O’zbekiston respublikasining davlat tili haqidagi qonunlari hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi kabi davit hujjatlarida o’zbek tilini davlat tili sifatida o’qitish masalalari bo’yicha malumot to’plash




Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
Sana17.03.2024
Hajmi0.87 Mb.
#174883
Bog'liq
Dilmurod Ozodov 215-guruh
Madaminova Mard-WPS Office, 31-Vektorr, 2 5312447479373892554, ycUaDA2OZWoeqoLRBn65727YpdqyWt07VxYQ6WEP, ¦Ы¦¦¦¦TЖ¦¬TП8, 2.Kimyo tex xarita, Simmetrik kriptografik algoritmlar, Gosht (mol, qoy, tovuq) va baliq mahsulotlarning ozuqaviy qiymnti, ahamiyati, turlari, ularning sifatiga bolgan talablar., O’zgarmas tok tormizlash usullari Reja 1-Teskari ulash yo’li bil, Asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymatini hisoblash. Reja, TEST 1, 25 variant 3 savol, result, METALLARNI KESISH TEXNOLOGIYASI, Kompyuter o’yinlari-manqurtlik vositasi.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 
Davlat tili haqidagi qonunlari hamda 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi kabi 
davit hujjatlarida o’zbek tilini davlat 
tili sifatida o’qitish masalalari 
bo’yicha malumot to’plash 
DILMUROD OZADOV 215-GURUH 


Har bir sohaning rivojlanishi va taraqqiy etishida ma’lum bir vaqt talab etiladi. O’zbek tiliga 
O’zbekiston Respublikasi davlat tili maqomi berilganiga ham 30 yildan oshdi. 1989 yil 21 
oktyabr «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilinib, o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. 
Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lgan ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi 
va himoyasiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham Davlat tilining 
maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi. 
Bu vaqt oralig’ida ona tili mavqeining yanada mustahkamlanib, rivojlanishi uchun qator 
Qonun va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 
yil 21 oktyabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish 
chora-tadbirlari to’g’risida’gi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
apparatining tarkibiy bo’linmasi hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil 
qilindi. 
Bundan ko’zlangan maqsad Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan 
bog’liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo’yicha takliflar tayyorlash, o’zbek tilining 
yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqishdan iborat. 


Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-fevralda “Rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga 
tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish 
bo‘yicha daraja sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori 
tasdiqlandi. 
Qaror bilan 2021-yil 1-apreldan boshlab o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning 
milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish hamda masʼul 
lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikat 
berish tizimi joriy etildi. Bu test tizimi davlat tilida ish yuritish sohasining yuksak rivojiga 
xizmat qilishi kutilmoqda. 
Test sinovidan o‘tish talablariga kelsak, rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan 
shaxslar uchun test sinovidan o‘tish talablari bir xil. 
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida test sinovida yetarli ball to‘play olmagan talabgor 
lavozimdan ozod etilishi yoki u qayta imtihon topshirgunga qadar uning ish o‘rni vakant bo‘lib 
turishi to‘g‘risida alohida talab belgilanmagan. 
Biroq, talabgorlar test sinovidan o‘ta olmasa, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida davlat tili 
bo‘yicha malaka oshiradilar va qayta test sinovlarida ishtirok etadilar. 


Maqsad esa ayon – o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini 
yuksaltirishda yuqori natijalarga erishish. O‘zbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa sohalarda qo‘llash doirasi kengayib, undan 
davlat tili sifatida to‘liq va to‘g‘ri foydalanish taʼminlanadi. Bundan tashqari, 
davlat organlari va tashkilotlari rahbar xodimlariga davlat tilini talab darajasida 
bilish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish majburiyati yuklanadi, barcha 
davlat organlari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish salohiyatiga ega bo‘lgan 
malakali kadrlar faoliyat ko‘rsata boshlaydi 
Ma`lumki, «Ta`lim to`g`risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
(1997 yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta`lim tizimi tubdan isloh 
qilina boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko`ra respublikamizda kasb-hunar 
kollejlarini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu 
birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan 
o`quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlanganligiga bog`liq. Kasb-
hunar kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi 
kadrlarga ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish 
ularda yuksak mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-
tuyg`ularini tarbiyalash kabi vazifalarni qo`yadi. 


Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan 
qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik 
davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. 
Jamiyatda sodir bo`layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o`zgarishlar ta`lim 
tizimiga xususan o`rta maxsus kasb-hunar ta`limiga boshqacha yondashishni talab 
qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri 
ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning 
madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta`lim standartlarini 
yaratish va tatbiq etishdir. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari. 


Prezidentimizning O’zbek 
tili davlat tili sifatida nufuzi 
va mavqeyini tubdan 
oshirish tadbirlari 
to’g’risidagi farmoni 


Xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, 
intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tili 
jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir. 
O‘zbekistonda 1989-yil 21-oktabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu 
qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul 
qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qo‘yilgan dastlabki 
dadil qadam edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan o‘zbek tili 
mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi. 
Istiqlol yillarida ona tilimiz tom ma’noda davlat tiliga aylanib, xalqimizni 
yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga 
safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi. 


Bugun O‘zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan 
bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga 
ko‘tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar 
jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib 
bormoqda. 
O‘zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol 
qo‘llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda 
tilimizga e’tibor va uni o‘rganishga qiziqish kuchaymoqda. 
Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy 
manfaatlarini ta’minlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy 
qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor 
ahamiyat qaratishi tabiiydir. 


O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-
e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni 
vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ 
ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, 
mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash 
maqsadida: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, 
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat 
markazi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar 
qo‘mitasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va keng jamoatchilikning 
o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21-oktabr sanasini 
“O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifi 
ma’qullansin. 


3. Quyidagilar Davlat tilini rivojlantirish departamentining asosiy 
vazifalari etib belgilansin: 
davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga 
rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada 
jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish; 
davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi 
hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat 
nazoratini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; 
davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va 
bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida 
yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha takliflar tayyorlash; 


O’zbek adabiy tili 
meyorlari 


Nutq madaniyatiga erishishning asosiy omili tilni, ayniqsa adabiy 
til me`yorlarini egallash, ulardan unumli va o`rinli foydalanishdir. 
Hozirgi adabiy til me`yorlariga rioya qilib tuzilgan nutq aniq, to`g’ri 
va ta`sirchan holda tinglovchiga yetib boradi. 
Me`yor-so`zning mavjud bo`lgan ma`nosi, fonetik tuzilishi. 
S.I.Ojegov fikricha, “Me`yor-bu ijtimoiy jarayonda birga mavjud 
bo`lgan, bor bo`lgan, yangi paydo bo`lgan yoki o`tmishning kam 
ishlatiladigan til unsurlarini (lug’aviy, talaffuz, morfologik, 
sintaktik) tanlashning natijasi sifatida shakllangan, jamiyatga 
xizmat qiladigan foydali til vositalari yig’indisidir, keng ma`noda bu 
unsurlarni baholashdir”. Adabiy me`yor o`z holicha shakllanadi. 
Uning shakllanish va taraqqiyotiga tilning tarkibiga kiruvchi lahja, 
shevalar turlicha hissa qo`shadilar. Qaysi hududda savdo, fan 
madaniyat taraqqiy etgan bo`lsa, me`yorga ham o`sha hududdagi 
shevalarning ulushi ko`proq bo`ladi. 


. Me`yor til qurilishi unsurlarining hammasiga tegishli. Adabiy me`yor 
umumiy me`yordan olinadi, unga suyanadi. Adabiy me`yor umumiy 
me`yorning xususiy ko`rinishi bo`lgani uchun undan hajm jihatidan 
kichikdir. 
Og’zaki adabiy normaning rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiyachilari, 
ertakchi, latifachi, dostonchi, xalq shoir-baxshilari katta hissa 
qo`shadilar. 
Nutq madaniyati 
adabiy
me`yorlarni tadqiq etar ekan, u me`yordagi 
mustahkam va zaif o`rinlarni belgilaydi. Adabiy me`yor adabiy til bilan 
birga tug’iladi, badiiy adabiyotning, xalq madaniyatining taraqqiyoti 
bilan rivojlanib, o`z qonun-qoidalarini mustahkamlab boradi. 
So`zlovchi yoki tinglovchi gapirganda yoki eshitganda ma`lum odob, 
axloq me`yorlariga rioya qiladi, chiroyli va ta`sirchan gapirishga 
intiladi, tilga hurmat bilan munosabatda bo`ladi, o`z gapi va o`zgalar 
gapiga e`tiborli bo`ladi, o`rinli so`zlash va tinglash madaniyati, suhbat 
va munozara madaniyatiga amal qiladi.


Fonetik me`yorlar. 
Bunda hozirgi o`zbek adabiy tilidagi unli va undosh tovushlarning qo`llanilishi 
me`yor hisoblanadi. 
Leksik-semantik me`yor (so`z qo`llash)lar. 
So`z variantlaridan hamma uchun tushunarli bo`lgan ko`rinishini tanlab olish 
hozirgi o`zbek tilining lug’aviy me`yori hisoblanadi. 
Imlo, talaffuz, tarjima lug’atlarida lug’aviy me`yor o`z aksini topadi. 
So`zning ma`nosini bilmay ishlatish, shevaga xos so`zlarni qo`llash, 
paronimlarning ma`nosini tushunmasdan ishlatish rus tilidan to`g’ridan-to`g’ri 
kalka-tarjima qilish me`yor hisoblanmaydi. 
Masalan: bo`lsa o`rnida bo`sa so`zini ishlatish, yorug’ o`rnida yoruq so`zidan 
foydalanish. Rus tilidan tarjima qilish asosida: Bazm kechasining aybdorlari. 
Talaffuz me`yorlari (orfoepik). 


Sohaning faol va nofaol 
terminlari 


TERMIN (lot.terminus – chegara, had) – bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga 
doir tushunchani ifodlovchi so’z yoki so’z birikmasi. So’z bilan terminning umumiy 
va xususiy tomonlari yetarli darajada ochib berilgan emas; kundalik turmushda 
keng iste’molda bo’lgan so’zlar ayni paytda turli sohalarga doir terminlar 
hamdir.Masalan: quloq, burun, tomoq – anatomiya va tibbiyot; gilam, sholcha, 
palos – gilamdo’zlik; kitob, ruchka, daftar – pedagogik soha terminlari bo’lish bilan 
birga umumxalq tilida faol qo’llaniladi. Hozirgi kunda “termin” so’zi bilan bir 
qatorda “atama “, “istiloh”, so’zlar ham ayni ma’noda qo’llanilmoqda. Lekin ular 
“termin” so’zining hozirgi ma’nosini to’liq ifoda eta olmaydi. “Atama” so’zi keng 
ma’noda bo’lib, geografik obyektlar, atoqli nomlarga nisbatan qo’llaniladi. “Istiloh” 
so’zini esa termin ma’nosida tarixiy mavzulardagi matnlarda bemalol qo’llash 
mumkin. 


Nofaol so’zlar. Adabiy tilga o’xshab shevalar ham rivojlanib, 
yangi so’zlar hisobiga boyib, o’zgarib boradi. Bunday o’zgarish, 
ko’pincha shevalar lug’at tarkibida ro’y beradi. Bu ijtimoiy 
hayotda sodir bo’lgan o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Ayniqsa, 
jamiyatda ro’y beradigan har xil o’zgarish sababli zamon 
talablariga javob bermagan so’zlar iste’moldan chiqadi, ularning 
o’rniga boshqalari kirib keladi. Demak, til, jumladan, uning 
shevalarida ham yangilanishlar, eskirishlar sodir bo’lib turadi. 
Ba’zi doirasining va aksincha, ayrimlarining passiv qatlamga 
o’tishi bu jarayonni yanada tezlashtirishi mumkin. 


