizimidagi zaxiralar yig’indisi ortadi.
Birinchi sabab – sug’urta zaxiralarini saklab turish zaruratidir. Bir necha omborlar shayushdagi sug’urta zaxiralarini umumiy hollarda, har bir omborda barpo etilishi zarurdir.
Omborlar tarmoqlarining qisqartirilishi sug’urta zaxiralarining to’planishini talab etadi va ularga umumiy talabni kamaytiradi. Kutiladigan ikgisodni kvadrat ildizlar qonuni asosida hisoblanadi, bunga binoan sug’urta zaxirasining, binobarin, uni saklab turish uchun bo’ladigan xarajatlar yig’indisi omborlar sonidan kelib chiqadigan kvadrat ildizga mutanosiblikda bo’ladi.
Zaxiralar yig’indisining boshqa bir o’sish sabablari shundaki, xizmat ko’rsatish chegrasining kamayishi munosabati bilan ayrim tovarlar guruxlarining omborlarga talablari belgilangan eng oz miqdordagi me’yorlardan kichik bo’lishi mumkin, natijada tovarlarni omborlarning o’zlari qabul qiladi.
Bunday hollarda ushbu guruhdagi talabdan ortiqcha tovarlarni olib kelishga majbur qilinadi, natijada zaxiralar miqdorining ortishiga olib keladi.
Taqsimot tizimidagi omborlar soni ortishi bilan zaxiralar miqdori ko’payishi haqidagi boshqa sabablarni ham keltirish mumkin.
3. Taqsimot tizimidagi omborlar soni ortishi bilan ulardan foydalanish bilan bog’lik xarajatlarning o’zgarishi.
Taqsimot tizimida omborlar soniing ortishi, bilan omborni ishlatish bilan bog’liq xarajatlar kamayadi. Biroq taqsimot tizimining barcha ombor xo’jaligini saqlab turadigan xarajatlar yig’indisi ortib boradi. Bu holat ko’lam samarasi deb ataluvchi holat yuzasidan kelib chikadi: ombor maydonchalari kamaytirilganda bir kvadrat metrga to’g’ri keladigan xizmat ko’rsatish xarajatlari ko’payadi. Masalan, savdoda ombor maydonini 10,5 ming m2 dan 1,5 ming m2 gacha kamaytirilganda, ya’ni 7 marta kamayganda foydalanish xarajatlari 5,25 marta kamayadi xolos. Bitta omborning yettitasi bilan almashtirilishi (umumiy maydon shu holicha – 10,5 ning kv m2 koladi) bunday holda ishlatish xarajatlarining 1,4 marta ortishiga sabab bo’ladi.
4. Taqsimot tizimini boshqarish bilan bog’lik, unga kiradigan omborlar miqdorining xarajatlarga bog’liqligi.
Taqsimot tizimining samarali faoliyat yuritishdagi zarur shartsharoitlaridan bo’lib, bir necha omborlar mavjud bo’lganda boshqarishga kompyuterlashtirish tizimi joriy etiladi. Hisoblash texnikasi bo’lmagan takdirda boshqaruv xarajatlarining egri chizig’i butunlay boshqacha ko’rinishda bo’lishi mumkin, ya’ni omborlar sonining ortishi o’z navbatida ombor xo’jaligini boshqarish tizimi xarajatlari ortishiga sabab bo’ladi. 
Yuqoridagilarni inobatga olib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida samaradorlik va mehnat unumdorligi, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish uchun, ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini ko’paytirish, ishlab chiqarishga yangi, zamonaviy texnika va texnologiyani tatbiq etish, korxonani ishchi kuchi, malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, ularni rag’batlantirish tizimini takomillashtirish orqali mehnat unumdorligini oshirish, kadrlar qo’nimsizligining oldini olish, mavjud tabiiy, moddiy resurslaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish choralarini tatbiq etish kuchli raqobatchilik sharoitida muvaffaqiyat garovidir.



Download 50,67 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 50,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Logistik autsorsing unumdorligini oshiruvchi zaxiralari

Download 50,67 Kb.