|
O’zbekiston turizmida logistik tizim: xususiyatlari, funksiyalari va imkoniyatlari
|
bet | 10/12 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 50,67 Kb. | | #149268 |
Bog'liq 3 мавзу6.O’zbekiston turizmida logistik tizim: xususiyatlari, funksiyalari va imkoniyatlari
O’zbekiston turizm sohasida jahondagi ulkan salohiyatga ega bo’lgan davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda zamonaviy turizm industriyasini rivojlantirish uchun barcha zaruriy manbalar mavjud bo’lib, qulay tabiiy-iklim sharoitlariga va boy tarixiy madaniy merosga ega.
Mamlakatimizda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikasiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish o’rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investisiyaviy jozibadorligini oshirishni ta’minlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
“2010-2017 yillar davomida turizm xizmatlari eksporti hajmi ikki baravar oshdi va 2017 yilda 546,9 million AQSh dollari, 2018 yilda esa - 1 041 million AQSh dollarini tashkil etdi. 2016 yilgacha xorijiy tashrif buyuruvchilar sonining o’sish sur’ati o’rtacha yillik 8 foizni, 2017 yilda - 7 foizni tashkil qilib, 2,69 million nafardan oshdi. 2018 yil yakunlari bo’yicha respublikaga 5,3 million xorijiy turistlar tashrif buyurdi. Xususiy sektorni qo’llab-quvvatlash va muhofaza qilishga qaratilgan choralar ko’rilgani natijasida, 2015 yilda 398 tani tashkil qilgan turizm tashkilotlari soni 2018 yil yakuni bo’yicha 950 taga, mehmonxona xo’jaliklari soni - 661 tadan 900 taga yetdi”.
Iqtisodiyotni innovasion rivojlantirish sharoitida turizmning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini oshirish, turistik xizmatlar va mahsulotlarni sifat jihatidan takomillashtirish, turistik korxonalar o’rtasidagi iqtisodiy xavfni kamaytirishda logistika muhim ahamiyatga ega.
2019-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasida ham transport logistikasini rivojlantirish, tashqi va ichki yo’nalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish ko’zda tutilgan:
- yo’lovchilar tashuvini rivojlantirish, shu jumladan doimiy transport qatnovini yo’lga qo’yish, turli transport vositalarining qulay tutash bog’lamalarini tashkil etish, turizm markazlarini birlashtiruvchi respublika va mintaqaviy ahamiyatga molik yangi avtomobil yo’llarini qurish va mavjudlarni rekonstruksiya qilish, tutash yo’l infratuzilmasi yaxshilashga qaratilgan davlatlararo shartnomalar bilan tasdiqlangan dasturni shakllantirish,
- transport tariflarini optimallashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- yangi temir yo’llarni qurish va mavjudlarni takomillashtirish, yuqori tezlikda harakatlanadigan elektropoyezdlardan foydalanishni kengaytirish;
- sifatli transport xizmatlarini ko’rsatish uchun transport vositalarining harakatlanuvchi tarkibini muntazam yangilab borish va boshqalar.
Bugungi kundagi globallashuv hamda iqtisodiyotning integrasiyalashuvi sharoitida turizm sohasining taraqqiyotini ta’minlashda logistika va logistik tizimlardan foydalanishni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo’lib, dolzarb vazifalardan biridir.
Lekin bugungi kungacha turizmda logistika masalalari yetarlicha tadqiq etilmagan. Shuning uchun ham turizm va logistikaning uzviy bog’liqligi, turizmni rivojlantirishda logistikaning nazariy va amaliy ahamiyatini o’rganish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Logistika - ma’lum maqsadlarni hal qilish uchun zarur bo’lgan mablag’ va xizmatlarni maqsadga muvofiq ravishda tayyorlash, foydalanishni tashkil etish va boshqarish bo’lib hisoblanadi. Logistikaning maqsadi esa ma’lum tovarni yoki ko’rsatiladigan xizmatni ma’lum vaqtda eng kam (minimal) xarajatlar bilan oldindan tayyorlashdir.
Bugungi kunda logistika rivojlangan mamlakatlarning asosiy biznes jarayonlariga aylanib ulgurdi. Logistika tizimi butun yalpi ichki maxsulotning 20-25 % ulushiga ega hisoblanadi va bu tizimdagi 1 % lik yo’qotish, ishlab chiqarishning 10 % ga qisqarishiga olib keladi.
Logistika korxonaning butun tuzilishini qamrab olganligi bois, menejment va marketing aloqalarini ham mustahkamlab boradi. Jahon tajribasidan ma’lum bo’lishicha, logistika fan sifatida AQShda eng ko’p o’qitiladi, yeng ko’p Germaniyada ishlatiladi hamda eng ko’p foyda Yaponiyada olinadi.
O’zbekistonda ham tashqi iqtisodiy faoliyatning tobora rivojlanib borishi bilan xalqaro logistik markazlar, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ularning o’rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Mamlakatimizda logistika mustaqillikdan oldin faqatgina ichki bozor imkoniyatlariga yo’naltirilgan bo’lsa, istiqlol davrlarida uning tarkibiy jihatdan kengaytirilib, takomillashtirildi. Qisqa davr moboynida logistik infratuzilmaning o’ziga xos rivojlanish yo’llari ham shakllantirildi. Amalga oshirilgan izchil chora-tadbirlar natijasida transport-kommunikasiya tizimlari barqaror rivojlanmoqda, ular orqali tashilayotgan yuklar hajmi ham tobora ortmoqda (1-jadval).
|
|
| |