Omonimlar. Har bir tilning lug‘at tarkibida tovush tarkibi va yozilishi 
jihatdan bir xil, ammo ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar muayyan miqdorda topiladi. 
Bunday so‘zlar omonimlar guruhini tashkil qiladi. 
Fonetik (tovush) tomondan bir xil - shakli o‘zaro ma’lum bir ko‘rinishga 
kelib qolgan ikki va undan ortiq so‘zlar omonimlardir. Omonimlar ma’no jihatdan 
o‘zaro munosabatda bo‘lmaydi, boshqa-boshqa tushunchalarni anglatadi. 
Masalan: 
ot (ish hayvoni, ism, buyruq fe’li). Ko‘p ma’noli so‘zlarning shakli asli bitta bo‘lib, 
ma’nolari o‘zaro bir-biriga juda yaqin va aloqador, biri-ikkinchisiga bog‘liq 
bo‘ladi. Masalan, bosh so‘zi: ishning boshi, gapning boshi, erning boshi. 
O‘zbek tilida omonimlar turli ko‘rinishlarga ega. CHang (to‘zon)-chang 
(musiqa asbobi), yoqmoq (chiroyli, yoqmoq) - yoqmoq (uning nutqi menga juda 
yoqdi, «xush kelmoq, ma’qul bo‘lmoq») kabi barcha grammatik shakllari teng, bir 
so‘z turkumiga kiruvchi so‘zlar omonimlar deyiladi. 


Sohaning terminlari 
yasalishi 


Terminlarning ifoda plani so„zga (hujayra, to„qima) yoki 
turg„un birikmaga (o„q ildiz, popuk ildiz) teng bo„ladi. 
A.A.Potebnya “keyingi ma‟no” deb atagan va “u 
tilshunoslikning o„rganish obyektiga kirmaydi, uni boshqa 
fanlar o„rganadi” deb ko„rsatilgan terminologik leksika 
uzoq davrlargacha alohida nominativ birlik, atama sifatida 
tilshunoslikda tadqiq qilinmadi. Tilshunoslik fani 
rivojlanib, o„z tadqiqot doirasini kengaytirgan sayin 
terminlarni o„rganish uning eng muhim va tarkibiy 
qismlaridan biriga aylandi. Hozirgi paytda atamashunoslik 
bir qancha tadqiqot yo„nalishlariga bo„linadi: 


1. Nazariy terminologiya – maxsus leksika 
(termin)larning rivojlanish vaqo„llanish 
qonuniyatlarini o„rganadi. 
2. Amaliy terminologiya – terminlarning amaliy 
prinsiplari, terminlar va terminologiyaning 
kamchiliklarini yo„qotish bo„yicha tavsiyalar, 
ularning qo„llanilishi, yaratilishi va tarjimasiga doir 
vositalarni ishlab chiqish bilan shug„ullanadi. 
3. Umumiy terminologiya – maxsus leksika 
(termin)larning umumiy xossalari, muammolarini 
o„rganadi. 


4. Xususiy terminologiya – ma‟lum bir tilning aynan bir sohasiga mansub bo„lgan terminlarni 
o„rganadi. 
5. Tipologik terminologiya – alohida terminologiyalarni qiyoslab o„rganib, umumiy va alohida 
terminologiyaning xossalarini belgilaydilar. 
6. Chog„ishtirma terminologiya – turli tillardagi umumiy va maxsus terminologiyani chog„ishtirib 
o„rganadi va xossalarini keltirib chiqaradi. 
7. Semasiologik terminologiya – maxsus leksemalarning semantika bilan bog„liq muammolarini, 
semantik birliklarning o„zgarishi, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, giponimiya kabilarni tadqiq 
qiladi. 
8. Onomastik terminologiya – nomlashning maxsus leksemalarini, ularningnomlanish jarayoni, 
nomlashning optimal shaklini tanlashni tadqiq etadi. 
9. Tarixiy terminologiya – terminologiya tarixini o„rganib, terminlarning kelib chiqishi, shakllanish 
jarayonini tahlil etadi. Shu orqali terminlar tartibga solinadi. Shu yo„nalishning natijalariga asoslangan 
holda tilshunoslikda yangi mustaqil fan – antropolingvistika ajralib chiqdi. 
10. Funksional terminologiya – zamonaviy terminlarning turli matnlardagi, professional muloqot 
holatlarida, mutaxassislarni tayyorlashdagi vazifalari, shu bilan birga nutqda va kompyuter tizimida 
terminlardan foydalanish xossalarini o„rganadi. 


O’zbek tilining imlo 
qoidalari va soha 
egalarining savodxonligi 


So'zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat'iylik millatni yakdiilikka, 
ma'naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma'noda har bir xalq o'z tilining imlo 
qoidalarini ishlab chiqadi, uni amali-yotga tatbiq etadi. 
Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz 1956-yilda tasdiqlangan edi. 
Davr o'tishi bilan u eskirdi, amaliy ehti-yojlarimizga javob bermay qoldi. 
Shu bois, 80-yillarning boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar 
boshlandi. O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, mustaqil-likning 
qo'lga kiritilishi yangi imlo qoidalarini ishlab chi-qish uchun qulay 
imkoniyat yaratdi. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning joriy 
etilishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi. Shu maqsadda 
O'zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasi 1995-yilning 24-avgustida 
339-sonli «0'zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash ha-qida» 
qaror qabul qildi. U 82 banddan iborat bo'lib, quyi-dagi bo'limlarni o'z 
ichiga oladi. 


1. a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi qo‘shimchalari qo‘shilganda a unlisi o aytiladi 
va shunday 
yoziladi: sayla — saylov, qayna — qaynoq, sayra — sayroqi. 
Shuningdek, o‘qi — o‘quvchi, sovi — sovuq, to‘qi — to‘quvchi so‘zlarida i unlisi u ga 
aylanishi mumkin. 
2. K k harfi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi 
qo‘shilsa, ular g va g‘ ga aylanadi: yurak — yuragi, bilak — 
bilagim, tilak — tilagim; buloq — bulog‘im, quloq — 
qulog‘ing, qishloq — qishlog‘i kabi. Erki, ishtiroki, huquqi, 
ravnaqi singari so‘zlarda bunday holat kuzatilmaydi. 
3. Singil, o‘rin, ko‘ngil, og‘il, shahar kabi sozlarga egalik qo‘shimchasi, qayir, ayir so‘zlariga 
nisbat 
yasovchi qo‘shimcha, ikki, olti, yetti so‘zlariga jamlovchi son hosil qiluvchi qo‘shimcha 
qo‘shilsa, asosda 
tovush tushishi hodisasi ro‘y beradi. 
4. U, shu, o‘sha kabi olmoshlarga -da, -dan, -day, -dagi, -dosh, -cha qo‘shimchalari 
qo‘shilsa, bitta n 
orttiriladi, aksincha, men, sen olmoshlariga -ni va -ning qo‘shimchalari qo‘shilsa, bitta n 
tushirib qoldiriladi: 
bunda, shundan, o‘shancha, meni, sening kabi. 


5. Parvo, obro‘, mavqe so‘zlariga egalik qo‘shimchalari (I va 
II shaxsda) qo‘shilsa, bitta y tovushi orttiriladi 
va shunday yoziladi: parvoyi, obro‘yim, mavqeyim kabi. 
6. -boz, -bon qo‘shimchalari -vos, -von kabi aytilsa-da, 
doimo asl shakli bo‘yicha yoziladi: dorvoz, bog‘bon 
kabi. 
7. -dir nisbat yasovchi qo‘shimchasi jarangli undosh bilan 
tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shiladi: yondir, 
bordir, quvdir kabi (kel so‘zi bundan mustasno), qolgan 
o‘rinlarda -tir shaklida aytiladi va shunday yoziladi: 
ektir, quyultir, kestir kabi 


O’zbek tili leksikasining 
boyish manbalari


O‘zbek tilining ichki imkoniyatlari 
asosida (ichki manba). Bunda so‘z 
yasash orqali yangi so‘zlar hosil 
qilinadi: sirifdosh. limonzor. vazirlik. 


Boshqa tillardan so'z olish (tashqa manba). 0‘zbek tiliga boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirish turli davrlarda 
turlicha boMgan. Eng qadimda fors-tojik tillaridan, keyinroq arab tilidan, undan ham keyinroq rus tilidan va 
rus tili orqali Yevropa tillaridan so‘z o'zlashtirish faollashgan. 0‘zlashgan so‘zlar ham o‘zbek tili leksikasida 
anchagina miqdomi tashkil etadi. Keyingi yillarda tilning leksik tarkibini so‘z yasashdan ko‘ra boshqa 
tillardan so‘z o'zlashtirish hisobiga boyishi yyetakchilik qilmoqda. 
Boshqa tillardan so'zlar ikki usul bilan o‘zlashtiriladi: 1) so‘zni aynan olish yoMi bilan; 2) kalkalab olish yo‘li 
bilan. 
So‘zni aynan olish yoMi bilan tojik, arab tillaridan, shuningdek, rus tillaridan, rus tili orqali boshqa Yevropa 
tillaridan ko‘proq o‘zlashtirilgan. Masalan, sinch, devor, yana, rubob, kitob, maktab, daraxt, mutolaa, 
muomala, traktor, sport kabi. 
Kalkalab o‘zlashtirishda so‘z aynan olinmaydi, balki so‘zning ma’nosi o‘zlashtiriladi. Ikkinchi tildagi so‘zning 
ma’nosi shu so‘zning morfemik tarkibidan qismma-qism nusxa ko'chirish orqali ifoda etiladi. Kalkalab 
o‘zlashtirishning 2 xil yoMi bor: 
ToMiq kalka. Bu usulda o‘zlashtirilayotgan so'zning barcha qismlari o'z til materialidan tuziladi. Masalan: 
polugramatniy - chalasavod. ledokol - muzyorar. 
Yarim kalka. Bu usulda o'zlashtirilayotgan so‘zning bir qismi aynan saqlanib, bir qismi o‘z til orqali beriladi. 
Traktorist - traktorchi, tabelshik - tabelchi kabi. 


0‘zga til so‘zidagi ma’no o‘z tildagi so'z bilan berilsa, bu semantik kalka deb ham yuritiladi. 
Masalan, bo'g'in so'zining ruscha «pokoleniye» ma’nosi. 
O`zbek tili leksikasi bir qancha manba asosida boyib, rivojlanib boradi. Uni, eng avvalo, 
ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) ichki imkoniyat; 2) tashqi imkoniyat. 
Birinchisi ichki manba, ikkinchisi tashqi manba deyiladi: 1. O`zbek tili lug`at tarkibining 
birinchi yo`l bilan boyib borish imkoniyati juda keng. Masalan: a) ilgari qo`llanib, keyin 
iste’moldan chiqib ketgan so`zdan yangi tushunchani ifodalash uchun foydalanish: vazir, 
hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo`shimcha yordamida yangi so`z 
yasash: uyali (telefon), omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi 
(dizayner) va boshqa; d) shevaga xos so`zni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) 
«o`xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma’nosida. 2. O`zbek tili lug`at tarkibi 
tashqi manba asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda ichki imkoniyati asosidagina 
rivojlanadigan til yo`q. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani tilimizning ichki 
imkoniyati asosida ifodalab bo`lmagandagina tashqi manbaga murojaat qilish foydali. 
Mahmud Koshg`ariy, Alisher Navoiy ham shunga da’vat qilgan. Keyingi davrda tilimizga 
Yevropa tillaridan bir qancha so`z yangi tushuncha bilan birgalikda kirib keldi. Masalan: 
monitoring, diler, skaner kabi. Buning hammasi o`zbek tili leksik imkoniyatini kengaytirib, 
boyitmoqda. 


