• Makroiqtisodiy misol
  • O’zbekiston respublikasida logistika xizmatini shakllanishi va




    Download 50,67 Kb.
    bet5/12
    Sana31.01.2024
    Hajmi50,67 Kb.
    #149268
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    3 мавзу
    kompyuterli matematik tizimlar testlar 2, qadimgi dunyo tarixi 6 rus, MARKETING test, 4 pedagogika psixologiya, ANORA .ISTAMOVA ;MOPERTYUI PRINSIPI, Bebutov Jumabek Nodir o’gli (2), Kurs ishi Hamroqulova Oltinoy 23996, A. Xolliev Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi, kimyoviy bog\'lanish, Документ Microsoft Word, 7-sinf biologiya yangi, HAMROQULOVA K, HAMROQULOVA K, ELEKTRO MAGNIT TO`LQINLAR, 7-sinf Fizika yillik konspekt
    Mikroiqtisodiy misol. Tasavvur qiling, siz qaysidir viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanasiz. Xaridorlaringiz shaharlardagi bozorlar, supermarketlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari bo‘lishi mumkin. Toza mahsulotni oxirgi xaridorga yetib borguniga qadar sizning bir necha kungina vaqtingiz bo‘ladi. Shu vaqt ichida hosilni yig‘ib olishingiz, qadoqlashingiz, transport vositasiga yuklab, xaridorga yetkazishingiz kerak.
    Zanjirning biror-bir nuqtasida muammo paydo bo‘lishi foydaning kamayishiga va hatto tadbirkorning zararga kirishga sabab bo‘lishi mumkin. Bunga mahlusotni vaqtida yig‘ib olmaslik, noto‘g‘ri qadoqlash, noto‘g‘ri saqlash, transport vositasining vaqtida mavjud emasligi/nosozligi yoki keraklicha jihozlanmagani va shunga o‘xshash ko‘plab muammolar sabab bo‘lishi mumkin.
    Makroiqtisodiy misol. Tasavvur qiling, siz eksportga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirasiz va mahsulotingizni Uvropa bozoriga, masalan, Germaniyaga olib chiqmoqchisiz. Bunda avvalambor Germaniyada shu mahsulotga bo‘lgan talab darajasini, taklif qilinayotgan narxlarni, mahsulotingizning tannarxini, uning eksport va transport xarajatlarini hisoblab chiqasiz. Aynan shu mahsulotni Germaniyaga yetkazib beradigan Ispaniya, Italiya, Polsha kabi Yevropa davlatlari yetkazib beruvchilari sizga raqobatbardosh hisoblanadi. Ishchi kuchi arzonligi, mahsulot sifati, uning xilma-xilligi sizning mahsulotingizning afzalliklari bo‘la olsa-da, transport xarajatlari yuqoriligi mahsulotning oxirgi narxlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashishda qo‘llanadigan muzlatgich-avtotransportida bir kg mahsulotni O‘zbekistondan Germaniyaga qilingan transport xarajati hozirgi paytda 40−50 yevro sent atrofida, agar bu turdagi mahsulotlar uchun chakana savdodagi narxlar 50−60 sentdan 2−3 yevrogachaligini hisobga olsak, mahsulotimizning qimmat transport sababli raqobatbardoshligini qanchalik yo‘qotishi mukinligini ko‘ramiz.
    Logistika samaradorligini yaxshilash nima uchun aynan bugungi kunda dolzarb?
    Ba’zi rivojlangan davlatlar oxirgi yillarda iqtisodda proteksionizm siyosatini olib borayotgan bo‘lsalar-da (masalan AQSHning hozirgi hukumati), amalda dunyo iqtisodiyotida globallashuv jarayoni sekinlashgani yo‘q. Dunyo bozorida katta o‘zgarishlar nafaqat O‘zbekistonning, balki butun mintaqamizning ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga tayyor bo‘lishlarini talab etadi. Dunyo hamjamiyatida mavqei o‘sib borayotgan Xitoy, Hindiston kabi davlatlarning global iqtisoddagi o‘rni ham oshmoqda. Mintaqamizning Osiyoni Yevropa bilan bog‘lagan muhim transport karidorining markazida ekanligi biz uchun ham chorlov va ham imkoniyat bo‘lib hisoblanadi. Bir Makon — Bir Yo‘l kabi loyihalar hamkorlar bilan birgalikda infratuzilmamizni yaxshilashga, transport va logistikaga aloqador bir qancha sohalarni rivojlantirishga imkoniyat, shu bilan birga mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun raqobatbardoshlikni oshirish yo‘lida sinov bo‘ladi.

    Download 50,67 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 50,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasida logistika xizmatini shakllanishi va

    Download 50,67 Kb.