|
Yuk tashish va yuk aylanmasi
|
bet | 11/12 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 50,67 Kb. | | #149268 |
Bog'liq 3 мавзу1-jadval
Yuk tashish va yuk aylanmasi
Ko’rsatkichlar
|
2014-y
|
2015-y
|
2016-y
|
2017-y
|
2018-y
|
Jo’natilgan yuklar, mln.t.
|
1 000,4
|
1 070,5
|
1 132,5
|
1 146,2
|
1 243,0
|
Shu jumladan, temir yo’l orqali
|
65,7
|
67,2
|
67,6
|
67,9
|
68,4
|
Yuk aylanmasi, mlrd.t-km
|
66,2
|
65,8
|
65,3
|
66,9
|
71,3
|
Shu jumladan, havo yo’li mln.t-km
|
125,1
|
131,1
|
132,2
|
156,9
|
123,5
|
Mamlakatimizda jo’natilgan yuklar 2014-yilda 1000,4 mln.tonnani tashkil etib, mazkur ko’rsatkich 2018-yilda 1243 mln.tonnani tashkil etganligini ko’rish mumkin. Temir yo’l orqli tashilgan yuklar esa 2014-yilda 65,7 mln. tonna, 2017 va 2018-yillarda mos ravishda 67,9 va 68,4 mln. tonnani tashkil etdi.
Iqtisodiy adabiyotlarda logistikani “iqtisodiyotning ishlab chikarish infratuzilmasi” degan ta’riflar ham keltirilgan.
Korxonalarning uzluksiz ish olib borishi uchun o’z vaqtida xomashyo bilan ta’minlanib turilishi, tayyor mahsulot iste’molchilarga o’z vaqtida yetib borishi zarur. Korxonalarning xomashyo bilan ta’minlanishi, tayyor mahsulot korxonalardan chiqib, iste’molchilarga yetib borish jarayonlari bevosita logistika yordamida amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan rasmdan ham logistikani mahsulotni ishlab chiqarishdan boshlab, uni trqatish, saqlash, transport, yuklash-tushurish, marketing va iste’mol qilish jarayonlarida ishtirok etishini ko’rish mumkin.
Turizmda logistika – bu turni shakllantirish jarayonida amalga oshiriladigan operasiyalarni rejalashtirish, boshqarish va turistik tayyor mahsulotni iste’molchiga uning manfaatlari va talablariga muvofiq ravishda yetkazish, shuningdek, tegishli ma’lumotlarni uzatish, saqlash va qayta ishlash faoliyatidir.
Turistik korxonanini boshkarish iqtisodiy oqimlarni optimallashtirish uchun logistika tizimini rivojlantirishni talab etadigan va korxonaning moliyaviy natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan juda murakkab jarayon hisoblanadi.
Turistik korxonalarning logistika tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan tarkib topadi:
- axborot - turistik rejalashtirish, buyurtmalarni qabul qilish va qayta ishlash, talabni prognozlash;
- sayyohlarni tashish - transport turini va transport korxonasini tanlash;
- sayyohlarga xizmat ko’rsatuvchi xodim (kadr)lar;
- xizmat ko’rsatish - turlarni shakllantirish va mijozlarga xizmat ko’rsatadigan logistika bo’limlari.
Logistika tizimining axborot qismi turistik rejalashtirish jarayoni amalga oshirishni ko’zda tutadi. Bunda buyurtmalarni qabul qilish, qayta ishlash hamda mavjud talabni tahlil qilish va potensial talab haqida prognoz amalga oshiriladi. Sayyohlarni tashish qismida esa ularga xizmat ko’rsatadigan maqbul transport turi va tashuv xizmatini taklif etayotgan transport korxonasi tanlanadi. Mijozlarga xizmat ko’rsatadigan kadrlarning salohiyati, malakasi va tajribasi turizmda logistik tizimning amal qilishida muhim o’ringa ega. Logistika tizimining xizmat ko’rsatish qismi turlarni shakllantirish va mijozlarga turli xizmatlarni ko’rsatuvchi logistik bo’limlar faoliyatini nazarda tutadi.
Yuqorida ko’rsatilgan turizm korxonalari uchun logistika tizimining tarkibiy qismlari faoliyat ko’rsatishi uchun bir nechta quyi tizimlarni xizmat qiladi. Bular, turistik mahsulotlarni boshqarish quyi tizimi, transport tashkilotlari bilan aloqalar, mehmonxonalarni boshqarish quyi tizimi, xodimlarni boshqarish quyi tizimi, axborot oqimlarini boshqarish quyi tizimi va moliyaviy kichik tizimdir.
Keyingi yillarda, logistika nafaqat moddiy oqimlarni, balki xizmat oqimlarini boshqarish faoliyati hamdir. Turizmdagi xizmatlar oqimi qatoriga transport, turar joy, turistlarning ovqatlanishi, ekskursiya xizmatlari, shuningdek, sayohat maqsadidan kelib chiqqan holda ko’rsatiladigan tarjimonlar va boshqa xizmatlar kiradi.
|
| |