O’zbek leksikografiya 
.Bir tilli va ikki tilli 
lug’atlarni o’rganish


Leksikografiya (qadimgi yunoncha: λεξικόν *leksika] va 
γράφω *grafiya] - yozu) — lugʻatlar tuzish, amaliy 
lugʻatchilik. Amaliy lug'atchilik lugʻatlar tuzish barobarida bir 
qator ijtimoiy muhim vazifalarni bajaradi: oʻz va oʻzga 
tillarni oʻrganish; ona tilini tavsiflash va meʼyorlashtirish 
(izohli, imlo va boshqa turdagi lugatlar yordamida); tillararo 
aloqa-munosabatni taʼminlash (ikki va koʻp tilli lugʻatlar, 
soʻzlashgichlar); muayyan til leksikasini ilmiy oʻrganish 
(etimologik, tarixiy lugʻatlar) va boshqa leksikografiya lugʻat 
tuzish ishi sifatida turli xalqlarda yozuv taraqqiyotining ilk 
bosqichlarida u yoki bu tushunarsiz (eskirgan, dialektal, 
maxsus yoki chet tilga mansub) soʻzning qanday maʼno 
anglatishini bilish ehtiyoji natijasida paydo boʻlgan 


Dastlabki tuzilgan lugʻatlar umumlashgan, universal xususiyatga ega boʻlgan 
(lugʻatlarning turli shakllari, koʻrinishlari keyingi davrlarda yuzaga kelgan). Oʻzbek 
leksikografiyasi tarixi Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asaridan 
boshlangan deb aytish mumkin. Ushbu lugʻat faqat soʻzlar va ularning maʼnolarini 
tavsiflab qolmasdan, turkiy xalqlar tarixi, urf-odatlari, geografik joylashuvi kabi keng 
maʼlumotlar manbai hisoblanadi. Shu bilan birga u dastlabki ikki tilli (turkiycha-arabcha) 
lugʻatlardandir. Mahmud Zamaxshariy oʻzining "Asos ul-balogʻa", "Muqaddimat ul-adab" 
asarlari bilan ham amaliy, ham nazariy leksikografiyaning rivojiga ulkan hissa qoʻshdi. 
Alisher Navoiy ijodiga boʻlgan katta qiziqish XV asrdan keyingi davrda bir qancha 
lugʻatlarning yaratilishiga sabab boʻldi: "Abushqa" (XVI asr, Turkiya) izohli lugʻati, Tole 
Imoni Hiraviyning "Badoye ul-lugʻat", Muhammad Rizo Xoksorning "Muntaxab ul-
lugʻot", Mirzo Mahdiyxonning "Sangloh", shuningdek, Muhammad Yoqub Chingiyning 
"Kelurnoma", "Sulaymon Buxoriyning "Lugʻati chigʻatoiy va turki usmoniy" 
("Chigʻatoycha-turkcha lugʻat"), Ishoqxon Ibratning "Lugʻati sitta as-sina" ("Olti tilli 
lugʻat") kabi lugʻatlarini koʻrsatish mumkin. XIX asr oxiri va XX asr 1-choragida turli xil 
sabab va ehtiyojlar, davr taqozosi bilan Turkistonda ikki tilli L. rivoj topdi, oʻnlab ruscha-
oʻzbekcha, oʻzbekcha-ruscha lugʻatlar, soʻzlashgichlar tuzilib nashr etildi. 


M.Nalivkin va M.Na-livkinalarning 1884—1912-yillar mo-baynida bir necha marta 
nashr etilgan "Russko-sartovskiy i sartovsko-russkiy slovar" ("Ruscha-sartcha va 
sart-charuscha lugʻat"), Ashurali Zohiriy tomonidan 1927-yilda tuzilib, nashr 
ettirilgan 2 jildli "Ruscha-oʻzbekcha mukammal lugʻat" keyingi davrlarda 
Oʻzbekistonda yaratilgan ikki tilli lugʻatlar uchun asos boʻldi. Hozirgi kungacha 10 
ga yaqin xorijiy til bilan oʻzbekchani qiyoslovchi koʻplab tarjima lugʻatlari, fan 
sohalariga oid 100 dan ziyod bir, ikki va uch tilli terminologik lugʻatlar yaratildi. 
Oʻzbek xalqi tarixida birinchi marta "Oʻzbek tilining izohli lugʻati" tuzilib, nashr 
etildi (1981). XX asr oʻzbek lugʻatchiligi rivojiga A.Zohiriy, A.Qodiriy, 
Ye.D.Polivanov, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, S.Ibrohimov, Olim Usmon, 
Z.Maʼrufov, Sh.T. Rahmatullayev, N.Mamatov, A.Hojiyev, T.Aliqulov va boshqa 
munosib hissa qoʻshdilar. Respublika mustaqilligi tufayli oʻzbek L.si oldiga yangi 
davr talablariga javob beradigan ensiklopedik va lingvistik lugʻatlar yaratish 
vazifasi qoʻyilgan va bu vazifa oʻz oʻrni bilan amalga oshirilmoqda;2) 
tilshunoslikning lugʻatchilik nazariyasiga oid sohasi, lugʻatshunoslik; lugʻat turlari 
va ularni tuzishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.


Sohaga oid terminlardan 
testlar tuzish


Nostandart testlarning mazmuni va turlari. 
Nostandart testlar mazmuni bo’yicha reproduktiv va produktiv darajada, 
tarkibi jihatidan test topshirig’i savoli va to’g’ri va noto’g’ri javoblardan 
iborat bo’lsa,nostandart testlar o’zining mazmuni,tuzilishi va qo’llanish 
maqsadiga ko’ra muayyan darajada farq qiladi. 
Nostandart testlar mazmuni va mohiyatiga ko’ra quyidagi guruhlarga 
ajratiladi: 
Integrativ testlar; 
Adaptiv testlar; 
Mezonli-mo’ljal olish testlari. 
Integrativ testlar integral mazmun, shakl, qiyinchilik darajasi bo’yicha o’sib 
boruvchi, bitiruvchining tayyorgarlik darajasi haqida umumlashgan yakuniy 
xulosa chiqarishga imkon beradigan test topshiriqlari sanaladi. 


Adaptiv testlar avtomatlashtirilgan, oquvchilarga nisbatan 
individual yondoshish imkonini beradigan, topshiriq mazmuni, 
bajarish tartibi, qoidasi, shu topshiriqni bajarish natijasida 
talabaning egallashi mumkin bo’lgan bali va test natijalarini 
umumlashtirish bo’yicha ko’rsatmalardan iborat bo’ladi. 
Adaptiv testlarning asosiy guruhini piramidali adaptiv testlar 
tashkil etib, qo’llanish maqsadiga ko’ra: o’rtacha og’irlikdagi, 
oquvchining tanlashiga ko’ra aralash, topshiriqlar bankidan 
faqat qiyin darajali bo’lishi mumkin. Adaptiv testlar ta’lim-
tarbiya jarayonini tashkil etishning modul-kredit paradigmasida 
muvaffaqiyatli qo’llanishi mumkin.Buning uchun pedagog bitta 
mavzu, bob, bo’lim, kurs mazmuni bo’yicha turli qiyinchilik 
darajadagi bir necha variantli test topshiriqlarini tuzish va 
amalda qo’llash mahoratiga ega bo’lishi lozim. 


Mezonli-mo’ljal olish testlari oquvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasi, mazkur 
fanning o’qitilish sifati, pedagogning pedagogik mahorati, ta’lim-tarbiya jarayoni 
samaradorligini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Mazkur test topshiriqlarini tuzish 
uchun avvalo o’quv kursi mazmuni DTS asosida tahlil etiladi, bilim, ko’nikma va 
malakalar aniqlanadi,ularni aniqlash uchun topshiriqlar majmuasi tuziladi, mazkur 
topshiriqlar test topshiriqlariga aylantiriladi va sinov o’tkaziladi, pirovard natijada 
oquvchilarning shu fanni o’zlashtirish darajasi yuzasidan xulosa tayyorlanadi. 
Mezonli-mo’ljal olish test sinovlari orqali oquvchilarning bilimlaridagi bo’shliqlar 
aniqlanadi va ularni bartaraf etish yo’llari aniqlanadi. Yuqorida qayd etilgan 
nostandart test topshiriqlarini ta’lim-tarbiya jarayonida maqsadga muvofiq 
foydalanish jarayoni oquvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini 
haqqoniy va odilona nazorat qilish va baholash imkonini beradi.Nostandart test 
topshiriqlarini tayyorlashda mazmun va shakl asosiy o’rinni egallaydi.Shu 
sababli,test topshiriqlari mazmunini tanlash printsiplari haqida fikr yuritish lozim. 
Test topshiriqlariga qo’yiladigan talablar: 


Sohaning dolzarb 
masalalari haqida 
maqolalar tahlil qilish


Izlanuvchi - lingvopoetik tahlilda badiiy matnda poetik aktuallashgan til 
vositalarini aniqlash muhim tamoyillardan ekanligini alohida ta’kidlaydi, 
chunki bunday 
vositalarning lingvistik va badiiy mohiyatini ochib berish orqali badiiy 
mazmunning 
shakllanishi va ifodalanish mexanizmlarini aniq tasavvur qilish mumkin. 
Chindan 
ham, badiiy matnning estetik qimmatini bevosita belgilash va baholashda 
ayni shu 
tamoyil qulay va boshqa tamoyillar asosida ish ko‘rishda ham zamin vazifasini 
bajarishi 
mumkin. Buning ustiga, mazkur tamoyil asosida lisoniy badiiyatni tasavvur 
qila olish 
boshlovchi tahlilchiga ham og‘irlik tug‘dirmaydi, chunki tahlilga tortiladigan 
obyekt 
matndagi konkret til birliklaridir.


Albatta, badiiy mazmunning ifodalanishida 
tilning fonetik-fonologik, morfemik, leksik, 
morfologik, sintaktik va hatto supersintaktik 
kabi barcha sathi birliklari ishtirok etadi. 
Ammo ta’kidlash joizki, bu birliklarning, hech 
bir istisnosiz, misol uchun biror badiiy asar 
haqida gap ketganda kitobxon doimo asosiy 
obrazlar ham poetik xissiyotlar bera oladi



Kitob o’qiyotgan shaxsning bevosita kitobga bo‘lgan 
munosabati unda qanday 
poetika va qanday 
jazibadorlik ishlatilishiga bevosita bo‘g‘langani va shu asardagi 
obrazlarning qanchalik 
mahorat bilan tasvirlanganiga bog‘liq. Ilmiy adabiyotlarda 
obrazga turlicha ta’riflar 
beriladi. 
Xulosa shuki, lingvopoetik tadqiq asoslarini, ularning 
nomlanishini bir ko‘rinishga 
keltirish kerak. Bu masala yuzasidan yaratilgan tadqiqotlar 
tilimizning boyligini 
ko‘rsatish, filologiyaning yaxlitligini ta’minlash bilan bir qatorda, 
yetuk tilshunos va 
adabiyotshunos mutaxassislar tayyorlashga ham xizmat qiladi, 
deb o‘ylaymiz. 


Soha olimlarining ilmiy 
asarlari bilan tanishish 


Tahlil va talqin tushunchalari, ularning tushunish jarayonidagi nisbati haqida. Badiiy asarni 
tushunish jarayonidagi obyеktiv va subyеktiv jihatlar haqida. Kontеkstual va immanеnt 
tahlil. Tahlil mеtodlari. 
Adabiyotshunoslikda tahlil va talqin tushunchalari juda kеng qo`llanilib, ular badiiy asarni 
tushunish jarayonining bir-biriga bog`liq jihatlaridir. Badiiy asarni tushunish, uning 
mazmun mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt hozirdir. Tahlil 
atamasi odatda ilmda "analiz" dеb yuritiladigan istilohning sinonimi sifatida tushuniladi. 
Analiz esa, ma'lumki, butunni anglash uchun uni qismlarga ajratishni, qismning butun 
tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan aloqasi va butunlikning yuzaga 
chiqishidagi o`rnini o`rganishni ko`zda tutadi. Ayrimlar badiiy asarni tirik organizmga qiyos 
etishadi-da, "uni qismlarga ajratish jonsiz tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas" dеgan 
qarashga tayanib, tahlilga qarshi chiqadilar. Biroq bu xil qarash asossizdir. Zеro, 
adabiyotshunoslikdagi tahlil ham — o`qish, faqat bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida 
o`qish tushuniladi. Bu xil o`qish jarayonida tadqiqotchi badiiy asarni qismlarga ajratarkan, 
uning badiiyat hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi o`quvchi ongi va ruhiyatiga ta'sir 
qilayotgan, uning u yoki bu tarzda tushunilishiga asos bo`layotgan omillarni o`rganadi. 


