O’zbekiston respublikasi korxonalari faoliyati samaradorligini logistik autsorsing tizimi asosida oshirish




Download 50,67 Kb.
bet8/12
Sana31.01.2024
Hajmi50,67 Kb.
#149268
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3 мавзу

O’zbekiston respublikasi korxonalari faoliyati samaradorligini logistik autsorsing tizimi asosida oshirish 
Logistik faoliyat unumdorligi – mehnat xarajatlarining samaradorligi bo’lib, u vaqt birligida ishchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot birligi, ishlab chiqarishga ketgan ish vaqti miqdori, uni bozorga yetkazib berish kanallarining samarasi va mahsulot miqdorida ifodalanadi, ya’ni logistik autsorsing unumdorligi ma’lum vaqtda ishchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot sonidir. 
Logistik faoliyat unumdorligini o’stirish uchun unga sarflangan jonli mehnatning qiymatini kamaytirish lozim, ya’ni ishlab chiqarishda qatnashayotgan ishchilardan oqilona foydalanish zarur bo’ladi. Bu o’z navbatida mahsulot tannarxining kamayishiga foydaning esa o’sishiga olib keladi. Shunday qilib, logistik autsorsing unumdorligini oshirish manbalari xilma-xil bo’lib, ular korxona ishchilarning samarali faoliyati bilan boyib boradi. Ularni ikki yo’nalish bo’yicha guruhlash mumkin. 
Ulardan biri–moddiy oqimlarini yetkazib berish tarkibini jadal o’zlashtirish, yangi texnologiyani joriy etish, boshqarishni takomillashtirish va ixtisoslashtirishni rivojlantirish. 
Ikkinchi yo’nalish, logistik autsorsing unumdorligining oshirishning eng muhim omillaridan bo’lgan moddiy oqimlarni xarakatga keltirishni tashkil etish, ishlab chiqarishning hajmi va tizimini o’zgarishi, tarmoq omillari, ishlovchilarning bilim saviyasi, malakasi va boshqalar ham ahamiyatlidir.
Logistik autsorsing unumdorligini oshirish zaxiralarining bir necha tasniflari mavjud bo’lib, ular ikkita katta guruhlarga bo’linadi: 
●jonli mehnatdan (mehnat resurslaridan) foydalanishni yaxshilash zaxiralari; 
●asosiy va aylanma fondlardan yanada samaraliroq foydalanish zaxiralari. 
Birinchi guruhga, mehnatni, mehnat sharoitlarini tashkil etish, ishlovchilarning ish qobiliyatlarini oshirish, kadrlar tarkibi va ularni joyjoyiga qo’yish, shuningdek, xodimlarning mehnat natijalaridan yuqori moddiy va ma’naviy manfaatdorliklarini oshirishni ta’minlash bilan bog’liq masalalar kiritiladi. Ikkinchi guruh asosiy ishlab chiqarish fondlari quvvatidan to’liq foydalanish zaxiralarini, shuningdek, xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va aylanma mablag’lardan yanada tejamkor foydalanishni o’ziga oladi. 
Ichki ishlab chiqarish zaxiralari, shuningdek, mahsulotning sermehnatlilik darajasini pasaytirish zaxiralariga va jami ish vaqtidan samaraliroq foydalanish zaxiralariga bo’linadi. Jami ish vaqti fondidan foydalanishni yaxshilashga ish vaqtining bekor sarf bo’lishini tugatish va kadrlar tarkibini yaxshilash bilan, ya’ni ishlovchilarning umumiy sonidan asosiy ishchilar salmog’ini oshirish bilan erishiladi. 
Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining oshishi ko’p xollarda asosiy fondlardan optimal ravishda foydalanishga bog’liq bo’ladi. Mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish, uskunalarni maksimal darajada ish bilan ta’minlash, uning smenaligini keskin oshirish va shu asosda xar bir uskuna birligiga hamda har-bir metr kvadrat ishlab chiqarish maydoniga to’g’ri keladigan mahsulot miqdorini oshirish zarur[2].
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda asosiy o’rinlardan biri (boshqaruvni o’z ichiga oluvchi) tashkiliy-iqtisodiy omillar egallaydi. Ijtimoiy ishlab chiqarish masshtabining o’sishi va xo’jalik aloqalarining murakkablashishi bilan uning roli ortib boradi. 

Download 50,67 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 50,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi korxonalari faoliyati samaradorligini logistik autsorsing tizimi asosida oshirish

Download 50,67 Kb.