Talqin atamasini biz "intеrprеtatsiya" istilohining sinonimi sifatida tushunamiz. Talqin 
badiiy asarni sharhlash, uning mazmun mohiyatini, undagi badiiy konsеpsiyani idrok etish 
dеmakdir. Kеng ma'noda "talqin" so`zi o`zga tomonidan aytilgan gap yoxud yozilgan asar 
(ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va h.) mazmunini anglash, uni ma'lum yaxlitlikda tushunish va 
tushuntirish (adabiyotshunosning maqsadi tushunishning o`zigina emas, tushuntirish 
hamdir) ma'nolarini anglatadi. Shu ma'noda qaralsa, mumtoz adabiyotshunosligimizda, 
umuman, o`tmish ilmida "talqin" so`zining ma'nosi qisman "sharh", "tafsir" atamalari bilan 
ham bеrilgan. Yana ham aniqroq aytsak, talqin badiiy asardagi "obrazlar tili"ni "mantiq 
tili"ga o`girmoq, obrazlar vositasida ifodalangan mazmunni tushunish va tushuntirmoqdir. 


Yuqorida aytdikki, badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil va talqin 
amallari har vaqt hozir, ular tushunish jarayonining ikki qirrasidir. Aytaylik, 
"o`quvchi badiiy asarni tushundi" dеgani, mohiyatan, "o`quvchi asarni 
o`zicha talqin qildi" dеganidir. Ayni paytda, uning asarni tushunishida 
tahlil unsurlari ham mavjud, zеro, oddiy o`quvchi ham tushunish 
jarayonida asar qismlarini (mas., alohida epizodlarni, pеrsonajlarni, 
ularning turli holatlardagi xatti-harakati, gap-so`zlarini va h.), ularning 
o`zaro mazmuniy aloqalarini tasavvur qiladi. Ilgari ham aytganimizdеk, 
konkrеt badiiy asar turli o`quvchilar tomonidan turlicha tushunilishi 
mumkin. Biroq shunisi ham aniqki, o`quvchilar ongidagi minglab 
talqinlarni umumlashtiradigan mushtarak nuqtalar ham mavjud. Dеmak, 
konkrеt asar talqinlari nеchog`li turfa bo`lmasin, ularning chеgaralarini 
bеlgilab bеruvchi muayyan asos, dеylik, yadro (javhar) mavjudki, barcha 
talqinlar shu yadro atrofida hosil bo`ladi. Bu yadro esa — badiiy asarning 
o`zi, badiiyat hodisasini o`zida moddiylashtirgan badiiy matndir. Ayon 
bo`ldiki, badiiy asarni tushunish jarayoni obyеktiv va subyеktiv 
ibtidolardan tarkib topar ekan: agar bu o`rinda talqin qilayotgan shaxsni 
subyеktiv ibtido dеb olsak, badiiy matn obyеktiv ibtidodir. 


Badiiy nutq uslubi . 
O’zbek sheriyat 


Adabiy-badiiy uslub inson faoliyatining badiiy-estetik sohasiga xizmat 
qiladi. Badiiy uslub – badiiy adabiyotda qo‘llaniladigan funksional nutq 
uslubi. Ushbu uslubdagi matn o'quvchining tasavvur va his-tuyg'ulariga 
ta'sir qiladi, muallifning fikr va his-tuyg'ularini etkazadi, so'z boyligi, 
imkoniyatlaridan foydalanadi. turli uslublar, nutqning obrazliligi, 
emotsionalligi, konkretligi bilan ajralib turadi. Badiiy uslubning 
emotsionalligi so‘zlashuv va publitsistik uslublarning emotsionalligidan 
sezilarli darajada farq qiladi. Badiiy nutqning emotsionalligi estetik 
vazifani bajaradi. Badiiy uslub til vositalarini oldindan tanlashni o'z ichiga 
oladi; tasvir yaratish uchun barcha til vositalaridan foydalaniladi. Badiiy 
nutq uslubining o'ziga xos xususiyati - bu hikoyaga rang beradigan, 
voqelikni tasvirlash qudratini beruvchi badiiy troplar deb ataladigan 
maxsus nutq figuralaridan foydalanishdir. Xabarning vazifasi estetik ta’sir 
funksiyasi, obrazlilikning mavjudligi, tilning eng xilma-xil vositalari, ham 
umumiy til, ham alohida mualliflik vositalari yig‘indisi bilan bog‘liq, lekin 
bu uslubning asosini umumiy adabiy til vositalari tashkil etadi. Xarakterli 
xususiyatlar: mavjudligi bir hil a'zolar jumlalar, murakkab jumlalar; 
epithets, qiyoslar, boy lug'at. 


So'zlashuv nutqining muhim xususiyati uning tayyor emasligi, o'z-o'zidan paydo 
bo'lishi (lotincha spontaneus - o'z-o'zidan). Ma'ruzachi o'z nutqini darhol "toza" 
yaratadi, yaratadi. Tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, lingvistik so'zlashuv 
xususiyatlari ko'pincha amalga oshirilmaydi, ong bilan belgilanmaydi. Shuning 
uchun, ko'pincha ona tilida so'zlashuvchilarga normativ baholash uchun 
o'zlarining so'zlashuv bayonotlari taqdim etilganda, ular ularni noto'g'ri deb 
baholaydilar. 
So`zlashuv nutqining quyidagi xarakterli xususiyati: - nutqiy harakatning bevosita 
xarakteri, ya`ni u qaysi shaklda amalga oshirilishidan qat`i nazar, faqat 
so`zlovchilarning bevosita ishtirokida - dialogik yoki monologik nutqda amalga 
oshiriladi. Ishtirokchilarning faolligi so'zlar, replikatsiyalar, so'zlar va oddiygina 
qilingan tovushlar bilan tasdiqlanadi. 


So'zlashuv nutqining tuzilishi va mazmuni, og'zaki va og'zaki bo'lmagan 
aloqa vositalarini tanlash katta ta'sir Ekstralingvistik (ekstralingvistik) 
omillarga ega: murojaat qiluvchi (ma'ruzachi) va qabul qiluvchi (tinglovchi) 
shaxsi, ularning tanishligi va yaqinlik darajasi, asosiy bilim 
(so'zlovchilarning umumiy bilimlari zaxirasi), nutq vaziyati 
(so'zlashuv konteksti). nutq). Masalan, "Xo'sh, qanday qilib?" muayyan 
holatlarga qarab, javoblar juda boshqacha bo'lishi mumkin: "Beshta", 
"Uchrashdi", "Men tushundim", "Yo'qotdim", "Bir ovozdan". Ba'zan, 
og'zaki javob o'rniga, qo'lingiz bilan imo-ishora qilish, yuzingizga to'g'ri 
ifodani berish kifoya - va suhbatdosh sherik nima demoqchi ekanligini 
tushunadi. Shunday qilib, ekstralingvistik vaziyat muloqotning ajralmas 
qismiga aylanadi. Ushbu vaziyatni bilmasdan, bayonotning ma'nosi 
tushunarsiz bo'lishi mumkin. So‘zlashuv nutqida imo-ishora va mimika 
ham muhim o‘rin tutadi. Shunday qilib, asosiy sifatida uslub xususiyati 
chaqirdi


Badiiy asar tahlili


BADIIY ASAR TAHLILI: ISAJON 
SULTONNING “ABDUJABBOR” 
HIKOYASI. 


Hikoya davomida bosh qahramon hayotida, taqdirida yoki ijtimoiy holatida 
emas, uning 
ruhiyatidagina burilishlar, o‘zgarishlar sodir bo'ladi. Abdujabborning ruhiy 
holati, fikrlari sodda, 
o‘z o‘rnida, mukammal tarzda ifodalangan. Jumladan, “ Har kimning o‘z 
ziyoratgohlari bo‘ladi. 
Aziz xotiralar o‘sha yerda uyg‘onadi”, “Bu yerda mening yana bir ziyoratgohim 
bor. U - daryo 
qirg‘og‘i ustiga qurilgan osma ko‘prik”, “Bilmadim...Qalbda ham kuz hukm 
surayotganday...”, 
“Orzular don-dun tergan qushlarday uzoqlarga uchib ketishgan. Bir ikkitasi esa 
dasht mushugiga 
o‘xshaydigan kishilarga yem bo‘lgan...”, “Qiziq bugungi kunda men qanchalar 
bor ekanman? 
Kimlar bilandir so‘zlashaman, qanaqadir yumushlarga urinaman...ammo 
yo‘qdayman! Ruhim, 
qalbim bularning hech biri bilan emas. Kundalik ishlarni aqlim bilan hal 
qilaman, ruhim esa, kim 
bilsin, qayerlarda tentiraydi?”. 


Avvalo, badiiy asarda tasvirlanayotgan va badiiy idrok 
etilayotgan narsani farqlash zarur. 
Chunki ko'pincha asarda boshqa narsa tasvirlangani holda 
butunlay boshqa narsa idrok etilayotgan 
bo‘ladi. Shunga ko‘ra, badiiy asar mazmuni unda 
tasvirlanayotgan hamda idrok etilayotgan 
narsalar nuqtai nazaridan tushuniladi. Badiiy asar mazmunini 
so'zlab berish mumkin emas. Buni 
hatto muallifning o'zi ham uddalay olmaydi, chunki «bitta 
daryoga ikki marta sho'ng'ish mumkin 
emas». Odatda, amaliyotda «mazmunni so'zlab bering» 
deyilganda, uning bir qirrasi, aniqrog'i, 
mazmunni uyushtiruvchi muhim unsur — fabula so'zlab 
beriladi. 


Talqin badiiy asarni sharhlash, uning mazmun-mohiyatini, undagi badiiy 
konsepsiyani 
idrok etish demakdir. Yana ham aniqroq aytsak, talqin badiiy asardagi «obrazlar 
tili»ni «mantiq 
tili»ga o'girmoq, obrazlar vositasida ifodalangan mazmunni tushunish va 
tushuntirmoqdir. Oddiy 
o'quvchidan farqli ravishda, adabiyotshunos badiiy asarni talqin qilarkan, tahlilga 
tayanadi, uning 
talqini tahlil asosida yuzaga kelgani uchun ham ilmiy sanaladi. “Abdujabbor” 
hikoyasini o‘qigan 
birorta o‘quvchi hikoya Abdujabbor ismli shaxsning o‘ylari ifodalangan deb talqin 
qilsa, yana bir 
boshqa o’quvchi esa, qari tol daraxtini obraz hayoti bilan o‘xshashligi bor deya 
talqin qiladi. 


So’zlashuv nutq 
uslubi.Konpitensiyalar 


So’zlashuv nutq uslubi. Nuqiy kompetentlikka rioya qilish. Sohaga oid ilmiy 
mavzuning og’zaki taqdimoti. 
So`zlashuv nutq uslubi . Nutqiy kompetentlikka rioya qilish 
Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi uchta mezon bor. 
Birinchisi -xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi, ikkinchisi 
– hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, uchinchisi -oddiy 
fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. 


Xalqni hokimiyatning yagona manbai sifatida tan olish boshqaruvning 
respublika shakliga ega bo’lgan demokratik davlatlarga xos xususiyatdir. 
Xalq hokimiyatchiligi hokimiyatning davlat tuzilmalari (ijro etuvchi va 
vakillik organlari) va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari orqali 
amalga oshiriladi. Xalq hokimiyatchiligining bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) 
demokratiya va bavosita, ya’ni vakillik shakli mavjud. 
Kеng qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda 
ko’pincha adabiy til mе’yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq 
ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi 
dan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi. 
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik 
vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma 
ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol! 


So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda 
gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – 
ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi 
so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv 
uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan 
so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan 
so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlashuv uslubining har ikki 
turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Bu uslubda so‘zlar odatda 
kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. So‘zlashuv uslubining yana bir 
o‘ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha so‘z – 
daplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi. 
Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir. Adabiy til esa ma’lum bir til 
qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili 
kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, 
jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid so‘zlarni ham o‘z ichiga 
oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi. 


Publitsistik nutq uslubi 
.Publitsistik maqolalar bilan 
tanishuv


Publitsistika (lot. Publicus – ij-timoiy) — davrning ijtimoiy-
siyosiy va boshqa dolzarb masalalariga bagʻishlangan 
adabiy ijod turi. P.ning vazifasi ij-timoiy fikr uygʻotish va uni 
shakllan-tirish, maʼlum maqsadga yoʻnaltirish, hujjatli 
faktmaʼlumotlar asosida voqelik manzarasini yaratishdan 
ibo-rat. Hozirgi zamon ijtimoiy hayoti, unga aloqador 
oʻtmish va kelajak faktlari P.ning predmetidir. Hayotda 
ijtimoiy faoliyat, ongqarashlarning salmogʻi ortgan sari 
publitsistning , yaʼni ijod-korning voqelikka faol aralashuvi, 
fikrni bevosita oshkora, dangal ifo-dalash tamoyili ham 
oshdi. P. Fan, sanʼat, adabiyot asarlari tarkibiga tobora 
koʻproq kirib bormoqda. Publitsistik roman, pyesa, kino 
asarlari pay-do boʻlmoqda



O`zbek tilshunosligida publisistik uslub T.Qurbonov tomonidan maxsus 
o`rganildi17. Bu uslub OAV, xususan, gazeta, jurnal, radio, televideniye material-
lari uslubidir. Tilshunoslik va jurnalistikada “publisistika janrlari”, “gazeta janrlari” 
terminlari hozirgi vaqtda kam ishlatilmoqda. Adabiyotshunoslikda ham 
“publisistika janrlari” terminining qo`llanishi mustahkam o`rnini egallagan. Lekin 
o`zbek tilshunosligida “gazeta janrlari” termini hozirgacha o`zining aniq ifodasini, 
obyektini topgan emas, u “publisistika janrlari” termini bilan birga parallel 
qo`llanmoqda. Yana bir muammo shundaki, gazeta materiallari janrlar bo`yicha 
aniq o`z tasnifiga ega emas. O`zbek tilshunosligi va jurnalistikasidagi mavjud 
adabiyotlarda ular turlicha miqdorda umumiy tarzda sanaladi, xolos. Gazeta 
materiallarini janrlar bo`yicha guruhlarga ajratish e’tibordan hamon chetda qolib 
kelmoqda. 


Kasbiy nutq odobi 


Nutq har tomonlama mukammal, to'liq bo'lishi uchun uning 
oldiga ma'lum talablar qo'yiladi va bu talablar nutqning asosiy 
xususiyatlari kommunikativ sifatlari yoki madaniy nutq mezonlari 
deb ataladi. Nutqning asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: 
nutqning to'g’riligi, aniqligi, mantiqiyligi, o'rinliligi, boyligi, sofligi 
va ta'sirchanligi. 
O'qituvchi nutqiy madaniyatining muhim belgilaridan biri o'z 
fikrini to'g’ri, mazmunli bayon qila olishidir. Adabiy tilning 
fonetik, orfoepik, leksiksemantik va grammatik me'yorlari 
talablariga tola mos keladigan nutq to'g’ri nutqdir. 


Nutqning to'g’riligini belgilovchi omillar quyidagilardan 
iborat: 
• 1. Nutqda adabiy til me'yorlariga to'la rioya qilish. 
• 2. So'z va iboralarni to'g’ri talaffuz qilish. 
• 3. So'z urg’usi va mantiqiy urg’uga e'tibor berish. 
• 4. Intonatsiya (ohang) va pauza (to'xtam)ga diqqat 
qilish. 
• 5. So'zlarning aytilishidagi tafovutlar (samimiy, kinoyali, 
norozi, o'ksinish, masxaralash, quvonch) anglay olish. 
• 6. Sinonim va terminlarni to'g’ri qo'llay olish. 
• 7. Sintaktik me'yor-gapni mantiqiy bog’lash va ega, 
kesim mosligiga e'tibor qaratish. 
• 8. Frazeologizm (ibora) lardan oqilona foydalanish. 
• 9. Grammatik me'yor gap tuzish qoidalariga rioya qilish, 
o'zak va qo'shimchalarni qo'shishda xatoga yo'l 
qo'ymaslik, kelishik qo'shimchalarini o'z o'rnida qo'llash. 


Nutqiy kompetentlik 
Insoniy madaniyatning asosiy tarkibiy qismlaridan biri nutqni 
tinglovchiga qulay tarzda yetkazish uchun so`zlarni tanlash madaniy 
nutq talabi yoki madaniy nutq fazilati hisoblanadi. Ma`lumki, nutq 
so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi 
ko`rinishi. Aytilmoqchi bo`lgan maqsadning tinglovchi yoki kitobxonga 
to`liq yetib borishi, ma`lum bir ta`sir ko`rsatishiga yaxshi nutq deb 
aytishimiz mumkin. Nutq har tomonlama mukammal, to`liq bo`lishi 
uchun uning oldiga ma`lum talablar qo`yiladi va bu talablar nutqning 
asosiy xususiyatlari kommunikativ sifatlari yoki madaniy nutq mezonlari 
deb ataladi. Nutqning asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: nutqning 
to`g’riligi, aniqligi, mantiqiyligi, o`rinliligi, boyligi, sofligi va ta`sirchanligi 


Mustaqillik yillarida 
rasmiy idoraviy ish 
uslubida ro’y bergan 
o’zgarishlar


Mustaqillik davrida rasmiy-idoraviy ish uslubida ro’y bergan o’zgarishlar. 
Rasmiy ish uslubi, boshqa kitob uslublaridan farqli o'laroq, nisbatan 
barqarorlik, izolyatsiya bilan ajralib turadi. Vaqt o'tishi bilan, shubhasiz, unda 
muayyan o'zgarishlar yuz berdi, ammo uning asosiy xususiyatlari o'zgarishsiz 
qoldi. Ushbu yo'nalish quruqlik, qisqarish va hissiy rangga ega bo'lgan 
so'zlarning yo'qligi bilan tavsiflanadi. Rasmiy hujjatlarda ishlatiladigan til 
vositalarining ro'yxati oldindan belgilanadi. Uslubning eng yorqin xususiyati 
bu til belgilaridir. 
Uslubning o'ziga xos xususiyatlari: 


Rasmiy ish uslubida turli janrdagi hujjatlar (davlat hujjatlari, qonunlar, xalqaro 
shartnomalar, ko'rsatmalar va boshqalar) tuziladi. Biroq, ularda mavjud bo'lgan 
farqlarga qaramay, umuman olganda, ular umumiy xususiyatlarga ega: til standarti va 
aniqlik, bu noto'g'ri talqin qilish ehtimolini istisno qiladi. Agar ma'lumot turli yo'llar 
bilan talqin qilinishi mumkin bo'lsa, unda hujjat ish uslubida tuzilmaydi. Masalan, 
"tasdiqlashni rad etmaslik" iborasida turli joylarda vergul qo'yish jiddiy oqibatlarga 
olib kelishi mumkin 
Rasmiy ish uslubining boshqa xususiyatlari (standartlashtirishdan tashqari): 
aniqlik, 
imperativlik, 
ob'ektivlik 
hujjatlilik, 
aniqlik, 
rasmiyatchilik, 
lakonizm. 


Bir qator kitob uslublarida rasmiy biznes uslubi eng aniq ko'rsatilgan. 
U davlat muassasalarida, sudda, ishbilarmonlik va diplomatik muzokaralar paytida 
aloqada bo'lganda yuridik va ma'muriy faoliyatga xizmat qiladi: ishbilarmonlik 
nutqi rasmiy biznes aloqalarini ta'minlaydi va huquq va siyosat sohasida ishlaydi. 
Rasmiy ish uslubi qonunlar, farmonlar, buyruqlar, yo'riqnomalar, shartnomalar, 
bitimlar, buyruqlar, hujjatlar, muassasalarning ish yozishmalarida, shuningdek 
yuridik murojaatnomalarda va hokazolarda amalga oshiriladi 
Ushbu uslub jamiyatdagi ijtimoiy-tarixiy o'zgarishlar ta'siri ostida katta 
o'zgarishlarni boshdan kechirayotganiga qaramay, u barqarorlik, an'analar, 
izolyatsiya va standartlashtirish bilan tilning boshqa funktsional turlaridan ajralib 
turadi. 


Alisher Navoiyning nutq 
va notiqlik haqida fikrlari 


Navoiy kishining nutq qobiliyatini tug’ma 
ekanligini ta`kidlaydi. “Muhokamatul-
lug’atayn” asarida arab tili “kalomi 
ilohiy” deb ulug’lanadi, fors va turkiy tili 
solishtiriladi. Olim bu asarda ikki tilning 
lug’at boyligi, so`z yasalishi, fonetik 
tarkibi, stilistikasi kabi xususiyatlarini 
chog’ishtirib, badiiy imkoniyatlari 
jihatidan turkiy tilning fors tilida 
qolishmasligini isbotlaydi. 


Nutq nazariyasi bilan jiddiy shug’ullangan shoir 
“Mahbubo’l-qulub” asarining 24-bobini voizlik ilmiga 
bag’ishlaydi. Navoiyning o`zi ham notiqlik san`atini o`z 
davrida yuksak darajaga ko`targan. “Tilga ixtiyorsiz-elga 
e`tiborsiz” yoki “Ma`dani inson gavhari so`z durur, 
gulshani odam samari so`z durur” deb yozadi. 
Navoiy 24 bob “Nasihat ahli va voizlar zikriga” 
bag’ishlangan bo`lib, shoirning fikricha “voiz uldurki, 
majlisg’a kirgan to`lg’ay va to`la kirgan holi bo`lg’ay”. 
“Mahbubul-qulub” da “Og’ziga kelganni demoq-
nodonning ishi”, “Aytar so`zni ayt, aytmas so`zdan qayt”, 
“Chin so`z-mo``tabar yaxshi so`z-muxtasar” kabi hikmatli 
so`zlar, maqollar anchagina. Navoiy ham shu 
mazmundagi baytlar yaratadi. 


“So`z” deganda Navoiy nimalarni nazarda tutadi? 
Professor A.Hayitmetov shunday yozadi: “Navoiy 
“so`z” ni o`z asarlarida ko`p ma`noda ishlatadi. U 
“so`z” termini ostida insoniyatning hamma 
ma`naviy boyligini-alohida ijtimoiy kategoriya 
bo`lgan tilni ham, ideologiya shakllaridan 
hisoblangan falsafa va badiiy adabiyotni ham 
tushuna beradi hamda ularni ko`p vaqt bir-biridan 
farq qilmaydi”. 


BOBURNING NUT 
VA NOTIQLIK 
HAQIDA FIKRLAR


Notiqlikning bir qancha turlari bor. Bular ijtimoiy-
siyosiy, akademik, diniy, sud notiqligi, harbiy va 
ijtimoiy-maishiy notiqlikdir. Bular ichida alohida 
ajralib turadigani harbiy notiqlikdir. Tinchlik 
sharoitida ham, davlat boshqaruvi, hatto urush 
sharoitida ham qo‘shinni boshqarishda notiqlik 
san’atining alohida o‘rni bo‘lganligiga uzoq asrlik 
tarix guvoh. Chunki ko‘zlangan maqsad bu 
strategiya bo‘lsa, uni amalga oshirish yo‘llari bu 
taktikadir. Demak, har qanday strategiyaning 
ta’sirchan mexanizmi bu — til taktikasidir. 


Harbiy notiqlik mohiyat e’tibori bilan
jangovarlikni, xitob va da’vatni anglatadi. 
Shuning uchun ham mashhur Rim notig‘i 
Mark Tulliy Sitseron «Tarixda yo yaxshi 
harbiy sarkarda yoki notiq bo‘lish kerak», 
degan. U ko‘rib kuzatgani va anglab 
yetganidan so‘ng shu fikrga kelgani aniq. 
Notiqlik va harbiy sohadagi faoliyat o‘zaro 
uzviy bog‘liqdir. Har qanday g‘alabani 
ta’minlash mezoni bevosita notiqlik mahorati 
bilan bog‘liq. 


Sohibqiron Amir Temur ham jang 
san’atida, boshqaruv tizimida 
notiqlikning alohida o‘rnini e’tirof etgani 
va amal qilgani bejiz emas. Jangda 
g‘alabaning garovi o‘ziga ishonch bilan 
bog‘liq bo‘lgani kabi so‘zga ham bevosita 
bog‘liq. Qo‘mondon qo‘shiniga o‘z nutqi 
orqali ishonch ruhini bersa, u dadil 
harakat qiladi va zafar quchadi, aks 
holda, mag‘lubiyatga uchraydi. Shuning 
uchun ham notiqlikning asl mohiyati 
ishontirish orqali ta’sirlantirish san’atidir. 


Og’zaki muloqotda 
shaxs madaniyatining 
namoyon bo’lishi 


Har qanday falsafiy, ijtimoiy, psixologik va pedagogik jarayon singari, muloqat 
madaniyati ham bir qator funktsiyalarni o’z ichiga oladi, eng muhimlaridan 
biri bu 
normativ funktsiyadir. 
Hozirgi paytda muloqat madaniyati zarur shart-sharoitlarni yaratadi, 
insonning 
o'ziga xos holatlari, munosabatlari va xatti-harakatlari ishlab chiqiladigan 
muhitni 
shakllantiradi, har bir shaxs o'sib ulg'aygan paytda ijtimoiylashadi. Voyaga 
etgan 
hayotida odamlar rivojlangan madaniy ko'nikmalarga amal qiladilar va ularni 
yangi 
avlodlarga o'tkazadilar. Demak, zamonaviy jamiyatda muloqat madaniyati 
inson 
hayotining ajralmas qismi bo'lib, u inson hayotini tashkil qiladi.


Har bir jamiyat (va ba'zan uning alohida ijtimoiy guruhlari) muloqotning 
muayyan tartibga soluvchi tamoyillarini ishlab chiqadi, ular nafaqat u tomonidan qabul 
qilingan xulq-atvor me'yorlarida mustahkamlanadi, balki ko'proq yoki kamroq ongga 
ega bo'lgan odamlarda ham tarbiyalanadi. Bu muloqot madaniyatining u yoki bu 
darajasi mavjudligini ta'kidlashga asos beradi. Bu erda madaniyat muloqotdan ko'ra 
kengroq tushuncha ekanligini ta'kidlaymiz, u odamlar to'plagan barcha moddiy va 
ma'naviy qadriyatlarni o'z ichiga oladi [1]. Shu bilan birga, madaniyat inson faoliyati 
usullarini, jamiyat faoliyatining xususiyatlarini tavsiflovchi va ularsiz uning mavjudligi 
mumkin bo'lmagan shakllar, uslublar va normalar doirasini o'z ichiga oladi. Shu 
munosabat bilan ishlab chiqarish, dam olish, muloqot qilish madaniyati haqida gapirish 
mumkin, bu bilan "madaniyat" tushunchasining keng ma'nosini ta'minlaydi, bunda 
madaniyat inson munosabatlarida normalar va ularni amalga oshirish usullarini o'z 
ichiga oladi. Ammo madaniyatni tushunishning torroq ma'nosi ham borki, u 
odamlarning muayyan jamiyatda yaratilgan va qabul qilingan muloqot qobiliyatlariga 
egalik darajasi bilan belgilanadi 


So'nggi o'n yillikda ko'plab olimlar muloqot madaniyati va uni 
shakllantirish 
muammolarini faol ravishda ishlab chiqdilar, amaliy tavsiyalar berdilar. 
Muloqot 
muammosining turli tomonlarini A.A. Boltaboyev [1], I.S. Kon [2], A.A. 
Leontiev [3], 
N.D. Tursunov [4], A.L. Soliyev [5] va boshqalar. Ammo ilmiy 
adabiyotlar tahlili shuni 
koʻrsatdiki, nopedagogik oliy oʻquv yurtlarida muloqot madaniyatini 
yoʻnaltirilgan 
shakllantirish ayniqsa dolzarbdir, chunki ularda oʻquv jarayoni 
imkoniyatlaridan, 
tarbiyaviy ishlarni tashkil etish talablari va boshqalar yetarlicha 
foydalanilmayapti, bir 
xillik mavjud emas.


Madaniy nutq meyorlari 
va qoidalari


Nutq madaniyati, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, 
urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, 
turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va 
mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat 
quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) 
muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi. Gʻarb tilshunosligida umumiy maʼnoda "til 
madaniyati" termini ham qoʻllanadi. 1-maʼnodagi "Nutq madaniyati" tushunchasi 
adabiy tilni oʻzlashtirishdagi ikki bos-qichni qamrab oladi: a) nutqning toʻgʻriligi va 
boshqa nutqiy mahorat. Nutqning toʻgʻriligi muayyan tilda soʻzlovchilar va 
yozuvchilar tomonidan "ideal" yoki umum tomonidan qabul qilingan va anʼanaviy 
saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy 
meʼyorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy meʼyorlarga amal 
qilish, balki oʻzaro mavjud boʻlgan variantlardan mazmunan eng toʻgʻri, eng aniq, 
uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng makbuli va ifodalisini tanlab olish mahoratidir 
(Mas., aka — oka — ako; kelyapti — kevotti — kelopti variantlaridan bi-rining adabiy 
meʼyor sifatida tanlanishi). Yuksak Nutq madaniyati kishining umumiy yuksak 
madaniyatini, fikrlash madani-yatini, tilga nisbatan ongli mehr-muhabbatini namoyon 
qiladi. 


Nutq madaniyati avvalo,to`g`ri,adabiy til 
me`yorlariga amal qilgan holda so`zlashdir. 
Nutq madaniyatining yuqori darajasi 
madaniyatli kishining ajralmas xususiyati 
hisoblanadi. Nutqimizni yaxshilash har 
birimizning vazifamiz. Buning uchun talaffuzda, 
so'z shakllaridan foydalanishda, jumlalarni 
tuzishda xato qilmaslik uchun nutqimizni 
kuzatib borishimiz kerak. 


Nutq madaniyati til ilmining nisbatan yosh sohasidir. Ushbu fanning mustaqil 
bo'limi sifatida, u mamlakatimizda yuz bergan tub ijtimoiy o'zgarishlar ta'siri ostida 
shakllandi. Faol ijtimoiy faoliyatga keng odamlarni jalb qilish ularning nutq 
madaniyatini oshirishga e'tiborni kuchaytirishni talab qildi". Nutq madaniyati 
ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji 
bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy 
saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, nutq madaniyati qoidalari va 
meʼyorlariga muvofiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi 
va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio, televideniye va davriy matbuotning 
alohida oʻrni bor. Ayniqsa, adabiy tilni meʼyorlashtirish va nutq madaniyati 
nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izohli, imlo, talaffuz, oʻquv va 
boshqa maxsus lugʻatlar muhim ahamiyatga ega. Madaniyatning keng tushunchasi, 
shubhasiz, aloqa madaniyati, nutq xulq-atvori madaniyati deb nomlanadigan 
narsani o'z ichiga oladi. Unga egalik qilish uchun nutq odob-axloqining mohiyatini 
tushunish muhimdir.


Mutahasis nutqining 
ilmiyligi 


Insoniy madaniyatning asosiy tarkibiy qismlaridan biri nutqni tinglovchiga 
qulay tarzda yetkazish uchun so`zlarni tanlash madaniy nutq talabi yoki 
madaniy nutq fazilati hisoblanadi. Ma`lumki, nutq so`zlovchi yoki yozuvchi 
tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko`rinishi. Aytilmoqchi bo`lgan 
maqsadning tinglovchi yoki kitobxonga to`liq yetib borishi, ma`lum bir ta`sir 
ko`rsatishiga yaxshi nutq deb aytishimiz mumkin. Nutq har tomonlama 
mukammal, to`liq bo`lishi uchun uning oldiga ma`lum talablar qo`yiladi va 
bu talablar nutqning asosiy xususiyatlari kommunikativ sifatlari yoki 
madaniy nutq mezonlari deb ataladi. Nutqning asosiy xususiyatlariga 
quyidagilar kiradi: nutqning to`g’riligi, aniqligi, mantiqiyligi, o`rinliligi, 
boyligi, sofligi va ta`sirchanligi. 


Insoniy madaniyatning asosiy tarkibiy qismlaridan biri nutqni tinglovchiga 
qulay tarzda yetkazish uchun so`zlarni tanlash madaniy nutq talabi yoki 
madaniy nutq fazilati hisoblanadi. Ma`lumki, nutq so`zlovchi yoki yozuvchi 
tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko`rinishi. Aytilmoqchi bo`lgan 
maqsadning tinglovchi yoki kitobxonga to`liq yetib borishi, ma`lum bir ta`sir 
ko`rsatishiga yaxshi nutq deb aytishimiz mumkin. Nutq har tomonlama 
mukammal, to`liq bo`lishi uchun uning oldiga ma`lum talablar qo`yiladi va 
bu talablar nutqning asosiy xususiyatlari kommunikativ sifatlari yoki 
madaniy nutq mezonlari deb ataladi. Nutqning asosiy xususiyatlariga 
quyidagilar kiradi: nutqning to`g’riligi, aniqligi, mantiqiyligi, o`rinliligi, 
boyligi, sofligi va ta`sirchanligi. 


O`qituvchi nutqiy madaniyatining muhim 
belgilaridan biri o`z fikrini to`g’ri, mazmunli 
bayon qila olishidir. Adabiy tilning fonetik, 
orfoepik, leksiksemantik va grammatik 
me`yorlari talablariga to`la mos keladigan 
nutq to`g’ri nutqdir. Nutqning to`g’riligini 
belgilovchi omillar quyidagilardan iborat 


Adabiy va so’zlashuv tili


Soʻzlashuv tili — ogʻzaki adabiy til turlaridan 
biri; kundalik turmushdagi aloqaaralashuv 
uchun xizmat qiladi, muomala va taʼsir 
koʻrsatish vazifasini bajaradi. Milliy 
aloqaaralashuv vositasi sifatida millatning 
shakllanish davrida vujudga keladi. St. adabiy 
tilning yashash, amal qilish shakli sifatida uning 
asosiy belgilariga (laxjalardan ustun turish, 
barqarorlik, meʼyoriylik, qoʻllanish sohasining 
kengligi) ega boʻladi. Soʻzlashuv tilitarixiy 
kategoriya. Soʻzlashuv tilining turli milliy. 
tillardagi tarixi uning ogʻzaki shaklda mavjud 
boʻlganligi tufayli manbalarda qayd etilmagan



St. bir qator oʻziga xos belgilari bilan, jumladan, oldindan oʻylash va til 
materialini oldindan tanlab olishning boʻlmasligi, nutqiy aloqaning 
suhbatdoshlar orasida bevosita boʻlishi, nutq jarayonining erkinligi, 
rasmiylikdan holi boʻlishi va sh. k. bilan ajralib turadi. Tilning barcha sohalari 
(fonetika, morfologiya, leksika va boshqalar) boʻyicha ham Soʻzlashuv tili ning 
alohida xususiyatlari bor. Mas, fonetika boʻyicha bu narsa oʻziga xos 
talaffuzda koʻrinsa, leksikada uning oʻziga xos soʻzlarga (argolar, jargonlar, 
dialektizmlar va boshqalarga) egaligida namoyon boʻladi. Soʻzlashuv tili 
xizmat koʻrsatadigan aloqaaralashuv jarayonida nafaqat sof lisoniy 
vositalarning oʻzi, balki qoʻl va yuz bilan qilinadigan imoishoralarning ham 
katta ahamiyati bor: bunday imoishoralar soʻzlovchi nutqining yanada aniq va 
taʼsirchan boʻlishini taʼminlaydi, pauza yoki ayrim soʻzlar va fikrlar oʻrnini 
bosadi. Soʻzlashuv tili unsurlari badiiy adabiyotda ham, uning taʼsirchanligini 
oshirish, mahalliy koloritni koʻrsatish maqsadida ham keng qoʻllanadi. 


Adabiy til — muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va meʼyorlash-
tirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat 
qiluvchi shakli. „Qayta ishlangan“ tushunchasi nisbiy (tarixan turli davrlarda, 
turli xalqlarda adabiy til oʻzgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqda ham Adabiy 
til turli davrda turlicha boʻlgan (mas, qadimgi turkiy adabiy til, hozirgi oʻzbek 
adabiy tili). Baʼzi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili Adabiy til 
vazifasini oʻtagan. Masalan, fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, 
yaponlar uchun mumtoz xitoy tili; baʼzi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va 
boshqa Adabiy til boʻlgan. Adabiy til ning ikki — ogʻzaki ham yozma 
koʻrinishi mavjud. Har qanday Adabiy til xalq ogʻzaki nutqi asosida 
shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashti-radi va barcha sheva 
vakillari uchun tushu-narli shakl oladi. Rivojlangan Adabiy til siz boy 
madaniyatga ega xalq boʻlishi mumkin emas. Shu maʼnoda Adabiy til 
jamiyatning dol-zarb muammolaridan hisoblanadi. 


Nutqiy kompitentlik 


Kompetensiya - u yoki bu soha bo‘yicha bilimdonlikdir. Kompetensiya (lot. 
“compete” - erishyapman, munosibman, loyiqman) - fan bo‘yicha egallangan nazariy 
bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotda duch keladigan amaliy va 
nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir[3]. 
Kompetensiya tushunchasining ta’lim mazmuniga tatbiq etilishi zamirida 
o‘qitish tizimiga nisbatan yangicha yondashuv, ta’lim tizimini rivojlantirish masalasi 
yotadi, albatta. Hozirgi zamon talabiga monand tarzda endilikda o‘quvchilarga 
faqatgina ilmiy-nazariy bilimlar berish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki bolalarning 
dunyoqarashini kengaytirish, ularni mustaqil mushohada eta oladigan, egallagan 
bilimlarini kundalik hayotga ham ongli ravishda tatbiq qila oladigan shaxs sifatida 
shakllantirish maqsadida “kompetensiya”, “kompetentlik” tushunchalarini har bir 
darsning asosiy maqsadi mazmuniga singdirishga urg‘u berila boshlandi. 


Kompetensiya - bu kutilgan natijaga olib keluvchi 
faoliyat belgisidir. U bilim 
mahsuli bo‘lib, mutaxassis tomonidan uni amaliyotda 
qo‘llay olish qobiliyatidir. 
Kompetensiyaning bilimdan farqi shundaki, vazifani 
amaliy bajarmasdan turib, uni 
aniqlab ham, baholab ham bo‘lmaydi. Malaka 
kompetentlikning muhim mezoni 
bo‘lib, u turli holatlarda, shu qatori muammoli 
vaziyatlarda ham bir necha bor 
qo‘llash natijasida namoyon bo‘ladi


Zamonaviy yondashuvlar o‘qitish jarayonida pedagogik va 
axborot 
texnologiyalarini o‘zaro integratsiyalash orqali o‘quvchilarda 
tayanch va fanga oid 
xususiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi. 
Ma’lumki, o‘quvchilarda 
shakllantiriladigan kompetensiyalar ikki turga ajratiladi: 
tayanch va fanga oid 
kompetensiyalar. Ayrim manbalarda esa kompetensiyalarning 
quyidagi 3 turi 
tasniflangan: 
1. tayanch kompetensiyalar; 
2. umumiy (predmetli) kompetensiyalar; 
3. xususiy kompetensiyalar 


Sohaga oid maqolalarga 
taqriz


Ilmiy maqola yoki maqola Bu ma'lum bir mavzu bo'yicha o'tkazilgan tergov 
jarayonida olingan hujjat. Ushbu hujjat yozma shaklda taqdim etiladi va format 
uni yaratish uchun ishlatilgan standartga bog'liq bo'ladi. 
Xuddi shu tarzda, ushbu maqolalarning maqsadi ilmiy jurnallarda yoki 
kitoblarda nashr etish, aniqlik kiritish yoki ushbu mavzular bo'yicha bilimlarni 
kengaytiradigan ilmiy jamoatchilikka yangi kashfiyotlarni kiritishdir. 
Ilmiy maqolalar asl izlanishlar orqali amalga oshirilishi kerak va natijalar ularni 
har doim olish uchun asoslanib aniq va qisqacha bayon qilinishi kerak. 
Biroq, ular ko'pincha avvalgi tadqiqotlar va tadqiqotlarga asoslangan bo'lib, ular 
matnda to'g'ri keltirilgan bo'lishi kerak. Ushbu tergovlar yangi tergov natijalarini 
taqqoslash va topilgan farqlar va o'xshashliklarni aniqlash uchun ishlatiladi. 
Ilmiy maqola yoki maqolaning ba'zi bir asosiy xususiyatlari: 


Originallik 
Ilmiy maqola boshqa tadqiqotchilar tomonidan nashr etilgan tadqiqotlarga 
asoslangan bo'lishi mumkin, ammo u muallifning o'z izlanishlari asosida yangi 
ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak. Uning maqsadi ilmiy yoki ilmiy qiziqish 
mavzusi bo'yicha yangi ma'lumotlarni tarqatishdir. 
Aniqlik 
Ilmiy maqolalar ma'lum bir auditoriyaga yo'naltirilgan bo'lsa-da, matndagi aniqlik 
o'quvchiga nimani ifoda etishni maqsad qilganini tezda anglashga imkon beradi. 
Buyurtma 
Tarkibning iyerarxiyasi va uning maqoladagi to'g'ri joylashuvi uning talqiniga foyda 
keltiradigan buyruq beradi. 
Ilmiy maqolalar ishonchli ma'lumotlar va izlanishlar asosida tayyorlangan, ya'ni 
ular xato va noaniqliklarsiz tegishli tarzda olingan. 


Aniqlik 
To'liq mo'ljallangan narsani etkazish uchun ishlatilgan so'zlar aniq bo'lishi kerak, 
shuning uchun chalkashliklarga yo'l yo'q. 
Iqtiboslar va adabiyotlar 
Ilmiy maqolalarni tayyorlash uchun turli xil manbalar va tekshiruvlardan 
foydalanilishini hisobga olsak, ularning barchasi uni tayyorlash uchun tanlangan 
standart uslubiga rioya qilgan holda to'g'ri keltirilgan va havolalangan bo'lishi kerak. 


Sohaga oid ixtiyoriy 
mavzuda tezis tayorlash 


Tezislarning yozilishida ikkita yondashuv mavjud.
Birinchisi shundaki 
,
avval ular ochmoqchi bo'lgan mavzuni tanlab olishadi va keyin
undan ajralmasdan qisqa maqola yaratishadi. Va ikkinchi usul - bu
nom bilan bog'liq tezislarni yozish. Siz xohlaganingizdek qilishingiz
mumkin. Talabalar ko'pincha tanlovdan mahrum bo'lishadi, chunki
mavzuni rahbar tomonidan so'raladi. Qadimgi Yunonistonda
yozuvchilar tezis deb atashgan tushish bosqichi. Tezis nimada?
Degan savolga faqat bitta gapda bayon qilingan qisqa va aniq
shakllangan fikrlar deb javob berish mumkin. Bunday tushunchalar
insho yozish uchun ishlatiladi. Versifikatsiyaga kelsak, bu atama
she'rni o'qiyotganda ovozini pasaytirib, rivoyatchi qisqa
bo'g'inlardan foydalanadigan paytni anglatadi.


Algoritm tushunchasiga kelsak, bu algoritmik hisoblanadigan raqamli 
funktsiyalar sinfining
barcha rekursiv funktsiyalar sinfi bilan mos kelishi haqidagi cherkovning 
taniqli tezisidir (rekursiv
funktsiya tushunchasi uchun Rekursiv funktsiyalar va predikatlar 
bo'limiga qarang).
Shuningdek qarang Art. Isbot, bilvosita dalil va yoritilgan. ushbu 
maqolalar ostida. 
Yuqorida aytib o'tganimizdek, bu Worddagi 12 ta xoch tomonidan
yozilgan 2-3 sahifali matn. Yoki 10 daqiqa sekin o'qish. Hisobot odatda
15 minut vaqtni oladi, shunda unda mavhumga joylashtirilmagan
narsalarni zikr qilish mumkin. Ushbu qisqa maqola aniq tuzilishga ega
bo'lishi kerak. Biz mavzudan boshlaymiz.


U iloji boricha o'ziga xos bo'lishi
va maqolaning mohiyati bilan bog'liq bo'lishi kerak. Bundan tashqari, u
konferentsiya mavzusiga mos bo'lishi kerak. Va bu yangilikka ta'sir qilishi
kerak. Mavzu juda uzoq bo'lmasligi kerak - maksimal bir yarim satr.
Afsuski, mahalliy maktablar abstrakt yozish kabi foydali narsani
o'rgatishmaydi. Yagona notiqlik harakatlari, biz darsdan oldin o'qigan
ma'ruza - bu ma'ruza, ya'ni bu borada ilmiy dunyoda mavjud bo'lgan
qarashlarning umumiy ko'rinishi. Ammo bu erda biz o'sib, talaba
bo'lmoqdamiz. Va bu erda rahbar bizni vazifani jumboqga soladi: tezis
uchun tezislarni yozish. Yoki uchun talabalar konferentsiyasi. 


Sohada ish yuritish 
hujjatlari 


Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar 
rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida 
axborotni xolis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z 
shakllarini qo‘llashda muayyan chеgaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish 
uslubida kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor 
yoki bachkana, dag‘al so‘zlar, shеvaga oid so‘zlar, tor doiradagi kishilargina 
tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi 
obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. Ularning 
ishlatilishi hujjatlar matnidagi ifodaning noxolisligiga olib kеladi. 


Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga ham 
javob bеrishi kеrak. Bu talablarga javob bеra olmaydigan hujjat chinakam hujjat 
bo‘la olmaydi, bunday hujjat ish yuritish jarayoniga xalaqit bеradi. Hujjatlar tilida 
ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Hatto fе’l bilan ifodalanuvchi harakat va 
holatlar ifodasi uchun ham otga yaqin so‘z shakllari tanlanadi, ya’ni “harakat 
nomi” dеb ataluvchi so‘z shakllari faol ishlatiladi. 
“....tayyorgarlikning borishi haqida”, “....qarorning bajarilishi to‘g‘risida”, 
“....yordam bеrish maqsadida”, “....qabul qilishingizni so‘rayman” kabi. 
Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda, ularda so‘roq va undov 
gaplar dеyarli qo‘llanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Zеro, 
hujjatlarda tilining ikki vazifasi – xabar bеrish va buyurish vazifalari amalga 
oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot ifodalanadi, buyruqda buyurish aks 
etadi, bayonnomada esa ham axborot (“eshitildi...”), ham buyurish (“Qaror 
qilindi...”) o‘z ifodasini topadi. 


Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakkarahbar 
nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari (buyruq, farmoyish, ko‘rsatma 
kabilar) birinchi shaxs tilidan bo‘ladi. Shuningdеk, ayrim shaxs tomonidan 
yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) ham birinchi shaxs, birlik sonda 
yoziladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko‘plik sonda, yoki uchinchi 
shaxs birlik sonda tuziladi. 
Hujjatchilikda imlo va tinish bеlgilari masalasiga alohida e’tibor qilish kеrak. 
Hujjatning nomini bosh harf bilan yozgan ma’qul, shuningdеk bosma matnda 
boshqa usul bilan, masalan, mazkur nomni to‘lig‘icha bosh harflar bilan yozish 
orqali ham ajratib ko‘rsatish mumkin. Lеkin hujjatning nomi bo‘lganligi uchun 
(sarlavhalardagi kabi) undan so‘ng nuqta qo‘yish shart emas. Hujjat matni 
aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga javob berishi 
lozim. Bu xususiyatlar hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi, so‘z qo‘llash 
yo‘llari, morfologik va sintaktik belgilari orqali ta’minlanadi. 


Xizmat yozishmalarida aniqlik va mazmuniy tugallik fikrni aniq dalillar bilan 
asoslashga bog‘liq. Hujjatchilikda bunday dalil, asoslar quyidagicha bo‘lishi 
mumkin: 
- rasmiy qonunlar, bitim va shartnomalarning tegishli moddalari, bandlarini 
ko‘rsatish. Masalan: «O‘zR fuqarolik kodeksining 1135-moddasiga muvofiq», 
«Tuzilgan shartnomaning 3- bandiga asosan» kabi; 
- qonunchilik yoki kelishilgan shartlar, manzilning o‘zgarganligini ta’kidlash. 
Masalan: «boshqa shaharga ko‘chishi munosabati bilan»; 
- raqamli ko‘rsatkich, hisob-kitoblar asosida. Masalan: «davlat raqami 10S6260 
bo‘Igan VAZ 2107 rusumli yengil avtomobil bilan»; 
- mantiqiy asoslarni ifodalovchi «shunga ko‘ra», «munosabati bilan», «...ganligi 
sababli», «...ishi uchun», «oqibatida», «...masligi tufayli», «shu maqsadda», 
«guvohlik berishicha», «tekshiruv natijasiga binoan» kabi qoliplashgan so‘z 
birikmalari va h.k. 


Sohaga oid taqdimotlar 
tayorlash 


Taqdimot nutqi ilmiy va ommabop uslublarga xos bo‘lib, adabiy so‘zlashuv 
nutqi hisoblanadi. Bunday nutq adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda 
amalga oshiriladi. Ammo adabiy tilda so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan 
ancha qiyin jarayondir. Buning sabablari quyidagicha:
- og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab olish imkoni kam bo‘ladi, chunki 
og‘zaki nutq tezkor va jadallashgan (avtomatik) jarayondir;
- og‘zaki nutqning o‘ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud. Ya’ni 
gap bo‘laklarining tushib qolishi, o‘rin almashishi, qisqarishi va b.
- og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari asosiy rol o‘ynaydi; 


- og‘zaki nutqning yuzaga chiqishi so‘zlovchining kayfiyatiga, nutqning vaziyatiga, 
so‘zlovchining nutqy a’zolari normal va sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq;
- kishi so‘zlaganda o‘z nutqiga xuddi yozayotgandagi kabi yetarli e’tibor beravermaydi va 
b.
Og‘zaki adabiy nutqning ko‘rinishlari:
1. Kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi. (Adabiy tilda gapiruvchi shaxslar nutqi).
2. Lektorlar nutqi. (Pedagoglar, olimlar, targ‘ibotchilarning ma’ruzalari. Bu monologik 
xarakterdagi nutq).
3. Radio va televideniye nutqi (tili). (Diktorlar, sharhlovchilar, jurnalistlar, muxbirlar 
nutqi).
4. Sahna nutqi (Aktyorlar nutqi – dramatik asar tili. Dialogik xarakterga ega).
Ma’lumki, ma’ruza yoki taqdimot nutqi adabiy tilning og‘zaki shakli ko‘rinishida 
ro‘yobga chiqadi. Adabiy tilni o‘rganish va egallash to‘rt xil yo‘l bilan amalga oshadi:
1. Tilni tabiiy holda egallash. Til ongli ravishda tabiiy holda eshitish va o‘zlashtirish orqali 
egallanadi.
2. Tilni o‘qitish, o‘rgatish orqali egallash. Adabiy tilni o‘rganish va egallash ko‘nikmasi 
ta’lim muassasalarida o‘qitish, o‘rgatish yordamida shakllanadi.
3. Mustaqil o‘qish va shug‘ullanish orqali o‘rganish.


1) tilga oid maxsus adabiyotlar, qo‘llanma va lug‘atlar orqali,
2) nolingvistik adabiyotlarni (badiiy asarlar, gazeta, jurnallarni) o‘qish hamda radio, 
televideniye eshittirishlarini tinglash va she’r yodlash orqali.
4. Nutqiy taqlid. Nutqiy taqlid ongli faoliyat bo‘lib, oila, ta’lim muassasasi, atrof-muhitdan 
o‘rganish va til ustida mustaqil shug‘ullanish orqali amalga oshadi.
Taqdimot yoki ma’ruzada nutq egasining maqsadi – muayyan bir axborotni tinglovchiga tugal, 
tushunarli va ta’sirli tarzda yetkazishdir. Buning uchun so‘zlovchiga faqat til qonun-qoidalarini 
bilishning o‘zi kifoya emas, balki notiqning nutq texnikasi yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak.
Ovoz - nutq texnikasining eng muhim elementi. So‘zlovchining ovozida quyidagi xususiyatlar 
bo‘lishi lozim:
jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi);
- keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo‘lgan darajasi);
havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshituvchanlik);
ixchamlik, harakatchanlik;
chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish);
moslashuvchanlik (dinamik, tembr, melodikaning eshitilish sharoitiga moslasha olishi);
qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga qarshi tembr va 
teksturaning o‘zgarib turishi);
- suggestivlik (ovozning hayajon ifodalash orqali tinglovchiga ta’sir qilish xususiyati).


Til boyligini oshiruvchi 
vositalar


So‘z boyligini qanday oshirish mumkin? 
Nutqning go‘zalligi va xilma-xilligi – kuchli qurol. Biz nutq orqali ta'sir ko‘rsatish, 
boshqarish va yo‘naltirishga qodirmiz. Aniq gapirish, noodatiy iboralarni qo‘llay 
olish kishilarda doimo taassurot uyg‘otadi. 
Leksikon turlari 
Lug‘at zaxirasi quyidagi guruhlarga ajratiladi. 
Faol – kundalik turmushdagi muloqot. U o‘z ichiga yozma va og‘zaki nutqni oladi. 


Passiv – odamga tanish bo‘lgan kundalik dialoglarda qo‘llaniladigan tushunarli 
atamalar. Zarur bo‘lgandagina inson ulardan foydalanadi. Ayrim hollarda 
passiv leksikondagi so‘zlarning ma'nosini eslashga harakat qilish kerak bo‘ladi. 
Tashqi – ma'nosi tanish bo‘lmagan so‘zlar. Masalan, texnik so‘zlar. 
Leksikonni qanday kengaytirish mumkin? 
Ot so‘z turkumidan iborat hikoya tuzing. Bunda hikoyada ma'no va mantiqiy 
rivojlanish mavjud bo‘lishi lozim. Bu usulni fe'l va sifatlarga nisbatan ham 
qo‘llash mumkin. 


Alifbe harflari. Hikoyani hosil qiluvchi ketma-ket so‘zlar zanjiri. Bunda har bir 
keyingi so‘z – alifbedagi keyingi harf. 
Bir harf. Shunday matn o‘ylab topingki, unda har bir so‘z yagona harf bilan 
boshlansin. Qo‘shni so‘zlar ma'no jihatidan bog‘liq bo‘ladi. Umumiy matn esa 
yo‘q. 
Shunday qilib, ishlardan biroz chalg‘ish va kutish vaqtlarida band bo‘lish 
mumkin. Bunday o‘yinlar bolalar uchun qiziqarli bo‘ladi. 
Yana qanday mashg‘ulotlar so‘z boyligini oshirishi mumkin? 
Kitoblar. Albatta, kitoblar aqlni charxlaydi, tafakkur va so‘z boyligini 
rivojlantiradi. Xilma-xil kitoblar o‘qib, yangi atama va nutqning o‘ziga 
xosliklarini eslab qolasiz. Turli adabiyotlarni o‘qish muhim. Ana shunda natija 
sezilarli bo‘ladi. 


Rasmiy hujjatlar 


Apostilь — rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi 
haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda hujjatni tasdiqlagan muhr 
yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan, Konventsiyaga muvofiq 
rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qo‘yiladigan maxsus 
shtamp. 
apostilь qo‘yish — rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi 
haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda hujjatni tasdiqlagan muhr 
yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan rasmiy 
tartib-taomil. 


vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorijiy 
rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konventsiya (Gaaga, 
1961-yil 5-oktabrь) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 
2011-yil 5-iyuldagi PQ-1566-son qaroriga muvofiq apostilь qo‘yish vakolati 
berilgan davlat organi; 
«yulduzcha» — rasmiy hujjat varaqlari mahkamlanadigan joyga 
yopishtiriladigan va apostilni qo‘ygan vakolatli davlat organining gerbli muhri 
bosiladigan qalin qog‘oz; 
«E-App» dasturi — rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi 
haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda rasmiy hujjatni tasdiqlagan 
muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan, Konventsiyaga 
muvofiq rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qo‘yiladigan 
maxsus shtamp generatsiya qiladigan dastur; 
«E-register» dasturi — vakolatli davlat organi tomonidan qonunchilik 
hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiy hujjatga chet elda foydalanish 
maqsadida «E-App» dasturi orqali qo‘yiladigan maxsus shtampni generatsiya 
qilish va ushbu shtampga o‘zgartirishlar kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan 
harakatlarini o‘zida jamlovchi elektron reestr dasturi. 


Ijtimoiy hayotimizda qo‘llaniladigan barcha rasmiy hujjatlar va turli-tuman ish 
qog‘ozlari rasmiy uslub me’yorlari va talablari asosida tayyorlanadi. Rаsmiy uslub o‘z 
vаzifаsigа ko‘rа iqtisоdiy, huquqiy, mа’muriy vа diplоmаtik munоsаbаtlаrdа, dаvlаt 
idоrаsi, sudlаr, sаvdоgа dоir o‘zаrо muоmаlаlаrdа аlоqа qilish mаqsаdidа 
qo‘llаnilаdi. 
Sirtdаn qаrаgаndа, hujjаtlаr tаyyorlаsh judа оsоn ko‘rinаdi, lеkin hаr bir hujjаtning 
o‘zigа xоs xususiyatlаri - zаruriy qismlаri, lisоniy tаlаblаri bоr. 
Hujjаtlаr tilidа birоn bir shаxsgа murоjааt etilgаndа "Siz" оlmоshi bоsh hаrf bilаn 
yozilаdi. Оt turkumigа оid so‘zlаr ko‘p ishlаtilаdi. Sоn оdаtdа, rаqаm (I, II, X; 1, 2, 10) 
bilаn yozilаdi. Pul bilаn bоg‘liq o‘rinlаrdа rаqаmdаn so‘ng qаvs ichidа shu rаqаmning 
ifоdаsi so‘zlаr bilаn qаyd etilаdi. Fе’lning hаrаkаt nоmi shаkli: "tа’minlаshingizni 
so‘rаymаn", "tаshkil etilishi to‘g‘risidа", "yordаm bеrish mаqsаdidа" kаbi 
qurilmаlаrgа tеz-tеz murоjааt etilаdi. 
Hujjаtchilikdа imlо qоidаlаrigа vа tinish bеlgilаridаn fоydаlаnishgа аlоhidа e’tibоr 
bеrish lоzim. 
Hаr bir hujjаtning nоmi mаtn tаrkibidа аtоqli оt sifаtidа bоsh hаrf bilаn bоshlаnib, 
undаn kеyin nuqtа qo‘yilmаydi. Qоlgаn o‘rinlаrdа hujjаt nоmlаri kichik hаrflаr bilаn 
yozilаdi. 


Hujjаtlаrni tаyyorlаshdа quyidаgilаrgа аlоhidа e’tibоr bеrish tаlаb etilаdi: 
1) hаr bir hujjаtni tuzishdа uning zаruriy qismlаrigа qаt’iy riоya qilinishi 
lоzim, ya’ni zаruriy qismlаrning o‘rin аlmаshinuvigа yo‘l qo‘yilmаydi; 
2) hаr kim o‘z bilgаnichа hujjаt to‘lg‘izishigа ruxsаt etilmаydi; 
3) hujjаtlаrdаn arizа, tаrjimаyi hоl, tilxаt, tushuntirish xаti, shаxsiy 
ishоnchnоmа, bа’zаn hisоbоt, bildirishnоmа, bildirgi hаm hujjаt 
to‘ldiruvchining o‘z dаstxаtidа yozilаdi. Qоlgаn hujjаtlаr esа yozuv 
mаshinkаsi yoki kоmpyutеrdа tаyyorlаnаdi; 
4) hujjаtlаr mаtnidа tuzаtish vа o‘chirishgа yo‘l qo‘yilmаydi, bundаy 
hujjаtlаr hаqiqiyligini yo‘qоtаdi, ya’ni qаlbаki dеb hisоblаnаdi; 
5) аlоhidа аhаmiyatgа egа bo‘lgаn hujjаtlаr to‘ldirilgаndа hujjаt 
to‘ldiruvchining imzоsi muаssаsа, xo‘jаlik yoki nоtаriаl idоrаlаr tоmоnidаn 
tаsdiqlаnishi shаrt. 

Download 0.87 Mb.




Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasining davlat tili haqidagi qonunlari hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi kabi davit hujjatlarida o’zbek tilini davlat tili sifatida o’qitish masalalari bo’yicha malumot to’plash

Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish